• Atamaning o‘zbyek tilida nomlanishi Atamaning ingliz tilida nomlanishi
  • Glossariy




    Download 105,5 Kb.
    Sana30.05.2024
    Hajmi105,5 Kb.
    #257212
    Bog'liq
    GLOSSARIY


    GLOSSARIY

    Temir yo’l transportida axborot tizimlarini loyihalash” fanidan
    GLOSSARIY

    Atamaning o‘zbyek tilida nomlanishi

    Atamaning ingliz tilida nomlanishi

    Atamaning rus tilida nomlanishi

    Atamaning ma’nosi

    Avtomatlashtirilgan axborot tizimi

    Automated information system

    Автоматизированная информационная система

    Bu axborotlarni kiritish, uzatish, saqlash, qayta ishlash va ko‘rsatishni ta’minlovchi texnik (apparat) va dasturiy vositalar, shuningdek, ular bilan birga ishlovchi iste’molchilar to‘plamidir.

    Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi

    Automated system under design

    Автоматизированная проектируемая система

    Bu injener-loyihalovchi, konstruktor, arixitektor, dizaynerlar funktsiyalarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizimdir. Bu tizimning asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi: injenerlik hisob-kitoblari, grafik hujjatlarni tuzish (chizmalar, sxemalar, planlar), loyihalash hujjatlarini yaratish, loyihalashtirilayotgan obyektlarni modellashtirish.

    Axboraviy jarayon

    Information process

    Информационный процесс

    Bu axborotni qabul qilish, saqlash, uzatish, o‘zgartirish va ko‘rsatish jarayonidir.

    Axborot

    Information

    Информация

    Bu insonning 5 ta sezgi organlari orqali oladigan, cheksiz xabarlar ichidan o‘zi uchun foydali qismini xotirada saqlab qoladigan qismidir.

    Axborot

    Information

    Информация

    Bu ma’lum bir ma’noga ega bo‘lgan faktlar, kontseptsiyalar, obyektlar, hodisalar va g‘oyalar haqidagi xabardir.

    Axborot texnologiyasi

    Information technology

    Информационная технология

    Bu axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, ko‘rsatish va foydalanish usul, uslub va yo‘llari tizimidir.

    Axborot tizimi

    Information system

    Информационная система

    Bu ma’lum bir maqsadga erishish uchun usullar, uslublar, yo‘llarning o‘zaro bog‘langan to‘plamidir.

    Axborot tizimlarini loyihalash

    Projection information systems

    Проектирование информационных систем

    Bu loyihalash obyekti kirish ma’lumotlarini o‘zgartirish jarayoni bo‘lib, unda axborot tizimlarini loyihalash GOST iga ko‘ra amalga oshiriladi.

    Axborotlashtirish infrastrukturasi

    Informatization infrastructure

    Инфраструктура информатизации

    Bu axborotlarni qabul qilish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va ko‘rsatishni ta’minlovchi texnik va dasturiy vositalar to‘plamidir.

    Axborot-qidiruv tizimi

    Information retrieval system

    Информационно-поисковая система

    Bu uzoq masofalarda, turli hisoblash tizimlarida, turli ma’lumotlar bazalarida joylashgan axborotlarni qidirishni maqsad qilib qo‘ygan tizimdir.

    CASE-vositalar

    CASE-facilities

    CASE-средства

    Bu axborot tizimlarini yaratish va kuzatib borish, shuningdek talab-nomalarni tahlil qilish va shakllantirish, amaliy dasturiy ta’minotni va ma’lumotlar bazasini loyihalash, kodni generatsiya qilish, testlash, hujjatlashtirish, sifatini ta’minlash va hokazo jarayonlarni o‘z ichiga olgan dasturiy vositalardir.

    Dialogli rejim

    Conversational mode

    Диалоговый режим

    Bu real vaqtda inson va axborotni qayta ishlash tizimi o‘rtasidagi muloqot rejimidir.

    Interaktiv rejim

    Interactive mode

    Интерактивный режим

    Bu aniq bir olingan boshqaruv mexanizmi va jarayon javob reaktsiyasini ko‘zda tutadigan, axborot tizimi tomonidan amalga oshirila-digan inson va axborotni qayta ishlash jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro aloqa rejimidir.

    Ishchi loyiha

    Working project

    Рабочий проект

    Bu belgilangan tartibda tasdiqlangan, texnik hujjatlar bo‘lib, unda umumiy tizim bo‘yicha aniqlashtirilgan ma’lumotlar va detallashti-rilgan loyiha yechimlari, masalalarni yechimlari bo‘yicha dastur va ko‘rsatmalar, shuningdek avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining aniqlashtirilgan iqtisodiy samara-dorligi va obyektni ishga tushirishga tayyorgarligi bo‘yicha aniqlashtirishgan tadbirlari ro‘yxati keltiriladi.

    Kaskadli model

    Cascade model

    Каскадный модель

    Bu ishni bajarish ketma-ketligi bo‘lib, unda barcha ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarga bo‘linadi va har bir bochqichdan keyingisiga o‘tish oldingi bosqich to‘liq bajarilganidan so‘nggina amalga oshiriladi. Har bir bosqich to‘lik hujjatlashtirishni ko‘zda tutadi.

