|
Mundarija: kirish I. Bob. Bolalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy asoslari
|
bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 47,83 Kb. | | #233563 |
Bog'liq Sobirova Mo\'tabar
MUNDARIJA:
KIRISH…………………….………………………………………………………3
I.BOB. BOLALARDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI
SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1.”Salomatlik” “sog‘lom turmush tarsi” tushunchalarining mohiyati……....5
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lom turmush tarzi asoslari bilan tanishtirishni tashkil etishning maqsadlari, mazmuni va shakllari……………8
II.BOB. BOLALARDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI
SHAKLLANTIRISH BO’YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH
2.1.Bolalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda ota onaning o’rni.....14
2.2.Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish...............................................................................19
XULOSA................................................................................................................31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.........................................33
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta`lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta`lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta`lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yuqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq halos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga xam ega bo’lamiz. Zotan, xozirgi zamon ta`limida davlat va jamiyat talabi hamda manfaatlari aks etib turishi kerak. Ilmiytexnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda o’rta ta`limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`limtarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi jahon tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi isloxotlarni uz boshidan kechirayotgan bizning ta`limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda jahon ta`limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’qishlar, uchrashuvlar o’tkazildi. Bu bizning ta`lim tizimimizda, chet ellarda o’quv-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishiga e`tibor va qiziqishning tez sur`atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag` miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya ta`limtarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro ta`lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini
takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
|
| |