18-Mavzu. Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja 18-Mavzu. Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga




Download 344,68 Kb.
Sana16.05.2024
Hajmi344,68 Kb.
#238439
Bog'liq
18-Mavzu. Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayy-www.hozir.org


18-Mavzu. Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja

18-Mavzu. Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga


o`qitish va qayta tayyorlash.

Reja:
1. Hozirgi vaziyatda fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o’qitishning dolzarbligi, muhofazalanish qoidalariga o’rgatish


2. Fuqaro muhofazasiga o’qitishni tashkil etish va o’tkazish tadbirlari.

Ma’lumki, fuqarolar muhofazasining eng muhim vazifalaridan biri, aholini favkulodda vaziyatlardan muhofaza kilishga tayyorlash hisoblanadi. Bu borada О‘zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi va «Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risda»gi qonunlari hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 7 noyabrdagi 427-sonli «О‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi tо‘g‘risida»gi qarori asosida respublikamiz aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash ishlari yо‘lga qо‘yilgan. Bu huquqiy –me`yoriy hujjatlarning bandlarida va Vazirlar Mahkamasining 427-sonli qarorida ta`kidlanganidek: «О‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash (shu jumladan, ta’lim muassasalaridagi fuqarolarni ham) majburiydir». Fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, yashash joylarida, ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlarga qarab olib boriladi.


Fuqarolarning FM bо‘yicha о‘qitish - aholini dushmanning ommaviy qirg`in qurollari ta’siridan, tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlaridan himoyalanishga tayyorlashning asosiy tadbirlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. О‘qitish FMning boshlig‘i va uning shtablari kо‘rsatmasi, shuningdek, fuqaro muhofazasi masalalari bilan shug‘ullanuvchi hududiy hamda ishlab chiqarish yо‘nalishlari bо‘yicha tuzilgan yuqori tashkiloti FMning mas’uliyatli boshliqlari qarori, buyrug‘i asosida tashkil etiladi va olib boriladi. Ishchi va xizmatchilarni FMga о‘qitish har bir xо‘jalik obyektining boshlig‘i zimmasiga yuklanadi.
FM shtabi о‘qitish tadbirlarini tashkil etadi, ta’minlaydi va rahbarlik qiladi, о‘z vaqtida о‘qishlarni, amaliy mashg‘ulotlarni olib borilishini nazorat qiladi.
Obyektda bajariladigan vazifalarga qarab FM yо‘nalishida fuqarolar quyidagi toifalar bо‘yicha о‘qitiladi:
- FMning rahbar tarkiblari;
- FM tuzilmalariga kiruvchi fuqarolar;
- FM tuzilmalariga kirmaydigan fuqarolar;
Ishlab chiqarish va obyekt FM rejasida kо‘rsatilgan tadbirlarni hisobga olgan holda har bir toifa shaxslarini ma’lum dastur asosida о‘qitish maqsadga muvofiqdir.
Fuqaro muhofazasiga о‘qitishning tamoyil va uslublari.Tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlarini tugatish bо‘yicha tо‘plangan tajribalar, fuqarolar muhofazasida olingan nazariy bilimlar, yuqorida ta’kidlangan FVlarda, fuqarolarni ongli ravishda tez, qat’iyan harakat qilishga, iqtisodiyot tarmoqlarini tezda qayta tiklab, uni ishga tushirib yuborishga va talofot kо‘rganlarga о‘z vaqtida kerakli yordamlarni kо‘rsata olishga о‘rgatadi. Albatta, bu vazifalar, tabiiy ofatlar, avariya va talofotlarning tabiati, tavsifi, kelib chiqish sabablari va ularni keltiradigan oqibatlarini chuqur о‘rganish natijasidagina amalga oshiriladi. Shu sababdan fuqaro muhofazasi xodimlari oldiga juda katta ma’suliyat (harbiy davrda ham, tinchlik davrida ham) fuqarolarni FVlar ruhida о‘qitish vazifasini qо‘yadi.
Hamma katta yoshdagi odamlar, jumladan, ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar ham fuqarolar muhofazasini о‘rganishi kerak. Albatta, bunda, xalqni FMsiga tayyorlashda, ko`proq tinchlik davrida bо‘ladigan FV oqibatlarini tugatish yо‘l-yо‘riqnomalariga yо‘naltirilishi lozim. Ayniqsa, hozirgi davrda Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar sharoitida xalqni FMga tayyorlash yangicha tartibda о‘qitishni taqazo etadi. Chunki shu bugungi kunga kelib, xalqimizni FMga о‘qitishning vazifalari ham, uslublari ham о‘zgardi.
Yangi tizimda о‘qitishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1.
О‘qitishni tashkil etishning differensatsiya uslubi;
2.
Korxona tashkilot FM boshlig‘i о‘z qо‘l ostidagi xodimlarini о‘qitishda FM bо‘yicha mustaqil ravishda о‘tiladigan dars mavzularini va dars о‘tish tartiblarini о‘zi belgilashi;
3.
О‘z korxonasining xususiyatlarini kо‘zlagan holda, ishlab chiqarishga mumkin qadar zarar bermaydigan, qisqa vaqtda dars о‘tishning shakl va uslublarini tanlashi;
4.
О‘zi yashayotgan joyning tabiiy, iqlim sharoitini hisobga olib, tabiiy ofat, avariya va fojiyalar yо‘nalishida о‘qitishni tashkil etishi;
5.
FM vazifalarini ishlab chiqarish shu jumladan, ta`lim jarayoni rejalari bilan birgalikda xal etish va boshqalar.

