GENETIKADAN YANGI MASALALAR.
1.Odamda normal eshitish qobiliyati ikki gen D va E genlari bilan belgilanadi. D- chig’anoqning rivojlanishi, E- eshituv nervi rivojlanishini belgilaydi.Har ikkala genlar bo’yicha dominant gomozigotalar DDEE yoki geterozigota DdEe organizmlar eshitish qobiliyati normal bo’ladi. Agar ikkita allelmas genlarning bittasi retsessiv gomozigota holda kelsa (DDee, yoki ddEE) karlik yuzaga keladi. Quyidagi genotipli insonlar turmush qurganda ulardan qanday farzandlar tug’iladi?
A) DDEE x ddEE B) DdEe x ddee
C) DDEe x ddEe D) Ddee x ddEE
E) DDEE x DdEe F) Ddee x Ddee
J) ddEE x DdEE H) DdEe x DdEe
2. II qon guruhi bo’yicha geterozigota ayol qon guruhi IV bo’lgan erkak bilan turmush qurganda, ularning bolalarida qon guruhi qanday bo’lishi mumkin?
3. Ota- onalarning har ikkalasining qoni II guruhli bo’lsa ularning bolalarida II qon guruhidan boshqa yana qanday guruhli qonlar bo’lishi mumkin?
4. Tug’ruqxonada 2 ta chaqaloqni almashtirib qo’yishdi. Bitta bolaning ota- onasining qoni I va II gruppa, ikkinchi ota- onaning qoni II va IV guruh. Bolalardan birida I qon guruhi, ikkinchisida IV qon guruhi. Qaysi o’g’il bola kimniki ekaninini aniqlang.
5. To’tiqushlarda patlar rangi ikki juft allelmas genlar tomonidan belgilanadi. Ikki xil dominant genlarning birga dominant bo’lib kelishi to’tiqush rangini yashil qiladi, birinchi juft dominant geni va ikkinchi juft retsessiv geni bilan kelsa to’tiqush sariq, ikkinchi juft dominant va birinchi juft retsessiv bo’lsa to’tiqush havorang bo’ladi. Har ikkala genning retsessiv kelishi to’tiqush rangini oq qiladi. Fermada yashil va havorang to’tiqushlarni chatishtirish natijasida qanday genotipda oq to’tiqushlar paydo bo’ladi, qanday genotiplarda oq to’tiqushlar paydo bo’lmaydi?
AABB x aaBB AaBb x aaBB
AABb x aaBB AaBB x aaBB
AaBb x aaBb AABb x aaBb
AaBB x aaBb AABB x aBb
6. Ipak qurti pillasining rangi ikki xil A va B dominant allellarning genotipda birga uchrasshi bilan belgilanadi. Dominant genlar alohida kelganda yaki ularning retsessiv genlari birga uchraganda pigment hosil bo’lmaydi va pillalar oq rangda bo’ladi. Ikkita oq rangli pillali zotlar duragaylanganda 9 ta sariq pillali va 7 ta oq pillali duragaylar hosil bo’ldi. Ota- ona va avlod duragaylarini aniqlang.
7. Sichqonlar rangi ikki juft allelmas genlar tomonidan belgilanadi. Bir juftning dominant geni kulrangni, uning retsessiv geni qora rangni belgilaydi. Ikkinchi juftning dominant geni rangning yuzaga chiqishini ta’minlaydi. Uning retsessiv geni rangsizlikni ta’minlaydi. Kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirish natijasida 82 ta kulrang, 35 ta oq va 27 ta qora sichqonlar tug’ildi. Ota- ona va avlod genotiplarini aniqlang.
