|
Gazlarni elektrik tozalash usuli va qurilmalari. Elektrofiltrlar
|
bet | 2/4 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 22,48 Kb. | | #144670 |
Bog'liq maqola tayyor erusKey words: Electric filter, Dry electrofilters, UG type electrofilter, CG type electrofilter, wet electrofilters
Gazlarni elektrik tozalanishi deganda, bu jarayon bo‘lib, unda elektr kuchlar ta’sirida gazsimon muxitdan qattiq zarrachalar yo‘qoladi. Zarrachalar seraratsiyasini elektrostatik jarayoni bilan mexanik usullarni fundamental farqi shundaki, bu xolatda ta’sir kuch zarrachalarga faqat ta’sir qiladi, butunlay gaz oqimi ta’sirida esa yaratilinmaydi. Bu kuch ta’sirini to‘g‘ri va unumli ishlatilinishi va elektrostatik usulni energiyani bir xilda iste’mol qilish va gaz oqimiga kichik qarshilik ko‘rsatish kabi tomonlarini tushuntiradi. Submikrometrli diapazondagi xattoki kichik zarrachalar unumli ishlaydi, chunki shu zarrachalarga ham yetarlicha katta kuch ta’sir qiladi. Tozalash darajasini prinsipial chegaralari yo‘q, chunki unumdorligi elektrofiltrdagi zarrachalarni kelish davomiyligini oshirish yo‘li bilan oshiriladi.
Elektr filtrlarda gazlarni tozalash elektr kuchi ta’sirida olib boriladi. Bunda chang zarralari kuchli elektr magnit maydonida zaryadlanib elektrodlarga yopishadi. Elektr filtrlar katta hajmdagi gazlarni tozalashga mo'ljallangan. Chang zarralari 0,01 — 100 mkm, harorati 400-450°C da ham ishlaydi. Gidravlik qarshiligi 150 Pa. Changli gaz elektrofiltming quyi qismidan beriladi. Shunda changli gaz elektrodlar joylashgan kanallar orqali o‘tganda chang zarralari elektrodlarga berilgan elektr kuchlanishining ta’sirida hosil bo'lgan elektr magnit maydoni oqibatida zaryadlanadi va elektrodlarga ilashib, yopishib qoladi. Tozalangan gaz apparatning yuqori qismidan chiqarib yuboriladi. Chang zarralarining qavati elektrodlarda qalinlashgandan so‘ng elektr toki o'chiriladi va silkituvchi moslama yordamida ilashgan chang zarralari elektrodlardan xalos etiladi va ajratilgan chang zarralari apparatning pastki bunkeridan chiqarib yuboriladi.
Gazlarni apparatga berish tartibi orqali elektrofiltrlar bir-biridan farq qiladi. Elektrofiltrlar quruq va ho‘l xillariga bo‘linadi.
Quruq elektrofiltrlar. Ushbu elektrofiltrlaming korpusi 250°C haroratga va 500 Pa bosimga yoki 3500 Pa li vakuumga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ular issiqlik elektrostansiyalari, barabanli pechlar, sement zavodlarining xomashyo tegirmonlarida hosil bo'lgan tutun gazlarirri tozalashda ishlatiladi, chunki ushbu manbalaming tutun gazlarida mayda dispers chang zarralari ko‘plab uchraydi.
UG tipdagi elektrofiltrlaming UG-1, UG-2, UG-3xillari bo‘lib, ular asosan elektrodlarda o‘matilgan va elektrodlaming balandligi bo‘yicha bir-biridan farqlanadilar. UG-1 da elektrod balandligi 4 m, UG-2 da 7,5 m bo'ladi. Elektr maydorrining balandligi UG-1 va UG-2 da 2,5 m ni tashkil etadi. UG-3 da balandligi 12 m ni, elektr maydonining balandligi esa4 m ni tashkil etadi. OGP tipdagi unifitsirlangan elektrofiltrlar kimyo, rangh metall (kul changlari), neft-kimyo (katalizator changlari) va shu kabi boshqa sanoatlaming 425°C haroratgacha bo‘lgan gazlarini changdan tozalash uchun qo‘ llaniladi. Ularda tindiruvchi elektrodlar plastina ko‘rinishida ishlab chiqiladi. Plastinalar diametri 8 mm li po‘lat simlardan tayyorlanadi.
CG tipdagi elektrofiltrlar neft krekingida ishlatiladigan changsimon katalizatorlarning changlarini, reaktor va pechlardan chiqadigan changlarni, qurum (qora kuya) ishlab chiqarishda ajraladigan portlovchi qurum aralashmalarini tozalashda qo‘llaniladi. Havoning elektrofiltrlarga so‘rilishi oldini olish uchun ular bosim ostida (150 Pa gacha) ishlashi kerak. Gazlaming harorati 250 °C dan oshmasligi lozim.
UV ti pdagi unifitsirlangan elektrofiltrlar vertikal, quruq, plastinali ko'rinishda bo‘lib. 250 °C gacha haroratda ishlaydi va sanoatning turli aspiratsion havolarini, hamda tutun gazlarini tozalash uchun ishlatiladi. Gazlami elektrofiltming aktiv kesma yuzasidagi tezligi 1 m/sek dan oshmasligi lozim.
UWtipdagi elektrofiltrlar ham unifitsirlangan ko‘rinishda bo‘lib, ko'pincha ko‘mir tarkibli changli gazlarni ushlab qolish uchun ishlatiladi.
|
| |