Aholini FMga о‘qitish - о‘quv yurtlarida, ish joylarida va yashash maskanlarida tashkil etiladi. Aholini FMga о‘qitish sifati tо‘g‘ri qо‘llangan о‘qitish shakli va uslublariga bog‘liqdir. О‘qitish shakllari о‘qish jarayonining tashkiliy tomonini ifodalaydi. Masalan, mashg‘ulotlarining tuzilishini va uni olib borish joyini, vaqtini, muddatini, mashg‘ulot rahbarlari hamda о‘qiyotganlarning ish faoliyatini, uning malakasini, mutaxassisligini nazarga olish kerak. О‘qitish shakllari quyidagi asosiy guruhlarga: sinf mashg‘ulotlari, dala mashg‘ulotlari, mashqlar, maxsus-taktik о‘qish, komandir va shtab boshliqlarini о‘qitish hamda har taraflama (kompleks) о‘qishlarga bо‘linadi.


О‘rgatish usulida mashg‘ulot rahbari о‘rganuvchilarning bilim, malaka va mahoratiga suyanib FM vazifalarini bajarish uchun aqliy va jismoniy shakllantiradi. Aholini FM bо‘yicha о‘qitishda har xil о‘quv uslublari qо‘llaniladi. Chunonchi:
· о‘quv materialini bayon etish (ma’ruza, hikoya, tushuntirish);
· kо‘rsatish, namoyish etish, о‘rganuvchilarga shaxsan FM bо‘linmalarining harakatlarini diofilm va kinofilmlar orqali kо‘rsatish;
· mashqlar (aholini qirg‘in qurollar hamda radiaktiv, kimyoviy moddalar ta’sirlaridan himoya qilish normativlarini amaliy о‘qitish) bajarish;
· amaliy mashg‘ulot (maxsus jihozlangan xonalarda, markazlarda shaharchalarda, texnikada, asboblarda) o‘tkazish.
Shuni nazarda tutish kerakki, о‘qitishning shakli va uslublari bir-biridan ajralmagan holda о‘zaro dialektik uzilmas aloqada bо‘lishi talab etiladi.
Aholini FM bо‘yicha о‘qitishda eng samara beradigan uslublardan biri - bu amaliy mashg‘ulotdir. U aholi tomonidan u yoki bu usullarni bajarishda kо‘nikmalar hosil qilish va malakasini oshirish uchun mо‘ljallangan himoya inshootlari va yakka tartibda saqlovchi vositalardan amaliy foydalanish, radiatsiyaviy va kimyoviy razvedka asboblari bilan ishlash, nurlanish va radiaktiv zararlanishni nazorat qilish hamda tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, fojiya oqibatlarini tugatish, aholini ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilishda ularni amaliy ishlarga о‘rgatadigan me’yorlarni ishlab chiqishdir. Mashg‘ulotlar paytida asosiy diqqat e’tibor ma’naviy-ijtimoiy va psixologik tayyorlashga, aholida FM chora-tadbirlari samarasini va unga ishonch hosil qilish kerakligini, ta’lim-tarbiya, intizom, matonat va о‘z burchini eng murakkab va dahshatli sharoitda ham bajarishga safarbar etishga qaratilgan bо‘lishi kerak.
Respublikamiz aholisini FV lardan muhofaza qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash 3 guruhga bо‘lingan holda amalga oshiriladi: a) ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish soxalarida band bо‘lgan aholi, idoraviy bо‘ysinishdan, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar oliy va о‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalarining talaba о‘quvchilari;
b) ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarida band bо‘lmagan aholi (nogironlar, uy bekalari, nafaqaxо‘rlar);
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaxarlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvchi organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari hamda FVdan muhofaza qilish mutaxassislari.
Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarida band bо‘lgan aholini tayyorlash ish joylarida tavsiya etilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida о‘quvchilarni «Fuqaro muhofazasi»ga tayyorlash «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim tо‘g‘risida»gi (23 avgust 1997 yil) qonuniga muvofiq ta’lim muassasalarida olib boriladi. О‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2000 yil 4 yanvardagi buyrug‘iga asosan о‘rta umumta’lim maktablarining I-IX sinflarida «Inson xavfsizligi asoslari» kursi kiritilgan. Bu fanni о‘qitishda asosiy e’tibor shaxsiy va jamoa xavfsizligi asoslarini о‘rgatish, xavfli vaziyatlarni kо‘ra bilish, uni baholash hamda favqulodda vaziyatlarda uyda, kо‘chada, jamoat transportida bajarilishi kerak bо‘lgan xatti-harakatlarni о‘rgatishga qaratilgan.
О‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining о‘quv rejasiga binoan umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida bu mashg‘ulotlarni olib borish uchun I-IV sinflarda 6 soat, V-IX sinflarda 8 soat vaqt ajratilgan.
X-XI sinflarda «Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash» fani tarkibida «Fuqaro muhofazasi» darslari 35 soat hajmida olib borilishi kо‘zda tutilgan. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari о‘quvchilariga ham «Fuqoro muhofazasi» darslariga 35 soat ajratilgan.
Oliy ta`lim muassasalarida “Hayot faoliyati havfsizligi” ta`lim yo`nalishi umumkasbiy fanlari qatorida “Favqulodda vaziyatlar va fuqaralo muhofizasi” fani o`qitiladi. 2009-2010 o`quv yilidan e`tiboran barcha oliy ta`lim muassasalarda “Hayot faoliyati havfsizligi” fanini o`qitish joriy etilgan. Ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlarni tavsifi, hamda aholini va hududlarni tabiiy-texnogen va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish usullarini о‘rgatishga ahamiyat beriladi.
Dasturlar О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohasida band bо‘lmagan aholiga ta’lim berishda kо‘proq suhbatlar о‘tkazish, о‘quv filmlari kо‘rsatish, mustaqil ravishda qо‘llanma va eslatmalarni о‘rganish, radioeshittirish va telekо‘rsatuvlar yordamida olib boriladi. Bu toifadagi aholini tayyorlashda asosiy e’tibor ularni ma’naviy-ruhiy tayyorlashga, favqulodda vaziyatlarni turlari haqida ma’lumot berishga, favqulodda vaziyatlar sodir bо‘lganda qanday xatti-harakatlar qilishga, shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanishga qaratiladi. Bu toifadagi aholini tayyorlash о‘quv-maslahat punktlarida amalga oshiriladi. Bunday о‘quv punktlari fuqaro muhofazasiga taalluqli kо‘rgazmali qurollar: televizor, vidomagnitofon, kinoproyektor va boshqa jihozlar bilan jihozlanishi lozim. Bulardan tashqari, о‘quv xonalari о‘quv kо‘rgazma vositalari bilan jihozlansa maqsadga muvofiq. Jumladan:
1. Fuqaro muhofazasiga doir О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyruqlari va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar;
2. Favqulodda vaziyatlarning turlari va ulardan muhofazalanish qoidalari;
3. Favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda aholini ogohlantirish tartib qoidalari;
4. Favqulodda vaziyat rо‘y berganda aholini evakuatsiya qilish tartiblari;
5. Birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish usullari va shaxsiy saqlovchi vositalar na’munalari;
Uchinchi toifa fuqarolarini tayyorlash (obyekt rahbarlari va mutaxassislarini) Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Fuqaro muhofazasi» institutida olib boriladi. Rahbarlarga ta’lim berishda aholini va hududlarni Favqulodda vaziyatlarni muhofaza qilishga tayyorlash, avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir bо‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini tashkil etishning asosiy qoidalarini о‘rgatishga qaratiladi.
Fuqarolarni FVlardan muhofaza qilish sohasi bо‘yicha tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Aholining barcha qatlamlarini FVdan muhofaza qilish qoidalarining asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish usullarini, hamda himoya inshootlaridan va yakka tartibda shaxsiy saqlovchi vositalaridan foydalanish qoidalarini о‘rganishi;
2. Boshqaruvning barcha pog‘onadagi rahbarlarini, aholini FVlardan muhofaza qilish bо‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;
3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislar qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini о‘tkazishi. QBTI uchun FM kuch va vositalarini tayyorlash, ularning boshqarish kо‘nikmalarini shakillantirish.

Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarida band bо‘lgan aholini tayyorlash, ish joylarida mashg‘ulotlar о‘tkazish va tavsiya qilinadigan dasturlarga muvofiq FVda harakat qilishni mustaqil ravishda о‘rganish, keyinchalik mustahkamlash yо‘li bilan amalga oshiriladi.


Umumо‘rta, о‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim о‘quv yurtlarining talaba va о‘quvchilarini tayyorlash. FVlarda muhofaza qilish sohasidagi umumta’lim dasturiga muvofiq о‘qish vaqtida amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislar О‘zbekiston Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi institutida 40 va 80 soatli mashg‘ulotlarni о‘tadilar. Shuningdek, о‘quvlar harbiylashtirilmagan qо‘shilmalarning rahbar boshliqlari tarkibi harbiylashtirilgan avariya-qutqaruv va doimiy tayyor maxsus qо‘shilmalar tarkibidagi korxona, muassasa va tashkilotlar xodimlari FVlar bо‘yicha rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida, shu bilan birga о‘quv mashqlari, mashg‘ulotlar о‘tkaziladigan maskanlarda olib boriladi.
Harbiylashtirilmagan qо‘shilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari bevosita ish joylarida tayyorgarlikdan о‘tadilar.
Fuqaro muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini tayyorlash va о‘tkazish.Rahbarlar tarkibini, tizimlar va aholini о‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Amaliy mashg‘ulotlar rahbarlar tarkibini, FM kuchlarini va aholini FM vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va faol shakli hisoblanadi. Amaliy mashg‘ulotlarda tuzilmalarga kirgan fuqarolarning aniq va tartibli harakatlari, turli xil jihozlar, asbob-uskunalar, texnikalardan foydalanish uslublari о‘rganiladi, aloqa va tuzilmalarni boshqarish masalalari ishlab chiqiladi. FMning amaliy mashg‘ulotlarini zamon talablariga mos holda о‘tkazish, fuqarolarni dushman tomonidan qо‘llaniladigan ommaviy qirg`in qurol vositalaridan, shuningdek hududimizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va fojiyalar oqibatlaridan muhofaza qilish, odamlarda ma’naviy-ijtimoiy va psixologik sifatlarni tarbiyalash, obyektlarni uzluksiz faoliyat kо‘rsatishini ta’minlash, qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bо‘yicha bilimlarini, qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.
FVDTda FMning quyidagi amaliy mashg‘ulotlari tashkil etiladi va о‘tkaziladi:
1. Shaxsiy tarkib uchun maxsus-taktik;
2. Rahbar tarkib uchun shtab-komanda;
3. О‘qitilayotgan hamma toifadagilar uchun, kompleks mashg‘ulotlar.
Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotlar tuzilmalarning oldiga qо‘yilgan vazifalarni bajarishga о‘rgatishdan iborat. Ya’ni bunday о‘quv mashqlari fuqaro muhofazasining harbiylashgan va maxsus bо‘limlari, hamda avariya-qutqaruv tuzilmalarining amaliy ishlarni bajarishga о‘rgatish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgandir. Bunday о‘quv mashqning maqsadi: tizim boshliqlar tarkibini avariya-qutqaruv va boshqa tiklov ishlarini va aholini muhofaza qilishni tashkil etish, tizimlarni hamda avariya-qutqaruv bо‘linmalarini aholini muhofaza etish tadbirlarini mustaqil ravishda bajarish, hamda boshqa tizimlar bilan hamkorlikda harakat qilishga tayyolashdan iborat. Tizimlarning favqulodda vaziyatlar о‘chog‘ida harakat qilish tayyorgarligini tekshirish hamda fuqarolarning ruhiy fazilatlarini shakllantirishdan iborat. Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotni о‘tkazishda uni tayyorlash va о‘tkazish haqida buyruq, mashg‘ulotga tayyorgarlikning rejasi hamda о‘quv mashqni о‘tkazish rejalari ishlab chiqiladi. Maxsus-taktik amaliy mashg‘ulotning asosiy о‘quv-uslubiy hujjati amaliy mashg‘ulot rejasi hisoblanadi, unda mashg‘ulotning borishi, о‘quv savollarining izchilligi, mashg‘ulotlar bosqichlarni aks ettiriladi. Tuzilmalar maxsus-taktik mashg‘ulotlarda о‘z obyektlarining moddiy-о‘quv bazalaridan: har xil qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar. О‘quv mashqlari umummaqsadli tuzilmalar bilan xizmatli tuzilmalar birgalikda о‘tkaziladi. Jumladan, qutqaruv guruhlari bilan sanitar drujinalar, razvedka, aloqa, jamoat tartibini saqlash, himoya inshootlarida xizmat kо‘rsatish guruhlari, yong‘inga qarshi kurash guruhlari ishtirok etadilar. Bunda ishtirok etadigan tuzilmalarning soni, о‘quv mashqini mavzusiga maqsadlariga, xarakteriga, avariya-qutqaruv ishlarining kо‘lamiga, favqulodda vaziyat kо‘lamiga va boshqa qutqaruv-tiklov ishlarining hajmiga bog‘liq bо‘ladi.
Maxsus-taktik mashg‘ulotning rejasi matn bо‘yicha ishlab chiqiladi va quyidagilarni: mavzuni, har bir toifa о‘quvchilari uchun о‘quv maqsadlari, mashg‘ulot о‘tkazish vaqti, о‘quv mashg‘ulotiga jalb qilinadigan bо‘linmalarning tarkibi, texnikalar soni va sarf bо‘lish me’yorlari, mashg‘ulotning bosqichlari, ularning davomiyligi va о‘quv savollari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, boshqarish maskanlarining joylashgan yeri, ommaviy qirg`in qurollar qо‘llanilgandan keyin obyektdagi holat, FM boshliqlarining qarorlari va xodimlarning vazifalarini о‘z ichiga oladi. Maxsus-taktik mashg‘ulotning yaxshi ishlab chiqilgan rejasi va boshqa hujjatlar, uning muvaffaqiyatli о‘tishiga imkon beradi.
Mashg‘ulotni о‘tkazish. Mashg‘ulot tuzilmalar doimiy joylashgan joyda bevosita yoki tо‘satdan «Ogohlantirish» ishorasi bо‘yicha boshlanishi mumkin. Buning uchun shaxsiy tarkibga xabar berish va yig‘ish, texnikalarni olib chiqish va ularni ishga tayyorgarligini tekshirish kerak.
Tuzilmalarning boshliqlariga taktik vazifani tekshirish tavsiya etiladi: bunda vazifani anglab olish, sharoitni baholash, qaror qabul qilish, qо‘l ostidagilarga vazifalar qо‘yish va ularning harakatlarini tashkil etish uchun zaruriy vaqt beriladi. Mashg‘ulot rahbari tuzilmalar boshliqlarining qarorlarini tinglaydi va tasdiqlaydi, kerak bо‘lgan paytda sharoitni chuqurroq mushohada etib, ular yordamida eng maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi.
Mashg‘ulot rahbari shaxsan va о‘z yordamchilari orqali obyektdagi radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik holatning о‘zgarishini, odamlar jarohati texnikani ishdan chiqishini kо‘zda tutgan holda mashg‘ulotlarni kuchaytirib boradilar.
Mashg‘ulot rahbari, sharoitga qarab tuzilma boshliqlaridan yangi qarorlar, buyruqlar qabul qilishga, qо‘l ostidagilarga yangi vazifalar qо‘yishga va ulardan о‘ziga xos harakatlar qilishga erishadi. Tuzilmalardagi fuqarolar asbob-uskunada, texnikada va mexanizmlarda о‘z mutaxassisligi bо‘yicha amaliy vazifalarni bajaradilar. Mashg‘ulotlar, tuzilmalarni shikastlanish о‘chog‘idan olib chiqish, fuqarolarni tibbiy, texnikani esa maxsus ishlovdan о‘tkazish bilan tugallanadi. Sо‘ngra maxsus taktik mashg‘ulotlar tahlil qilinadi.
Komanda-shtab mashg‘ulotlari - FVDTning shtab boshliqlarini, FM xizmat boshliqlarini, obyektlarning komanda-boshliqlar tarkibini о‘z funksional burchlarini bajarishga, birgalikda tayyorlashning asosiy shakllaridan biridir.
Komanda-shtab о‘quv mashg‘ulotlarining ma’zmuni – barcha mashq qatnashchilarining aholi va hududlar muhofazasini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligini ta’minlash bо‘yicha tarmoda avariya, halokat, tabiiy ofat yoki ommaviy qirg‘in qurollar qо‘llanilishi tufayli sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan favqulodda vaziyatlarda (uning miqiyosini va texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda) aniq, sharoitdan kelib chiqqan holda tasarruflaridagi kuch va vositalarini boshqarishdan iborat. О‘quv mashqlari rahbariyat tarkibi о‘z qо‘l ostidagilarni boshqarishda kо‘nikmalar hosil qilishiga, favqulodda vaziyatlarni oldini olishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga, yuzaga keladigan sharoitni tо‘g‘ri baholay bilishga imkon beradi.
