Tuzlash usulida go'shtni konservalash




Download 0,93 Mb.
bet6/6
Sana05.07.2024
Hajmi0,93 Mb.
#266643
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GOSHT MAXSULOTLARI

Tuzlash usulida go'shtni konservalash. Tuzlangan go'shtlar birinchidan uzoq vaqt saqlansa, ikkinchidan ayrim kasallik (brutselloz, finnoz, yuqumli sariq kasali) vaqtida zararsizlantirish maqsadida ko'riladigan tadbir hisoblanadi. Tuzlangan go'shtning hazm bo'lish xususiyati birmuncha qiyin bo'ladi..

Go'shtni, asosan, 3 xil (ho'l, quruq va aralash) usulda tuzlash qo'llaniladi. Ho'l usulda-asosan, cho'chqa go'shti tuzlanadi. Buning uchun qaynatilgan, tuzlilik darajasi 18,5-22% bo'lgan eritmadan unga 2-3,5% kaliy nitrit solingan holda foydalaniladi.


Quruq usul—asosan, cho'chqa go'shtining soni va to'sh qismlarini tuzlash uchun qo'llaniladi. Issiq vaqtlarda shu usulda qoramol va qo'y go'shtlari ham tuzlanadi. Tuzlash uchun tuzlar aralashmasi tayyorlanadi. Uning tarkibida osh tuzidan tashqari 1,5-2% kaliy nitrit va ba'zan 1,5-2,5% shakar bo'ladi. Agar shakar ko'proq qo'shilsa, tuz kamroq bo'ladi va aksincha, tuz aralashmasi go'shtning massasiga nisbatan 8-18% olinishi mumkin. Go'sht tuz aralashmasi bilan yaxshi ishqalanadi, keyin ular zich qilib taxlanadi.
Qoramol va qo'y go'shti aralash usulda kuchsiz va kuchli tuzlanadi. Kuchsiz tuzlashda 100 qism osh tuzi, 1,5 qism shakar va 0,8 qism kaliy nitrit olinib, tuzlar aralashmasi tayyorlanadi. Kuchli tuzlash uchun esa 100 qism osh tuziga bir qism nitrit olinadi. Tuzlangan go'shtlar biror tog'ora yoki yog'och idishlarga zich holda terib qo'yiladi. Kuchsiz tuzlashda tuz miqdori go'shtga nisbatan 6-7%, kuchli tuzlashda uning 10%iga teng bo'lishi tavsiya etiladi, 3-4 kundan so'ng tuzlangan go'shtdan sel (namakob) ajralib chiqadi. Shundan so'ng zichligi 15-18% li qilib tayyorlangan namakob quyiladi va uni 4-6°C haroratda 20-30 kun saqlash mumkin. Tuzlashdan oldin yirik suyaklar maydalanadi. Aralash usuldan barcha turdagi hayvon go'shtlarini tuzlash uchun foydalaniladi.
Download 0,93 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuzlash usulida go'shtni konservalash

Download 0,93 Mb.