|
Globallashuv jarayonida milliy sug’urta bozorini rivojlantirish istiqbollari
|
bet | 1/4 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #125646 |
Bog'liq Rivojlanish tarixi va bosqichlari Toshev D
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTET
Riskologiya fanidan
NAZORAT ISHI
Mavzu:Sug‘urtaning rivojlanish tarixi va bosqichlari
SSI-84 guruhi talabasi
Tayyorladi: Toshev Doston
Sug‘urtaning rivojlanish tarixi va bosqichlari REJA - Milliy sug’urta bozorining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
- Milliy sug’urta bozorining hozirgi holati tahlili
- Globallashuv jarayonida sug’urta bozorini rivojlantirish yo’llari
Kirish Kirish Sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir. Biroq mamlakat moliya bozorida bu xizmatlarning o‘rni hozircha katta emas. “Sohaga nazoratchi emas, ilg‘or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug‘urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak,” — dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston sug‘urta bozori rivojlanishi davlat miqyosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgan bo‘lib, mavjud shart- sharoitlar, milliy sug‘urta an’analari va madaniyati hisobga olingan xolda isloh etilgan va milliy sug‘urta bozori tashkil topishi va shakllanishi sekin-astalik bilan tubdan o‘zgarib borgan va bir nechta bosqichlarni bosib o‘tgan . Milliy sug’urta bozorining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari Respublikamiz sug‘urta bozori isloh etilishini birinchi bosqichi (1991-1996 yillar) sug‘urta bozoriga xususiy sug‘urta kompaniyalarni kirib kelishi va Davlat sug‘urtasi(Gosstrax)ni transformatsiyasi jarayoni boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, shakllanayotgan tadbirkorlikning huquqiy bazasi bilan qo‘llab-quvvatlangan. 1991 yilning o‘zida milliy iqtisodiyotimizni isloh qilinishini qonuniy rasmiylashtirilishiga asos solgan “O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi kabi o‘sha davrning progressiv qonunlari qabul qilingan.
|
| |