• Qutblagichlar.
  • Mexanik to’lqinlarning qutblanishi




    Download 16,8 Kb.
    bet4/4
    Sana13.05.2024
    Hajmi16,8 Kb.
    #229301
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Golografiya haqida tushuncha

    Mexanik to’lqinlarning qutblanishi.
    Yorug’lik to’lqinlarining qutblanish mexanizmini yaxshiroq tasawur qilish uchun mexanik to’lqinlarning qutblanishi bilan tanishaylik.
    Bo’ylama to’lqinlar (tovush to’lqinlari) holida tebranish to’lqinning tarqalish yo’nalishi bilan mos keladi. Ko’ndalang to'lqinlar holida esa tebranish to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’ladi. Shu bilan birga to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’lgan yo’nalish cheksiz ko’pdir
    Qutblangan to’lqinni hosil qilish uchun quyidagicha tajriba o’tkazaylik. Yo’lida tirqishli to’siq qo’yilgan ko’ndalang to’lqin SO chilvir bo’ylab tarqalayotgan bo’lsin Garchi to’lqin harakat yo’nalishiga perpendikular bo’lgan barcha yo’nalishlarda tebranishi mumkin bo’lsada, AB tirqishga parallel bo’lgan to’lqinlargina to’siqdan o’tadi, boshqacha aytganda, shu yo’nalish bosh-qalariga nisbatan ustun bo’lib qoladi, ya'ni to’lqin qutblanadi. Agar to’siq va demak, tirqish ham 90° ga burilsa to’lqin tirqishdan o’tolmay so’nadi. Tajriba natijasi chilvirdagi to’lqin ko’ndalang, qutblanish esa ko’ndalang to’lqinlarga xos xususiyat ekanligini ko’rsatadi. Bo’ylama to’lqinlar tirqish qanday joylashishi-dan qafiy nazar, undan o’taveradi.
    Qutblagichlar. Endi yorug’lik to’lqinlarining tabiatini aniqlash uchun yuqorida keltirilganga o’xshash tajriba o’tkazib ko’raylik. Yorug’lik to’lqini holida «tirqishli to'siq» vazifasini nima bajarishi mumkin, degan savol tug’iladi. Bu vazifani ba'zi kristallar, masalan, turmalin o’tashi mumkin. Bunday kristallar anizotropik xususiyatlarga ega bo’lganliklari uchun, yorug’lik tebranishining ma'lum yo’nalishidagisini o’tkazib, boshqalarini o’tkazmaydi. Boshqacha aytganda, ular yorug’likni qutblash xususiyatiga ega va shuning uchun ularni qutblagichlar deyiladi.
    Yorug’lik to’lqinining qutblanish xususiyatiga egaligi uning ko’ndalang to’lqin ekanligini isbotlaydi.
    Download 16,8 Kb.
    1   2   3   4




    Download 16,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanik to’lqinlarning qutblanishi

    Download 16,8 Kb.