|
Moslashtirish zanjirlarini hisoblash variantlari
|
bet | 8/9 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 335,49 Kb. | | #131459 |
Bog'liq 1 - Individual loyiha ishi. TopshiriqMoslashtirish zanjirlarini hisoblash variantlari
Amalda dastlabki berilganlar sifatida qanday ma’lumotlar ishlatilishiga bog‘liq ravishda G-simon MZ larni hisoblashning to‘rtta varianti ishlatilishi mumkin.
Birinchi variant. Rpar, Rkk, f berilgan. Bu hisoblash varianti bir faqat aktiv qarshilikni boshqasiga o‘zgartirish zaruratlarida qo‘llaniladi.
Bu holda hisoblash tartibi quyidagicha:
- asllik quyidagicha aniqlanadi:
; (7)
- ketma-ket reaktiv qarshilik quyidagicha aniqlanadi:
(8)
- parallel reaktiv qarshilik quyidagicha aniqlanadi:
(9)
- L va S qiymatlari quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:
(10)
Ikkinchi variant. Rpar, Xpar, fish berilgan. Bu variant kollektorli MZ larni hisoblashda uchraydi.
Hisoblash tartibi quyidagicha:
1.
2. (11)
3.
L va S qiymatlari (10) formulalar orqali aniqlanadi.
Uchinchi variant. Rkk, Xkk, fish berilgan. Bunday variant kirish MZlarni hisoblashda uchraydi.
Hisoblash tartibi quyidagicha:
1.
2. (5.12)
3.
L va S qiymatlari (10) formulalar orqali aniqlanadi.
O‘YuCh diapazoni tranzistorli QKda kollektor MZning qurilishiga misol
Dastlabki berilganlar:
- kollektor yuklamasining qarshiligi;
- yuklamaning berilgan qarshiligi;
- ishchi chastotada kollektor o‘tishi sig‘imining reaktiv qarshiligi;
- kollektor chiqishi induktivligining reaktiv qarshiligi;
- ishchi chastota (ω=2·3,14·900·106=5,65·109 Gs).
7-rasm. Kollektor MZning sxemasi
Rpar1=R1, Xpar1=XSK qabul qilamiz va quyida keltirilgan formulalardan foydalanib birinchi G-zvenoni hisoblaymiz:
;
;
.
Xkk1 qiymatni XLk qiymat bilan taqqoslaymiz. Agar XLk < Xkk1 bo‘lsa, u holda G-zvenoning ishlatilishi uchun qushimcha ketma-ket reaktivlikni kiritamiz:
.
Agar XLk > Xkk1 bo‘lsa, u holda fikran XLk reaktivlikni ikki Xkk1 va X1=XLk – Xkk1 reaktivliklarga bo‘lamiz. Ulardan birinchisi (Xkk1) birinchi moslashtiruvchi zvenoning ketma-ket tarmog‘ini tashkil etadi, ikkinchisi (X1) esa ikkinchi moslashtiruvchi zvenoga kiradi (ketma-ket tarmoq reaktiv qarshiligining qismi sifatida)
MZning ikkinchi zvenosi sifatida rasmda ko‘rsatilganidek ulangan yana bir G-zvenoni olamiz. Rpar=R2 i Rkk2=Rkk1 deb olamiz, bu zvenoni hisoblashni quyidagi formulalar bo‘yicha amalga oshiramiz:
;
;
.
Hisoblangan kollektorli MZning to‘liq sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan (amaliy ishlatishda XL.QO‘SH va Xkk2 induktiv qarshiliklar XL.qo‘sh+Xkk2 = X1 ga teng bittaga birlashtiriladi).
8-rasm. Kollektor MZning ekvivalent sxemasi
L va S qiymatlari quyidagi formulalar orqali aniqlanadi.
9-rasm. Kollektor MZning yakuniy sxemasi
Misol. Dastlabki berilganlar:
R1=Rk=Uk/Ik=71,3 Om;
Ryu=50 Om;
SK=7 pF;
LK=2 nGn;
fish=900 MGs;
XSk=1/(2πfCk)=1/(5,65∙109∙7∙10-12)= 25 Om;
XLk=2πfLk=5,65∙109∙2∙10-9=11,3 Om.
Birinchi G- zvenoni hisoblaymiz. Bunda Rpar1=Rk=71,3 Om va Xpar1=XSk=25 Om deb olamiz.
U holda
Q1=71,3/25=2,85;
Rkk1=71,3/(1+2,852)=7,8 Om;
Xkk1=7,8∙2,85=22,2 Om.
Agar Xkk1>XLk bo‘lsa, demak, G-zvenoning ishlatilishi uchun qo‘shimcha induktiv qarshilik ulanishi zarur:
XL.qo’sh= 22,2 - 11,3 =10,9 Om.
Ikkinchi G-zvenoni hisoblaymiz. Ryu>Rkk1 bo‘lganligi uchun Rpar2=Ryu=50 Om va Rkk2=Rkk1=7,8 Om deb olamiz. Keyin mos formulalar bo‘yicha hisoblashlar amalga oshiriladi:
Om;
Om.
Xkk2 va XL.qo’sh qarshiliklarni bitta qarshilikka birlashtiramiz:
XL=18,174+10,9=22,26≈29,074 Om.
L va Spar2 elementlarni hisoblaymiz:
L va Spar2 elementlar mos ravishda 5,2 nGn va 10 pf tanlanadi (10-rasm).
10-rasm. Kollektor MZning hisoblangan sxemasi
|
| |