|
Global Yaim 105 trln dollarga yaqinlashdi. Eng katta iqtisodiyotlar qaysilar? Dunyoning 10 ta eng yirik iqtisodiyotining to‘rttasi Yevropa, uchtasi Osiyo mamlakatlari hisoblanadi
|
bet | 2/3 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 149 Kb. | | #134963 |
Bog'liq Global YaIM 105 trln dollarga yaqinlashdi6. Buyuk Britaniya
YaIM: 3,16 trln dollar
Aholi jon boshiga YaIM: 46 370 dollar
Yillik YaIM o‘sish sur’ati: -0,3 foiz
Global YaIMdagi ulushi: 3 foiz
Birlashgan Qirollik iqtisodiyoti xizmatlar, ishlab chiqarish, moliya va ijodiy sohalarning aralashmasidan iborat. London butun dunyo bo‘ylab xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi moliyaviy markaz sifatida nom qozongan.
7. Fransiya
YaIM: 2,92 trln dollar
Aholi jon boshiga YaIM: 44 410 dollar
Yillik YaIM o‘sish sur’ati: 0,7 foiz
Global YaIMdagi ulushi: 2,78 foiz
Fransiya iqtisodiyotida aviatsiya, sayyohlik, hashamatli buyumlar va qishloq xo‘jaligi kabi sohalar muhim ahamiyat kasb etib, diversifikatsiya darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
8. Italiya
YaIM: 2,17 trln dollar
Aholi jon boshiga YaIM: 36 810 dollar
Yillik YaIM o‘sish sur’ati: 0,7 foiz
Global YaIMdagi ulushi: 2,06 foiz
Italiya Yevropa Ittifoqidagi uchinchi yirik iqtisodiyot bo‘lib, mamlakat o‘zining nufuzli va ilg‘or biznes sektori, raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi sanoati bilan mashhur.
9. Kanada
YaIM: 2,09 trln dollar
Aholi jon boshiga YaIM: 52 720 dollar
Yillik YaIM o‘sish sur’ati: 1,5 foiz
Global YaIMdagi ulushi: 1,99 foiz
Kanada iqtisodiyoti asosan neft, gaz, minerallar va yog‘och kabi tabiiy resurslarga bog‘langan.
10. Braziliya
YaIM: 2,08 trln dollar
Aholi jon boshiga YaIM: 9670 dollar
Yillik YaIM o‘sish sur’ati: 0,9 foiz
Global YaIMdagi ulushi: 1,98 foiz
Braziliya iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati, ishlab chiqarish va xizmatlar katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha eng yirik global markazlardan biridir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Global Yaim 105 trln dollarga yaqinlashdi. Eng katta iqtisodiyotlar qaysilar? Dunyoning 10 ta eng yirik iqtisodiyotining to‘rttasi Yevropa, uchtasi Osiyo mamlakatlari hisoblanadi
|