|
Globallashuv jarayonida milliy sug’urta bozorini rivojlantirish istiqbollari
|
bet | 4/4 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #125646 |
Bog'liq Rivojlanish tarixi va bosqichlari Toshev D O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992 son farmoniga ko‘ra 2020-2025 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari tog‘risida” Qaroriga muvofiq milliy sug‘urta kompaniyalar faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi belgilab berildi . - bosqichma-bosqich sug‘urtalovchilar nizom jamg‘armalarining minimal miqdori talabini oshirib borish;
- hayotni sug‘urtalash tarmog‘ini, shu jumladan hayot sug‘urtasining uzoq muddatli va jamg‘arish turlarini kelgusida rivojlantirish maqsadida me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritib borish;
- sug‘urta tashkilotlari rahbari va bosh buxgalterlariga qo‘yiladigan malaka talablarini kuchaytirish;
- kelgusida sug‘urta bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida sug‘urta bozori professional ishtirokchilari: adjasterlar, syurveyelar, aktuariylar, assistans xizmatini ko‘rsatuvchilar faoliyatini kengaytirish kabi ustuvor chora-tadbirlar.
- Bundan ko‘rinib turibdiki sug‘urta bozorini rivojlantirish va sug‘urtalovchilarning moliyaviy barqarorligini oshirish orqali mamlakat iqtisodiyotida sug‘urta sohasini mavqeini ko‘tarishga e’tibor qaratilgan.
|
| |