Komanda-shtab о‘quv mashqlarini yuqori saviyada olib borilishi uchun, mashq mavzusi, uning maqsadi, mashq savollarini tayyorlashda me’yoriy-huquqiy hujjatlar, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyruqlari hamda Vazirlik hay’ati yig‘ilishining qarorlari asos qilib olinishi zarur hisoblanadi. О‘quv mashqini olib borish uchun, mashqni о‘tkazish rejasi, mashqga rahbarlik qilish tartibi, bajariladigan tadbirlar rо‘yxati va mazmuni, moddiy texnik ta’minot rejasi va boshqa hujjatlar tayyorlanadi.
Komanda-shtab mashg‘ulotining maqsadlari har xil bо‘lishi mumkin. Bulardan asosiylari: rahbarlarni va komanda boshliqlarining obyekt FM tadbirlarini bajarishda nazariy bilimini va amaliy mahoratini oshirish, xodimlar, tuzilmalar va qо‘shinlar bilan о‘zaro harakat qilishini ta’minlashdan iborat.
Komanda-shtab mashg‘ulotlari aniq taktik sharoitga yaqinlashtirlib olib boriladi. Mashg‘ulot mavzusi va о‘quv savollari odatda oldinda turgan har taraflama mashg‘ulotning mavzusi bilan bog‘langan bо‘ladi.
Komanda-shtab mashg‘ulotlaridan oldin shtab mashqlarini о‘tkazish tavsiya etiladi. Ularning sonini va olib borish vaqtini obyekt FM boshlig‘i komanda-shtab mashg‘ulotlarini oldida turgan maqsadiga hamda rahbar tarkibi va boshqarish organlarining tayyorlanish darajasiga qarab aniqlaydi. Mashg‘ulotlarga razvedka, aloqa bо‘linmalari, jamoat tartibini saqlash, sanitar-drujinalar, shuningdek umumiy vazifalarni bajaruvchi tizimlar ham jalb etilishi mumkin.
Obyekt FM boshlig‘i komanda-shtab mashg‘ulotining rahbari hisoblanadi.
Komanda-shtab о‘quv mashqlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati va boshqaruv organlarida (3 sutka davom etadi) 5 yilda bir marta; shahar va tumanlarda 3 yilda bir marta о‘tkaziladi. Komanda-shtab mashqlari yoki mashg‘ulotlar vazirliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 1 yilda bir marta (1 sutka) о‘tkaziladi.
Kompleks (har taraflama) mashg‘ulot - obyektni tayyorlashning muhim shakllaridan biridir. Uning mohiyati shundan iboratki, uning hamma qatnashchilari bir vaqtda yagona taktik sharoitda, moddiy ishlab chiqarish bazasida harakat qilib, obyekt rejasida kо‘zda tutilgan ishlab chiqarish faoliyatini tо‘xtatmasdan amalga oshiradi.
Bunday mashg‘ulotda odatda: obyekt FM rejasining realligi; FM tadbirlarini amalga oshirishga obyektning tayyorgarlik darajasi va dushman tomonidan qо‘llanilgan ommaviy qirg`in qurollar asoratlarini, shuningdek, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariya va halokatlarning oqibatlarini tugatish bо‘yicha tadbirlar о‘tkazilishiga e’tibor beriladi; obyektning favquloddagi vaziyatlar paytida uzluksiz ishlash yо‘li va usullari tekshirib kо‘riladi.
Kompleks mashg‘ulotning maqsadlari quyidagicha bо‘lishi mumkin: obyektni har qanday FVlarda xar tamonlama tо‘xtovsiz ishlashga tayyorlash, tuzilmalar tuzish, boshqarish, hamma soha fuqarolarini tayyorlash, raxbar va komanda-boshliq tarkibda FM tadbirlarini о‘tkazishda aniq va mustaqil kо‘nikmalarni ishlab chiqish, fuqarolarni turli xil ta’sirlardan himoya qilish usullariga о‘rgatish, FV lar oqibatlarini tugatish bо‘yicha ishlarni olib borishga tayyorlash, obyekt FM rejasini realligini tekshirish va hozirgi talabga mos holga keltirish, FM masalalarini bajarishga obyektning tayyorgarlik darajasini aniqlash, uning shaxsiy tarkibida ma’naviy-ijtimoiy va psixologik xislatni tarbiyalash talab etiladi.
FMning hamma kompleks mashg‘ulot tadbirlari, xо‘jalik faoliyatlarini hisobga olgan holda о‘tkazish uchun imkoniyat beradi. Mashg‘ulot rahbari odatda, obyekt FMning boshlig‘i hisoblanadi, ayrim hollarda uning yordamchilari ham bо‘lishi mumkin. Mashg‘ulotlarga hamma rahbar va komanda boshliqlari, tuzilmalar, tuzilmalarga kirmaydigan fuqarolar ham jalb etilishi mumkin.
