Avtomobil yo’llari davlat kadastrini yuritish tartibi




Download 1,91 Mb.
bet2/4
Sana09.06.2024
Hajmi1,91 Mb.
#261897
1   2   3   4

Avtomobil yo’llari davlat kadastrini yuritish tartibi




Avtomobil yo‘llari davlat kadastri - avtomobil yo‘llari obyektlarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi, yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. Bu kadas tr Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va avtomobil yo‘llari obyektlarini hisobga olish hamda ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi. Mavjud bo‘lgan va qurilayotgan avtomobil yo‘llari, ulardan inshootlar hamda hududlarda joylashgan avtomobil yo‘llarining boshqa obyektlari Avtomobil yo‘llari davlat kadastring obyektlari hisoblanadi. “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. Avtomobil yo‘llari davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni avtomobil yo‘llari obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Quyidagilar ushbu kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari obyektlarini to‘liq qamrab olish;

  • fazoviy koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo‘llash;

  • barcha obyektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini shakl-lantirishning yagona metodologiyasi;

  • kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligiva hujjatliligi;

  • kadastr axborotlarining ochiqligi.

Kadastrni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritish “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasining quyidagi tarkibiy bo‘linmalari:

  • “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasining vakolatli tashkiloti;

  • hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlarining kadastrbo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritishni metodik ta’minlash “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu qo‘mitaning vakolatli tashkiloti:

  • avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo‘lishini ta’minlaydi;

  • ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni yo‘l korxonalariga beradi, ma’lumotlar bazasi to‘g‘ri to‘ldirilishi ustidan nazorat qiladi;

  • hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlarining kadastr bilan ishlaydigan xodimlarini avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitishni tashkil etadi;

  • hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari tomonidantaqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va uni avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan

axborot tizimiga kiritadi;



  • avtomobil yo‘llarining yangi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash ma’lumotlari to‘planishi ustidan nazorat qiladi;

  • kadastr axborotlari Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkor berilishini amalga oshiradi;

  • har yili belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagonatizimiga “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining avtomobil yo‘llari obyektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

“O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasining hududiy shu’ba yo‘lqurilish tashkilotlari:



  • avtomobil yo‘llari obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o‘zgarishlar, ularning atrof muhitga ta’siri, ekologik-iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdi va tizimlashtiradi;

  • avtomobil yo‘llari obyektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma’lumotlar bazasini to‘ldiradi va ularni tizimlashtirish hamda avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi vakolatli tashkilotining kadastr bo‘limiga beradi;

  • avtomobil yo‘llarining yangi obyektlarini hisobga qo‘yadi, ular to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash ma’lumotlarini to‘playdi.

“O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi tizimidan tashqarida mavjud bo‘lgan avtomobil yo‘llari obyektlarining egalari foydalanuvchilari kompaniyasining vakolatli tashkilotiga kadastr obyektlarining geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek, ular holatining joriy o‘zgarishlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart. Avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritish avtomobil yo‘llari obyektlarining barcha turlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, obyektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek, kadastr axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi. Asosiy ko‘rsatkichlarning tarkibi Davyergeodezkadastr qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‘yxat natijalari bo‘yicha har bir obyektga pasport tuziladi.. Avtomobil yo‘llari obyektlari tavsiflarida yuz beradigan bundan keyingi o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi. Avtomobil yo‘llari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qo‘yilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar bo‘yicha tasniflanishini o‘z ichiga oladi, ularning tarkibi Avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritish bo‘yicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Avtomobil yo‘llari obyektlarini iqtisodiy baholash o‘ziga xosliklar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi:

  1. “O‘zavtoyo‘l” qo‘mitasi tizimida va ulardan tashqarida mavjud bo‘lgan avtomobil yo‘llari obyektlari egalari foydalanuvchilar kadastr axborotlarini avtomobil yo‘llari obyektlari bo‘yicha hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlarining kadastr bo‘linmalariga taqdim etadilar.

  2. Hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlarining kadastrbo‘linmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan avtomobil yo‘llari obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdilar, o‘z hududlari doirasida kadastr ishini

  3. shakllantiradilar, avtomobil yo‘llari obyektlari bo‘yicha axborotni AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilotga taqdim etadilar.

  4. Vakolatli tashkilot avtomobil yo‘llari obyekti bo‘yicha axborotlarni AYDKga kiritgandan keyin kadastr axborotlarini Davyergeodezkadastr qo‘mitasi DKYATning ma’lumotlar bazasiga beradi.

  5. AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilot so‘rov bo‘yicha DKYAT ma’lumotlar bazasidan avtomobil yo‘llari obyektlari bo‘yicha axborot olishi mumkin hamda zarur axborotni hududiy shu’ba-yo‘l qurilish tashkilotlarining kadastr bo‘linmalariga yuboradi.

  6. DKYAT ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha avtomobil yo‘llari obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.




Download 1,91 Mb.
1   2   3   4




Download 1,91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llari davlat kadastrini yuritish tartibi

Download 1,91 Mb.