|
Xavfsizlik ma’muri (администратор безопасности, security administrator)
|
bet | 35/35 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 28,36 Kb. | | #293 |
Xavfsizlik ma’muri (администратор безопасности, security administrator) - ma’sul mansabdor shaxs. U o’rnatilgan ish maromi doirasida ikki davrda o’z vakolatlariga muvofiq belgilangan tartibda axborot bo’yicha ish olib boradi. Ya’ni, u ham axborot muhofazasi bilan muntazam shug’ullanadi, ham axborotlashtirish obekti (ma’lumotlarni uzatish tarmog’i) ni sanoat miqyosida ishga solish va uni ishlatish bosqichlari davrida zarur muhofaza darajasini ta’minlash bo’yicha ish olib boradi.
Xavfsizlik obekti (объект безопасности, security object) - tizimning passiv tizimlashgan tashkil qiluvchisi. Unga xavfsizlik uslubiyati qo’llaniladi.
Xost (Хост, Host) - maxsus Kompyuter yoki ularning guruhi bo’lib, Internetga to’g’ridan-to’g’ri ulanadi. Tarmoqdagi boshqa Kompyuterlarga o’z resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Xosting (Хостинг, Hosting) - mijozlarning Web-saytlarini Web-serverlarda joylashtirish va doimiy ravishda faoliyat yuritishini ta’minlash xizmati.
Yo’ldosh aloqa liniyasi (Спутниковая линия связи, Satellite communication line) - axborot manbalari sun’iy yo’ldosh orqali ulanish. Markazdan yiroqdagi, ya’ni kommunikatsion infratuzilmalar rivojlanmagan hududlarda foydalanish uchun qulay hisoblanadi.
Yordam liniyasi (Помощь-линия, Help-line) - telefon, kompьyuter tarmog’i yoki faks orqali beriladigan yordam, konsulьtatsiya.
Zahiraviy nusxalar (резервное копирование, backup procedure) - kompьyuter disklari, ma’lumotlar bazalari, web- serverlari mazmunidan davriy ravishda to’la yoki qisman nusxa ko’chirish. Bu axborot yo’qotishdan xalos bo’lishga yordam beradi. Zahiraviy nusxa ko’chirish operatsion tizim buyruqlari yordamida ham, buning uchun maxsus yaratilgan qurilmalardan foydalanib ham amalga oshiriladi. Zahiraviy nusxa ko’chirish paytida band disk makonini kamaytirish maqsadida, ma’lumotlarni zichlashtirish ham amalga oshiriladi.
|
| |