• 2. Gibriddomalar olish texnologiyasi.
  • Gibriddomalar olish texnologiyasi.
  • Hayvonlar irsiyatini hujayra injeneriyasi yo‘li bilan o‘zgartirish.
  • Gibridomalar texnolodiyasi Reja: Gibriddomalar olish. Gibriddomalar olish texnologiyasi




    Download 0.71 Mb.
    Sana10.01.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #134063
    Bog'liq
    Biotexnologiya 2 kj
    BMI Python dasturlash tilidan foydalanib tasvirlarga dastlabki Kuzenbayev, Иркинова А, Tekin Treyding Qo\'llanma Kitob, Malumotlar bazasi (1), Diskret tuzilmalar fanidan tayyorlagan i-mustaqil ish, 13042 1 78ABB5D76C5F25F8157FE79402092E1371053786, Далолат.КУМИР 2023, Ilk Qadam UZB final (3), 1.STEAM, 15-22 Biznesni soliqqa tortish Kasimova Maxfuza, 15-22 Guruh Qiryigitov J - копия, til slayd, Документ Microsoft Word, 5610200-Mehmona xo\'jaligini tashkil etish va boshqarish

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakultiti Biologiya turlari bo’yicha yo’nalishi 4-kurs 12_B-2020 guruh talabasi Komoliddinov Jaloliddinning Biotexnologiya fanidan taqdimoti.

    Gibridomalar texnolodiyasi

    • Reja:
    • 1. Gibriddomalar olish.

      2. Gibriddomalar olish texnologiyasi.

      3. Hayvonlar irsiyatini hujayra injeneriyasi yo‘li bilan o‘zgartirish.

    Gibriddomalar olish.

    • Hujayra va gen injeneriyasi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq etilgan. Bu yo'nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo'jalik va genetik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko'plab hosil bo'lishiga erishish edi. Ma'lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, ba'zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko'paytirish imkoni bo'lmagan. Ko'p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma'lum gormon inyeksiya qilinib, tajriba o'tkazilayotgan sigirdan ko'plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan sidirib olinib, sun'iy urug'lantiriladi va hosil bo'lgan zigota xo'jalik ahamiyati kam, xashaki sigir bachadoniga kiritiladi, implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o'gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo'llaniladi.

    AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen injeneriya usuli bilan o'sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo'l bilan sigirlardan sog'iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi. Hozirgi kunda AQSH oziq-ovqat do'konlarida bu mahsulot sotilmoqda. Zigotaga (urug'lantirilgan tuxum hujayraga) har xil genlarni mikroinyeksiya qilib transgen sichqon yoki kalamush olish ko'plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J. H.Hamidov rahbarligida shu usulni qo'llab quyon zigotasiga o'sish gor-moni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o'suvchi transgen quyon olindi.

    Gibriddomalar olish texnologiyasi.

    • Hayvonlarni klonlash. Ma'lumki, klon deb mikroorganizmning bir hujayrasi bo'linishi natijasida hosil bo'lgan bakteriya koloniyasiga aytiladi. O'simliklarning kloni bir hujayradan sun'iy sharoitda ko'paytirilib yoki qalamchalardan vegetativ ko'paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo'l bilan ko'pay-masligi sababli ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo'lib kelar edi. 1977-yili J. Gyordon tomonidan hujayra injeneriyasini qo'llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. 1997-yil shotlandiyalik olim Roslin qo'yning klonini yaratdi va bu ixtiro juda ko'p shovshuvlarga sabab bo'ldi.

    Bu tajri-baga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko'chirib o'tkazilar va hosil bo'lgan trans-plang tuxum hujayra o'gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Roslin erishgan natijalarning Gyordon tajribasidan va boshqa yuqorida keltirilgan natijalardan farqi,
    Roslan ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratil-gan yadroni kiritib
    yetuk organizm olishidir. Voyaga yetgan organizm somatik hujayrasi yadrosidan klon yaratishda foydalanish ayrim mulkdor shaxslarda o'z shaxsining klonini yaratish istagini uyg'otdi. Albatta, bu yo'l bilan jismonan har qanday odam klonini yaratish mumkin, lekin ruhan va aql jihatdan yaratilgan klon original e
    gasiga o'xshash-o'xshamasligi nazariy jihatdan muammodir.

    Hayvonlar irsiyatini hujayra injeneriyasi yo‘li bilan o‘zgartirish.

    • Gibridomalar. Hujayra injeneriyasining rivojlanishi gibridoma-lar olish biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilish imkonini yaratdi. Ma'lumki, normal hujayralar juda sekin bo'linib ko'payadi va ularning boiinishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo'linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomas-sasini sun'iy sharoitda ko'paytirib, shu oqsil moddani ko'plab ishlab chiqarsa bo'ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo'lganligi uchun bunday muammolar o'z yechi-mini topmagan edi. 1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun'iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo'linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo'shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. 

    Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun'iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko'payishiga erishildi. Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofiq har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish yo'li bilan hosil qilish mumkin. Bu texnologiyani hozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulyatorlar, antitana va gormonlar sintezida gen injeneriyasi bilan barobar ishlatish mumkin. Shuning uchun hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi.
    Download 0.71 Mb.




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gibridomalar texnolodiyasi Reja: Gibriddomalar olish. Gibriddomalar olish texnologiyasi

    Download 0.71 Mb.