    Kompyuterlar tarmog‘i

    Computer network

    Сеть компьютеров

    Bu territoriyalar bo‘yicha tarqatilgan ma’lu-motlarni qayta ishlash tizimlari, vositalari, aloqa tizimlari va ma’lumotlarni uzatish tizimlari bo‘lib, ular iste’molchilarga hisob-lash resurslariga uzoq masofadan turib kirish va bu resurslardan jamoa bo‘lib foydala-nishni ta’minlovchi o‘zaro bog‘langan tizimlar to‘plamidir.

    Loyiha

    Project

    Проект

    Bu belgilangan vaqt oralig‘ida aniq bir maqsadga erishish yo‘lida alohida tizimni o‘zgartirishga qilingan harakat natijasidir.

    Loyiha masshtabi

    Large-scale project

    Масштаб проект

    Bu byudjet o‘lchami va qatnashuvchilar soni bilan aniqlanadi.

    Loyiha sinfi

    Class project

    Класс проекта

    Bu loyihaning tarkibi va strukturasi bo‘yicha aniqlanadi.

    Loyiha tipi

    Project type

    Тип проекта

    Bu asosiy faoliyat sferalari bo‘yicha aniqlanib, ularda loyiha yaratish amalga oshiriladi.

    Loyihalash texnologiyasi

    Design technology

    Технология проектирования

    Bu loyihani bajarish jarayonida u yoki bu usul qo‘llash asosida reglamentlangan texnologik operatsiyalar ketma-ketligini ko‘zda tutadi.

    Ma’lumot

    Data

    Данный

    Bu avtomatik vositalar orqali qayta ishlash uchun yaroqli holdagi axborotning ko‘rinishidir.

    Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi

    Data processing system

    Система обработки данных

    Bu asosiy vazifasi, turli maqsadlarda va rejimlarda, ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan axborot tizimlarining bir sinfidir.

    Ma’lumotlarni uzatish tizimi

    Data transmission system

    Система передачи данных

    Bu aloqa kanallari yordamida uzoq masofada joylashgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari, shuningdek, alohida iste’molchilar ma’lumotlarini qayta ishlash tizimlari orasida ma’lumot almashtirishni ta’minlovchi appa-rat va dasturiy vositalar to‘plamidir.

    Ma’lumotlarni yig‘ish tizimi

    Data acquisition system

    Система сбора данных

    Bu turli manbalardan olinadigan va ulardan keyinchalik foydalanadigan ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish, uzatish va to‘plashni ta’minlovchi apparat va dasturiy vositalar to‘plamidir.

    Monoloyiha

    Monoproject

    Монопроект

    Bu alohida loyiha bo‘lib, u istalgan tipli, ko‘rinishli va masshtabli bo‘lishi mumkin.

    Multiloyiha

    Multiproject

    Мультипроект

    Bu kompleks loyiha bo‘lib, u bir qator monoloyihalardan iborat bo‘ladi va multiloyiha boshqaruvini talab qiladi.

    Obyektni o‘rganish

    Object inspection

    Обследование объекта

    Bu mavjud axborotni qayta ishlash tizimini o‘rganib chiqish va diagnostik tahlil qilish jarayonidir.

    Sintez

    Systhesis

    Синтез

    Bu tarkibiga kiruvchi elementlar orqali bir butun funktsional birlikni tashkil etish jarayoni deganidir.

    Spiralli model

    Spiral model

    Спиральный модель

    Bu axborot tizimlarini ishlab chiqishni iteratsiyali jarayoni bo‘lib, unda boshlang‘ich bosqichlar bo‘lmish, tahlil va loyihalash bosqichlarining ahamiyati kuchliroq bo‘ladi.

    Tahlil

    Analysis

    Анализ

    Bu berilgan tashqi xarakteristik belgilarga qarab tizimni (obyektni) mayda elementlarga (tizim qismchalariga) bo‘lish jarayonidir.

    Texnik topshiriq

    Technical task

    Техническое задание

    Bu avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish uchun zarur va tizim dastlabki iqtisodiy samaradorligidan iborat bo‘lgan tizimning maqsadi, unga qo‘yilgan talablari va asosiy boshlang‘ich ma’lumotlardan tashkil topgan hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, hujjatdir.

    Tizimni ishga tushirish

    System launch

    Запуск системы

    Bu hisob va tahlilga asoslangan mavjud tizimdan, ishchi loyihada ko‘zda tutilgan yangi tizimga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonidir. Ayrim masala va tizim qismlarini ishga tushirish barcha tizim uchun ishchi loyihani bajarish bilan bir qatorda amalga oshirilishi mumkin.

    Tizimning texnik loyihasi

    Technical system design

    Технический проект системы

    Bu belgilangan tartibda tasdiqlangan, umu-mtizim loyiha yechimlari, masalalarni yechish algoritmlari, shuningdek avtomat-lashtirilgan boshqaruv tizimi iqtisodiy samaradorligini baholash va obyektni ishga tushirishga tayyorlash tadbirlari ro‘yxatidan tashkil topgan texnik hujjatlar to‘plamidir.

    Tranzaktsiya

    Transaction

    Транзакция

    Bu birgina xabar bilan aniqlanuvchi hamda bir butun sifatida qaraluvchi operatsiyalar ketma-ketligidir.

    Download 105,5 Kb.




    Download 105,5 Kb.