8. Odamda yaqindan ko’rish dominant belgi bo’lib, turli darajada namoyon bo’ladi. Bu belgi har xil autosomalarda joylahsgan domnant genlarning komplementar ta’siri natijasidir. Genotipda har ikkala gen dominant holda bo’lsa, yaqindan ko’rishning yuqori darajasi, dominant genlarning biri bo’lsa o’rta daraja. Otada yuqori darajada yaqindan ko’rish, ona normal ko’radigan bo’lsa, ular ikki farzand ko’rishdi: biri yuqori darajada yaqindan ko’radigan, ikkinchisi o’rta darajada yaqindan ko’radigan. Ota- ona va farzandlar genotipini aniqlang.
9. Tovuqlar patlarning rangi ikki juft allelmas genlarning o’zaro ta’siri bilan belgilanadi. Birinchi juftning dominant geni patning rangli bo’lishini, retsessiv geni rangsiz bo’lishini ta’minlaydi. Ikkinchi juftning dominant geni rang yuzaga chiqishini bo’g’ib qo’yadi, retsessiv geni esa rangga ta’sir qilmaydi. Oq tovuqlar o’zaro chatishtirilganda 1680 ta jo’jadan, 315 tasi rangli, qolganlari rangsiz bo’lib chiqqan. Tovuqlar va rangli jo’jalar genotipini aniqlang.
10. Ba’zan odamlarda qon guruhlarining o’ziga xos holatda nasldan naslga o’tishi kuzatiladi(Bombey fenomeni). Bunday holatlarda II va III qon guruhlarining yuzaga chiqishi retsessiv Epistaz geni tomonidan bo’g’ib qo’yiladi. Ota I qon guruhli , ona esa II qon guruhli bo’lgan oilada qon guruhi I bo’lgan qiz tug’ilgan, u qon guruhi II bo’lgan yigitga turmushga chiqqan va ularda ikkita qiz tug’ilgan: birinchisida IV, ikkinchisida I qon gruppasi mavjud. Uchchala avlodning genotiplarini “Bombey fenomeni”ni hisobga olgan holda aniqlang.
11. Odam bo’yi uzunligi bir necha allelmas genlar tomonidan nazorat qilinadi, bu genlar polimeriya tipida o’zaro munosabatda bo’ladilar. Agar uch juft polimer genlar hammasi retsessiv holatda genotipda uchrasa, bo’y uzunligi 150 sm, hamma genlar dominant holatda bo’lsa 180 sm atrofida bo’ladi. Uchala juft genlar bo’yicha geterozigotali bo’lgan odma bo’yining uzunligini aniqlang.
12. Odam terisining pigmentatsiyasi uchta allelmas genlar tomonidan nazorat qilinadi. Dominant genlar genotipda qancha ko’p bo’lsa teri rangi shuncha qora bo’ladi. Negrlarda A1A1A2A2A3A3, oq tanlilarda esa a1a1a2a2a3a3 . Negr va oq tanlilar avlodi mulat deyiladi. Agar ikkita mulatning nikohidan oq tanli va mulat farzandlar tug’ilgan bo’lsa, oila a’zolarining, hammasining genotipini aniqlang.
13. Quyonlar juni uzunligi ikki juft allelmas genlar tomonidan boshqariladi. Agar bu genlar hammasi dominant holda kelsa jun uzunligi 8 sm, hammasi retsessiv bo’lsa, jun uzunligi 2 sm bo’ladi. Bunday quyonlar o’zaro chatishtirilganda birinchi va ikkinchi avlod quyonlarda belgilar ajralish nisbati fenotip bo’yicha qanday bo’ladi?
14. Y xromosomaga bog’liq bo’lgan gipertrixoz belgisi bola 17 yoshga to’lganidan keyin yuzaga chiqadi. Ixtiozning bir shakli retsessiv belgi bo’lib, X xromosoma bilan bog’liq. Har ikkala belgi bo’yicha normal ayol bilan gipertrixoz erkak oilasida ixtioz belgisiga ega bo’lgan o’g’il tug’ilgan. Shu bolada gipertrixoz belgisi bo’lishi mumkinmi? Ikkita belgi bo’yicha normal farzand tug’ilishi mumkinmi? U qanday jinsli bo’ladi?
|