Tuzilmalar ma’lum bosqichlarda о‘z vazifalarini bajaradilar, rahbar xodimlar va komanda-boshliq tarkiblari esa har bir mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Har taraflama kompleks mashg‘ulotlarda shunday murakkab dinamik holatni yaratish kerakki, ular zararlanish о‘choqlarini va zaharlangan hududlarni ifoda etib, qatnashchilar epchillik, mohirlik, dadillik va ehtiyotkorlikni namoyon etsin.
Mashg‘ulotlar davomida rahbar, komanda-boshliq tarkiblari, va FM kuchlarini tashkil etishning, tizimlar esa kuchli radiaktiv, kimhviy, biologik zararlanishda va kuchli yong‘inlarda harakat qilishni о‘rganadilar.
Kompleks mashg‘ulotlar 3 yilda bir marta 5-3 kun davomida о‘tkaziladi. Sexlar, bо‘limlar, uchastkalar va boshqa qismlar mashg‘ulotlarda bir vaqtda ishtirok etmaydilar, о‘quv rejasiga muvofiq ular maxsus vazifalarni bajarishga ketma-ket kirishadilar. Kompleks mashg‘ulotlarni tashkil etishda va uni о‘tkazishda shtab rahbarlari, mashg‘ulotga jalb qilingan hamma fuqarolarning tayyorgarliklarini tashkillashtirishi; ularning tayyorgarligini tekshirishi, shu bilan birga xavfsizligini ta’minlashi kerak bо‘ladigan о‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, о‘quv va ishlab chiqarish bazasini tayyorlashi, QBTI о‘tkazish uchun yangi usullarni qidirib topishi, qо‘llashi; har xil shroitlarda texnikalardan foydalanish hamda ularning samarali ishlashini nazorat qilishi hamda shaxsiy va jamoat resurslarini yaroqsiz holatga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik va yuqori saviyada bajarilgan mashg‘ulot bо‘yicha hisobot tayyorlashi lozim.
Kompleks mashg‘ulotlar 3 ta asosiy kо‘rsatkichga ega bо‘lishi kerak:
1. FM masalalarini tо‘liq, har tomonlama о‘rganish, ya’ni ogohlantirish belgisidan (ishorasidan) tortib, to amaliy mashg‘ulotni tugatishgacha bо‘lgan masalalar;
2. Kompleks mashg‘ulotda, obyektda faoliyat kо‘rsatuvchi jami fuqarolar tayyorlanadi;
3. Kompleks mashg‘ulotda, muhofazaga tayyorlashning jami shakl va uslublari qо‘llaniladi.
300 kishidan ortiq fuqarolari bо‘lgan korxona, tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq kasallar joyi bо‘lgan tibbiy tashkilotlarda 3 yilda bir marta (2 sutkagacha), boshqa tashkilotlarda 3 yilda bir marta obyekt mashqlari (6 soatgacha) о‘tkaziladi.
Umumiy о‘rta, о‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talaba va о‘quvchilari bilan har taraflama kompleks mashg‘ulotlar har yili о‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish soxalarida band bо‘lmagan aholini tayyorlash FVlardan muhofazalash masalalari bо‘yicha suhbatlar, ma’ruzalar о‘tkazish, о‘quv filmlarni kо‘rsatish, yashash joylarida о‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek qо‘llanma va eslatmalarni mustaqil о‘rganish, radio eshitirishlarni tinglash, teledasturlarni, kо‘rgazmali qurollarni kо‘rsatish va boshqa omillar qо‘llaniladi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg‘ulotni muvaffaqiyat-li о‘tkazish, kо‘p jihatdan unga qanchalik tayyorgarlik kо‘rilganligiga bog‘liq. Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish obyekt FM rejasini hisobga olgan holda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshqa omillarga amal qilgan holda olib boriladi. Mashg‘ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni о‘tkazishga mashg‘ulot rahbari shaxsan javob beradi.
