• Tuzuvchilar
  • Gazlamashunoslik




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/37
    Sana15.09.2023
    Hajmi0.57 Mb.
    #81947
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    Gazlamashunoslik
    1-sinf Ona tili va o\'qish savodxonligi taqvim mavzu reja 2022-2023, Matem ona tili o\'qish test 1 chor, Matematika masala etaplar, Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti raqamli t, 1-sinf-ingliz-tili-ish-reja, oraliq2, 5-sentabr (восстановлен), BOYCHECHAK CHIQIBDI, IMG 0002, KTE. 5-topshiriq, Bino, avto shinalar, Kurs ishi, Faryod robototexnika 1-mustaqil ish


     
     
    О`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM 
    VAZIRLIGI 
    O`RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA`LIM MARKAZI 
     
     
     
     
     
     
    KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA MUTAXASSISLAR 
    TAYYORLASH UCHUN 
    “GAZLAMASHUNOSLIK” fanidan amaliy
    mashg`ulotlarni bajarish bо`yicha 
     
     
     
     
    USLUBIY KО`RSATMA 
     
    BUXORO 2006



    Ushbu uslubiy kо`rsatma kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash
    uchun «Gazlamashunoslik» fanidan amaliy mashgulotlarni bajarishga 
    mо`ljallangan. 
    Tuzuvchilar: «Charm-mо`yna va tо`qimachilik sanoati 
    tehnologiyasi» kafedrasi dotsenti Hamraeva S.A. 
    ass. Sadullaeva D.A. 
    Gijduvon maishiy kasb-xunar kolleji 
    о`qituvchisi Amonova E`tibor
     
    Taqrizchilar: «Charm-mо`yna va tо`qimachilik sanoati
    tehnologiyasi» kafedrasi dotsenti Toirov M.Sh. 
    Buxoroteks» hissadorlik jamiyati
    1-Yigiruv – tо`quv fabrikasi laboratoriya mudiri, 
    yetakchi mutaxassis Sadriddinova M. 
    Uslubiy kо`rsatma «Charm-mо`yna va tо`qimachilik sanoati texnologiyasi» 
    kafedrasining 2005 yil dekabridagi № __ majlisida muhoqama qilindi. 
    Institut uslubiy kengashining 2006 yil «___» __________ dagi 
    № ____ majlisida tasdiqlandi. 
     



     
    KIRISH. 
    Hozirgi paytda, ayniqsa respublikamiz bozor iqtisodiyoti sharoitida 
    barcha tikuvchilik sanoati korxonalarining oldida turgan eng dolzarb 
    muammolardan biri – axolini sifatli xamda bejirim kiyim kechaklar bilan, 
    ularning moddiy va manaviy yashash darajasini oshirishni ta`minlashdan 
    iborat. 
    Tikuvchilik sanoati axolini sifatli kiyim kechaklar bilan ta`minlashi 
    uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sanoat korxonalarini 
    zamonaviy asbob uskunalar bilan jixozlash, materiallarning assortimentlarini 
    kengaytirish lozim. 
    Keyingi vaqtlarda tikuvchilik sanoatining xom ashyo bazasi gurkirab 
    rivojlanmoqda. Chunki , asosiy xom ashyoni etkazib beruvchi to`qimachilik 
    sanoatining tarmoqlari kengaymoqda. Respublikamizda bir qancha qo`shma 
    korxonalarning ochilishi buning isbotidir. Masalan, Andijondagi "ASSAM 
    - tektsil", "Shaxriipak" qo`shma korxonasi, Fargonadagi "Salomat" Uzbek – 
    Ruminiya qo`shma korxonasi, Namangan viloyatidagi "Namangan - 
    Yurteks" Uzbek – Rossiya qo`shma korxonasi, Qarshidagi "Qarshiteks"
    Uzbek – Turkiya qo`shma korxoansi, Qobul – To`ytepa tektsil, xamda 
    Italiya bilan xamkorlikdagi "Spining silk" qo`shma korxonalar shular 
    jumlasidandir. 
    To`qimachilik sanoat korxonalari tikuvchilik korxonalariga turli xil 
    ko`rinishdagi kiyim kechaklar tikish uchun xar xil gazlamalar, tikuvchilikda
    ishlatiladigan galtak irlarni etkazib beradi. Natijada, tikuvchilik sanoati 
    axoli va xalk xo`jaligining barcha tarmoqlari uchun mavsumiy, zamonaviy 
    moddaga mansub bo`lgan, iqtisodiy talablarni qondiruvchi kiyim kechaklar 
    ishlab chiqariladi. Bu sanoat xodimlari tikuvchilik materiallaridan samarali
    foydalanish, yuqori sifatli bejirim buyumlar ishlab chiqarish uchun 
    materiallarning olinishi, xossalari, fizik – mexanik ko`rsatkichlari va 
    assortimentlarini yaxshi bilishlari kerak. Chunki, tikuvchilik materiallarining 
    xossalari, ularning qanday tolalar, iplardan tashkil topganligi, o`rilishi, 
    pardozi va boshqa ko`rsatkichlarga bogliq.




    Download 0.57 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish