G L O S S A R I Y
Axborot infratuzilmasi - bu mamlakat axborot fazosining rivojlanishi va o‘zaro faoliyatini ta'minlovchi tizimchalar, tashkiliy tarkiblar tizimidir.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari - xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan ob'ektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o‘tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta'minlovchi sohalar majmuasi.Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. AKT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuter va dasturiy ta'minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan erkin foydalanishni ta'minlash, Internetning axborot resurslarini ta'minlash, shuningdek sanab o‘tilgan sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi rasmiy va norasmiy qoidalar kiradi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish – davlat tomonidan aholiga barcha hayot kechirish shart-sharoitlarini yaratish uchun maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimi.Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
| Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. |
Aholini ijtimoiy himoyalash – aholini bozor iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ta'sirini yumshatish.
Barqarorlik – narsa va hodisalarning amal qilishi va rivojlanishdagi o‘ziga xos muayyanlik holati.
Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilishi yoki hyech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqi hisoblanadi.
Global moliyaviy-iqtisodiy bozor – jahon mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo‘jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar.
Davlat byudjeti – davlat daromadlari va sarflarining moliyaviy rejasi.
Demokratik ong – kishilarning ozodlik, erkinlik, ijtimoiy adolat, fikrlar xilma-xilligi, oshkoralik va mulohazalar erkinligi haqidagi his-tuyg‘ulari, qarashlari, g‘oyalari, nazariyalarning majmuidir. Demokratik ong ham yangi hodisa, ammo chuqur tarixiy ildizlarga ega. Xalqning ozodlik, erkinlik, adolat, oshkoralik, mulohazalarining xilma-xilligi haqidagi o‘ziga xos intilishlari, qarashlari udumlari asosida bunday ongning tarixiy zaminlari bor.
Demokratik parlamentarizm – parlament faoliyatini demokratik tamoyillar asosida tashkil etish tushuniladi. Buning uchun parlament keng demokratik saylovlar asosida tashkil etilishi kerak.
Demokratik tamoyillar – xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning asosiy tamoyillaridir. Bular hokimiyat va boshqaruv organlari chiqargan qarorlardan xalqning xabardorligi;Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H. ushbu qarorlar bajarilishi ustidan xalqning nazorati, qonun va qarorlarni qabul qilishda xalqning ishtiroki tamoyilidir.
Demokratiya – «Demokratiya» so‘zi xalq hokimiyati degan ma'noni anglatadi. Bu hukumat shakli, hayot yo‘li, maqsad yoki ideal, ya'ni eng yuksak orzu va siyosiy falsafa. Bu termin hukumatning demokratik shakliga ega mamlakat uchun ham tegishlidir. Demokratiya (ya'ni hukumatning demokratik shakliga ega mamlakat) fuqarolari hukumat ishida bilvosita yoki bevosita qatnashadilar. Bilvosita demokratiyada – bu ko‘pincha «sof demokratiya» deb ham ataladi, kishilar o‘z jamoalari uchun zarur qonunlar ishlab chiqish maqsadida bir joyda uchrashadilar. Demokratiyaning asosiy xususiyatlari: barcha demokratik davlatlar uchun bir xildir. 1. Erkin saylovlar. 2. Siyosiy partiyalar mavjudligi. 3. Davlatning nazorat etilishi. 4. Konstitutsion hukumat. 5. Xususiy tashkilotlar.
Demokratiya shakllari – vakillik demokratiyasi – davlat va jamoat ishlarida vakillari orqali ishtirok etish. Bevosita demokratiya – har bir fuqaro davlatni boshqarishda shaxsan ishtirok etishi, qonun loyihalarida, referendum, fuqarolar yig‘inlarida yoki davlat organlariga takliflar kiritish.
Deputat maqomi - davlat vakillik hokimiyat organlari deputatlarining huquqiy maqomi bo‘lib, huquqiy normalar majmuasi bilan belgilanadi.
Deputatlik odobi - deputatlar parlamentda muomala qilish chog‘ida amal qilishi lozim bo‘lgan ma'naviy va axloqiy qoidalar yig‘indisi.
Zamonaviy demokratiya – vakillik demokratiyasi hisoblanadi. Ma'lumki katta jamoalarda, ya'ni shaharlarda, barcha xalqni bir joyga yig‘ib masala hal etishga imkon yo‘q. Shuning uchun shunday jamoalar fuqarolari qonunlari va boshqa masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda ular tomonidan ishtirok etish uchun o‘zlarining shaharlari yoki yurtlaridan bir guruhni saylaydilar. Fuqarolar tomonidan saylangan vakillar birlashmasi kengash (council), qonun chiqaruvchi hokimiyat (legistatura), parlament (parlament), yoki kongress (congres) kabi nomlar bilan ataladi.Qonun chiqaruvchi hokimiyat - hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyath. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi. Xalq tomonidan mustaqil tarzda saylangan vakillar orqali boshqariladigan xalq hokimiyati ba'zida respublika hukumati yoki demokratik respublika deb ataladi.Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Ijtimoiy adolat – jamiyat barqaror va to‘la qonli rivojlanishi uchun o‘ta zarur omildir. U birinchidan, shaxs, jamiyat, davlat aloqadorligida tenglik va o‘zaro hamkorlikni taqozo etadi. Ikkinchidan, mazkur tamoyil shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ne'matlardan bahramand bo‘lishda teng huquqli bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan mezonlar va kafolatlarning mavjudligini bildiradi. Ijtimoiy adolatni ta'minlash xar bir huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
Ijtimoiy soha ob'ektlari – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta'minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog‘liqni saqlash, maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy fikr – aholining muayyan guruhlari, qatlami, tabaqalarining voqyelikdagi turli hodisa va harakatlarga nisbatan baholovchi munosabatidir. Bunday baho ma'qullash, qoralash yoki betaraf pozitsiyada namoyon bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy hamkorlik – xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – mamlakat iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqyeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati bo‘lib, quyidagilar orqali belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy darajasi, ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifati, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, mutlaq va nisbiy ustunliklarning mavjudligi.Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini oladi.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari – insonga bekamu-ko‘st yashash imkoniyatlarini beruvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda o‘zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga rioya etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosidir.
Inson omili – amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jixatni o‘z ichiga oladi. Birinchi jihat O‘zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta'lim va sog‘liqni saqlash, nafaqa bilan ta'minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e'tiborini o‘zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o‘z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa'y-harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi.
Inson huquqlari – kishilarning yashash va faollashib borishi uchun ularga berilgan huquqlardir.
Institutsional siyosat - davlat tomonidan mulkchilik, mehnat, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa sohalarda yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish, eskilarini yo‘qotish, mavjudlarini transformatsiyalash bo‘yicha amalga oshiradigan chora-tadbirlar, hatti-harakatlar.
Iste'mol – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.
Iste'mol krediti – markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo‘llaniladigan pul siyosati dastagi. U banklar va boshqa maxsus kredit institutlari tomonidan aholining uzoq muddatli iste'mol tovarlarini sotib olish uchun beriladigan kredit.
Iste'mol tovarlari – inson ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan iste'mol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste'mol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar.
Ish bilan band bo‘lgan jami aholi – ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan qismi.
Ishlab chiqarish – ma'lum davrda alohida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi – ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta'minlovchi tarmoqlar majmui bo‘lib, o‘z ichiga temir va avtomobil yo‘llari, elektr, gaz va suv ta'minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo‘jaligi va boshqalarni oladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib; zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Ishsizlik – iqtisodiy jihatdan faol aholining bir qismi o‘z kuchini qo‘llay olmay «ortiqcha» bo‘lib, mehnat zaxirasi bo‘lib qolish hodisasi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Dastur «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Komil inson – ham milliy, ham bashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oya asosida tarbiyalangan shaxs.
Konstitutsion burch – O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, fuqarolar bajarishlari shart bo‘lgan majburiyatlardir.
Konstitutsion hukumat – demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjat–konstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta'minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tatbiq etilishini ham o‘zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta'minlaydi.
Qonun – oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazish talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub'ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan me'yoriy–huquqiy hujjat.
Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat'iy hukmron bo‘ladi. Ya'ni hyech kim, hyech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo‘ysunmasligi mumkin emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, hyech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K.
Qonunchilik – 1) davlat tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirishning asosiy usullaridan biri bo‘lib, davlat hukumati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) ijtimoiy munosabatlarni to‘la tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi yoki ijtimoiy munosabatlarning bir ko‘rinishi.
Qonunchilik palatasi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellikta deputatdan iborat.Deputat - (lot. deputatus - vakil) - . davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasida - xalqning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi vakolatli vakili. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma'naviyatga ega bo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy asosga ega bo‘ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari – mustahkam iqtisodiy asosga ega bo‘lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma'naviy–ma'rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o‘tish konsepsiyasi.Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
Kuchli jamiyat – mustahkam negizning barqarorligi ta'minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi – Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta'limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq kuchga kirgan. Mazkur Farmonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 sentyabrda PF-3661-son Farmoniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.
Modernizatsiya – ob'ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me'yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko‘rsatkichlariga moslashtirish.
Mustaqillik – (arabchadan - tobe emaslik, ixtiyori o‘zidalik, qaram emaslik) – erkin va ozod ravishda, boshqalarning rahbarligisiz ish yurita bilish. Mustaqillik barcha jabhalarda munosabatlarni me'yor-mezonga soladi, har qanday kamsitish, tobelikni inkor etadi. Mustaqillik – o‘zaro hurmat, bir-birlarini qadrlash, milliy va bashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish, keng dunyoqarash va erkin tafakkurga tayanib yashash, fikrlash, o‘z hayotini o‘zi tashkil etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari – davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma'lum qonunlar yoki me'yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi.
Ombudsman – inson huquqlarini himoya qiladigan maxsus tashkilot. U inson huquqlarini turli ma'muriy organlardan himoya qilishni maqsad qilib qo‘yadi.
Parlament – fransuzcha «parle» gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma'nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Partiya – so‘zi lotincha, «pars» – «qism», «guruh» so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, u yoki bu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, katlamlarning bir qismini, odatda ularning ilg‘or va eng faol qismini birlashtiradigan siyosiy tashkilotni anglatadi.
Proteksionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati, mamlakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman taqiqlanadi.
Referendum – lotincha so‘z bo‘lib, davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalarini xalq maslahatiga taqdim etish, umumxalq ovoziga qo‘yish degan ma'noni bildiradi.
Saylov tizimi – huquqiy me'yorlarda mustahkamlab qo‘yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan, vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik lavozimiga saylashni o‘tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir.
Saylov huquqi – ikki xil ma'noda ishlatiladi. Birinchisi, saylovni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlar yig‘indisidir; ikkinchi ma'nosi fuqarolarning saylov huquqi, ya'ni ovoz berish, saylanish, saylov davrida va boshqa tadbirlarda ishtirok etishdir.
Saylovlar – muhim demokratik institut bo‘lib, xalqning xohish-irodasini ifodalashning asosiy shakllaridan biridir. Xalqning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroki, asosan, saylovlar orqali amalga oshiriladi. Shu ma'noda, mamlakatning jahon maydonidagi obro‘-e'tibori, ko‘p jihatdan, saylov tizimining ochiqligi va demokratikligi bilan belgilanadi.
Samarali iqtisodiy siyosat – davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va o‘zaro uyg‘unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui.
Siyosiy partiya – ijtimoiy sinf, tabaqa va guruhlarning tub manfaatlarini o‘z faoliyatida ifoda etuvchi, ularni muayyan maqsad – manfaatlarini himoya qilish uchun kurashga qaratilgan siyosiy tashkilotdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi – qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati – O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – fuqarolik, jinoiy va ma'muriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat'iy va respublikaning barcha hududida bajarilishi majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi – xo‘jalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo‘lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. Bugungi kunda mazkur fondning jamg‘armasi 3,7 milliard dollarni tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati – Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta'minlanadigan ijtimoiy tuzum.
Fuqarolik jamiyati institutlari – jamiyatda qaror topgan nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ular muayyan ijtimoiy–iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy faoliyatni amalga oshiradilar.
Fuqarolik mas'uliyati – jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan yutuq va muvaffaqiyatiga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko‘paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.
Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o‘zlarining faoliyat maqsadlari yo‘nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqyelariga qarab, umuman xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar.
Shaxsni muntazam kamol toptirish – fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta'siri, balki shaxsning o‘z sa'y-xarakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi.
|