Mashg‘ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotning mavzusini, о‘quv maqsadini, о‘quv savollari va bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg‘ulotga jalb etilganlarning soni, mashg‘ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim. Mashg‘ulotga jalb etilgan shaxsiy tarkiblar FMga о‘qitish davomida tayyorlanadi; rahbarlar, komanda-boshliq tarkiblari, shtablar, tuzilmalarning oldiga qо‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun maxsus-taktik, boshqa qolgan qatnashchilar bilan esa amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kompleks mashg‘ulotlarni о‘tkazish uchun quyidagi xujjatlar: mashg‘ulot о‘tkazish rejasi; mashg‘ulot rahbarlarining о‘rinbosarlari va yordamchilarining xususiy rejalari; mashg‘ulotda xavfsizlik choralari kо‘rish tartiblari ishlab chiqiladi.
Mashg‘ulot о‘tkazish rejasi - asosiy xujjatdir. Unda mashg‘ulotning borishi, mashg‘ulotlar bosqichlari bо‘yicha о‘quv savollari tuziladi, xarita, jadval, mundarijalardan foydalanilgan holda matn rejasi ishlab chiqiladi; mavzular, о‘quv maqsadi va mashg‘ulotni о‘tkazish vaqti, mashg‘ulotga jalb etilgan qatnashuvchilarning tarkibi, mashg‘ulotning bosqichlari, davomiyligi, о‘quv savollari va ularni ishlab chiqish vaqti; dastlabki boshlang‘ich holat, kuchlarni guruhlash, boshqarishning joyi, mashg‘ulotning borishi, tamom bо‘lish muddati va tahlil qilish muddati hamda joyi kо‘rsatiladi. Mashg‘ulot rejasi shtab boshliqlari tomonidan ishlab chiqilib, uning boshlanishiga ikki hafta qolguncha mashg‘ulot rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Mashg‘ulot rahbarlari, о‘rinbosarlari va yordamchilarning shaxsiy rejalari matn yoki grafik bо‘yicha tuzilishi mumkin va unda: mashg‘ulotning mavzusi, tuzilmalarga muvofiq о‘quv maqsadi, о‘qiyotganlar toifasi, tuzilmalar tarkibi, boshqa toifadagi о‘qiyotgan fuqarolar soni, umumiy holat, aloqani tashkil etish hamda mashg‘ulotning borishi kо‘rsatilishi kerak.
Imitatsiya rejasi о‘quv mashg‘uloti rahbarining yordamchisi tomonidan matn bо‘yicha chizma asosida ishlab chiqiladi. Unda odatda: imitatsiya joyi, vaqti va turlari kо‘rsatiladi, imitatsiya ishlariga ajratilgan kuchlar va vositalar, ma’sul kishilar, imitatsiyani boshqarish signallari (belgilari) va aloqa vositalari, imitatsiya о‘tkaziladigan joyni qо‘riqlash choralari va uning xavfsizligini ta’minlash kо‘rsatiladi. Chizmada imitatsiya о‘tkazadigan joy shartli belgilar bilan ifodalanadi. Imitatsiya rejasi о‘quv rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi obyektdagi FV oqibatlarni tezroq tugatishdir. U obyektda razvedkani tashkil qilish va olib borishdan boshlanadi. Olingan razvedka ma’lumoti va uning tahliliga asosan obyektdagi holat aniqlanadi, barcha tuzilmalarga FV oqibatlarini tugatish bо‘yicha qо‘shimcha vazifalar yuklatiladi. Hamma kо‘zda tutilgan о‘quv savollari о‘rganuvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar davomida bajarilgandan sо‘ng, mashg‘ulot rahbari kо‘rsatmasiga asosan tо‘xtatiladi.
Barcha turdagi mashqlar tahliliga har tamonlama tayyorlanish kerak, tahlil amaliy mashg‘ulotning yakuniy bosqichidir. Tahlilda о‘qitilganlar har tamonlama muhokama qilinadi, qо‘yilgan maqsadni qay tarzda amalga oshirilganligi, о‘quv savollarini qanday qilib ishlab chiqilganligi, rahbar va komanda-boshliq tarkibining, shtab xodimlari, tizimlar, har xil toifadagi о‘qiganlarning qanday tayyorlanganligi tahlil qilinadi.
Tahlil avval rahbarlar bilan, sо‘ngra mashg‘ulotning hamma qatnashchilari bilan о‘tkaziladi. Tahlil oxirida mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotlarda qatnalganlarning о‘quv maqsadlariga qay darajada erishilganligini aniqlaydi, о‘qiganlarning harakatlarini baholaydi va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni tugatish tadbirlarini belgilaydi. Har taraflama kompleks о‘tkazilgan mashg‘ulotning natijalari tо‘g‘risida tuman FM shtabiga kerakli ma’lumot taqdim etiladi.
Download 344,68 Kb.




Download 344,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



18-Mavzu. Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja 18-Mavzu. Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga

Download 344,68 Kb.