|
Ta`limda akt qo`llash Tarmoq taexnologiyalarini o`rganishda xorij tajribasi
|
bet | 1/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 63,88 Kb. | | #235688 |
Bog'liq tal refe
Tarmoq texnologiyalari
Reja :
Ta`limda AKT qo`llash
Tarmoq taexnologiyalarini o`rganishda xorij tajribasi
Ta`limda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llaganda talaba eshitish, ko`rish, ko`rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Ta`lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma`lum bir shart – sharoitlar mavjud bo`lishi lozim.
Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta`lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogik mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta`lim sohasida, o`quv faoliyatida va talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi.
Axborot texnologiyalari ta`limni amalga oshirish jarayonida hayot bilan uyg„unlashtirishga imkon beradi. O`qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog„lash imkoniyati paydo bo`ladi.
Axborot texnologiyalarini qo`llashda talaba shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali talabaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro`yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini talaba shaxsini rivojlantirishning to`laqonli vositasiga aylantirish uchun o`qituvchining o`zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo`lishi kerak.
Tarmoq texnologiyalarining jadal rivojlanishi, ularning ahamiyati, tarmoq texnologiyalari qo`llanilish sohalarining o`sishi, kompyuter tarmoqlari endi zamonaviy axborot va telekommunikatsiya tizimlarining asosiy tarkibiy qismi qarala boshlandi. Tarmoq texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalari pedagogika oliy o`quv yurtlaridagi matematika va informatika ta`lim yo`nalishlarida ixtisoslashtirilgan kurslarga kiritila boshlandi.
Bo`lajak tarmoq texniklari tarmoq texnologiyasi, ma`lumotlar kommunikatsiyalari texnologiyasi yoki tizimlarni boshqarish bo`yicha sertifikat, assotsiatsiya yoki bakalavriat dasturlari doirasida kurslarni topishlari mumkin.
Shuning bilan birga dunyo bo‘yicha ilm -fan rivojining bugungi holati, ayniqsa bu boradagi zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy etilgan jamiyatda “Tarmoq texnologiyalari” fani sohasida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga bir qancha, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlashdek vazifasini ham qo‘ymoqda. Xorijiy davlatlar va Respublikamizdagi bir qator olimlar tomonidan “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish muammolari o‘rganilib, o‘quv pedagogik kompyuter dasturlari ishlab chiqilmoqda hamda o‘quvtarbiya jarayoniga tadbiq etilmoqda.
Respublikamizda ham bu sohadagi ishlarni davr talablari darajasiga ko‘tarish bo‘yicha samarali ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan, hozirga qadar quyidagi muammolar o‘z yechimini kutmoqda: tarmoq texnologiyalari fanidan o‘zbek tilidagi darslik va qo‘llanmalar, shu jumladan, elektron variantlarning yetarli emasligi va mavjudlarining zamonaviy talabga javob bermasligi; fan bo‘yicha elektron ta’lim resursilarning yetishmasligi; amaliy, laboratoriya va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalarning talab darajasida emasligi.
Yuqorida keltirilgan muammolarnibartaraf etish va bo‘lajak mutahassislarga kasbiy bilimlarini rivojlantirish tizimini ishlab chiqishda birinchi navbatda, metodologik, kasbiy, motivatsion, pedagogik, psixologik, tizimli, nazariy-ilmiy, ijodiy-amaliy, o‘z-o‘zini baholash, mustaqil bilim olish, kasbiy yutuqlarning istiqbolini ko‘ra bilish kabi omillarni e’tiborga olish zarur. Qayd etilgan muammolar yechimini topish uchun dastlab Mustaqil davlatlarhamdo‘stligioliy ta’lim muassasalaridan,Altay davlat pedagogika universiteti matematika va informatika yo‘nalishida o‘qitiladigan “Kompyuter tarmoqlari va internet texnologiyalari”, Belorus davlat pedagogika universiteti matematika va informatika yo‘nalishida o‘qitiladigan “Kompyuter tarmoqlari” fanlarini tahlil qilamiz.
O‘tkazilgan tahlillarga asoslanib Respublikamizdagipedagogika oliy ta’lim muassasalari “Tarmoq texnologiyalari” fan dasturini Altay davlat pedagogika universiteti fan dasturidagi mavzularga moslab o‘zaro integratsiyalash maqsadga muvofiq deb xulosaga kelindi. Shuningdek, malaka talablari asosida tarmoq texnologiyalariga oid zamonaviy tushunchalarni mavzular mazmuniga singdirib boyitish lozim. “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishda o‘quv materiallari tarkibiga va uni o‘qitishning metodik usullariga tizimli yondashish kerak.
Asosiy muammo o‘quv kursi tarkibida mavzularni aniq, mantiqiy va ilmiy asoslangan holda tanlash masalasi bo‘lib, bunda turli didaktik masalalardan quyidagi talablar kelibchiqadi: ishlab chiqarish bilan fanning bog‘liqligi; predmetlararo va ichki predmetlararo bog‘liqlik; o‘quv vaqtini taqsimlash; bilimni tizimli shakllantirishdagi asosiy qoida, qonun va tushunchalar; o‘quv materialining mantiqiy tahlili.
“Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad, talabalarga tarmoq texnologiyalarining uslubiyati va texnologiyasi, tarmoqlarni boshqarish, tarmoqlar tuzilishini loyihalashtirish bo‘yicha nazariy-ilmiy bilimlar berishdan iborat. Uning vazifasi -talabalarda tarmoq texnologiyalarining zamonaviy usullarini, tarmoq texnologiyalari va uning dasturiy ta’minotini yaratish, tarmoqni boshqarish tizimlarida ishlash bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
“Tarmoq texnologiyalari” fani ma’ruzalarida ko‘proq zamonaviy nazariy ma’lumotlar berish, uning mazmunini boyitib turish talab etiladi.
O‘quv materiallarini tanlashda quyidagi mazmunda foydalanish mumkin: bo‘lajak mutahassis shaxsini har taraflama rivojlantirish; yuqori ilmiy va amaliyligi; murakkabligi jihatdan mutahassislarning haqiqiy o‘quv imkoniyatlariga mosligi; berilgan predmetni o‘rganishda mavjud belgilangan soat va vaqtga mos kelishi.
Axborotlashgan ta’lim jarayonining zamonaviy tendensiyasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyatda o‘qitishning an’anaviy modelidan elektron ta’limga o‘tish, so‘ngra esa “smart –inson”ning shaxsini shakllantirish va ta’lim oluvchida yangi bilimlarni generatsiya qilishga ijozat beruvchi samarali texnologiyalari mavjud, qaysiki qidirish, axborotni tahlil etish va innovatsiyalar yaratish uchun takomillashgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ega bo‘lgan SMART –ta’limga o‘tishni taqazo etadi.Xorijiy mamlakatlarda bugungi kunda SMART–texnologiyalar va IoT -“buyumlar interneti” ning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi haqida to‘xtalib o‘tamiz.Singapur politexnika universitetida “Aqlli kampus” mavjud bo‘lib, unga kirgan har bir talaba elektron konserj tomonidan identifikatsiya qilinadi. Elektron konserj –bu Internet xizmati tizimi bo‘lib, turli sohalar bo‘yicha tezkor ma’lumotlar olish, so‘rovlarga javoblar, navigatsiya va boshqa xizmatlarni bajaradi.
Avstraliyaning Jon Kertin nomidagi universitetida buyumlar internetidan foydalanishyo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim yordamida olingan ma’lumotlar asosida auditoriya va kutubxonalar bandligi, davomat hamda professor -o‘qituvchilar va talabalar kundalik hayoti to‘g‘risida xulosalar qilinadi.Malayziya texnologik universitetida esa sun’iy intellekt asosida ta’limning boshidan to oxiriga qadar talabalar haqida ma’lumotlar yig‘adi. Bunday kuzatuv yordamida ularning mashg‘ulotlardagi ishtiroki o‘rganiladi va bu ma’lumotlar keyingi qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Sun’iy intellekt orqali o‘tilgan dars mashg‘ulotlar tahlil etib, uni sifatini yanada oshirish yo‘llari haqida maslahatlar beradi.Yaponiyada o‘quvchilar virtual reallikning to‘la komplektidan foydalanib, “virtual maktab” ga qatnashishlari, smartfonlar uchun chiqarilgan maxsus dastur yordamida o‘qituvchilarni tinglashlari va testlar topshirishlari, alohida tashkil etilgan platforma orqali boshqa maktab o‘quvchilari bilan muloqot qilishlari mumkin. O‘quvchilarga alohida o‘qituvchilar biriktirilgan bo‘lib, o‘quvchilar ulardan o‘z savollariga telefon yoki elektron pochta orqali javob olishlari, zarurat tug‘ilganda o‘qituvchi bilan uchrashishlari ham mumkin.
AQSHningKaliforniya shtatiSan-Fransiskoshahridagi Sweet Rush tizimi (http://www.sweetrush.com/) elektron va mobil ta’lim uchun ta’lim echimlarini ishlab chiqadi va sinovdan o‘tkazadi. O‘qituvchi –yo‘riqchi rahbarligida real vaqt rejimida qayta muloqot qilish imkonini beradigan individual ta’lim olish mumkin. Kurs musobaqalio‘yinlar va audio -video animatsiyalar kabi vositalardan tashkil topgan bo‘lib, ular ishtirokchilarni ko‘plab jalb qilishga yordam beradi.Buyuk Britaniyaning Ueymut shahrida Magicard tizimi talabalar uchun turli xildagi smart kartalar ishlab chiqaradi. Ushbu kartalar IoT (Internet of things)[149] lar yordamida talabani autentifikatsiya qiluvchi nazorat tizimlariga ulanadi. IoT lar yordamida talabalar turli xil manbalarga (kurs ishlari, masofaviy ta’lim uchun elektron resurslar va boshqalarga kirishga vaulardan foydalanishga ruxsat oladilar, turli xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiradilar.Shunday qilib, “SMART–ta’lim” bo‘lajak mutaxassis shaxsi rivojlanishi imkoniyatlarini kengaytirib, ularda zarur bo‘ladigan ijodiy salohiyatini shakllantiradi. Bunda SMART–texnologiyalar va “buyumlar internet” (IoT) ta’limda o‘qitishning asosiy yordamchi vositalari bo‘lib hizmatqiladi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda SMART–texnologiyalar va IoT–buyumlar interneti vositalaridan ta’lim tizimida foydalanish bo‘yicha konsepsiya va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan aniq metodik tavsiyalar hali ishlab chiqilmagan.
|
| |