Tranzistorli quvvat kuchaytirigichining tuzilish sxemasini tuzish va hisoblash




Download 335,49 Kb.
bet2/9
Sana07.01.2024
Hajmi335,49 Kb.
#131459
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 - Individual loyiha ishi. Topshiriq

1.2. Tranzistorli quvvat kuchaytirigichining tuzilish sxemasini tuzish va hisoblash




Tranzistorli quvvat kuchaytirigichining (TQK) tuzilish sxemasini tuzish va hisoblash uchun quyidagi dastlabki berilganlar zarur:


1) uzatkich yuklamaga berishi kerak bo‘lgan R1yu, quvvat;
2) ishchi chastotalar diapazoni;
3) yuklama turi va uning parametrlari;
4) ta’minot manbai kuchlanishi;
5) qo‘zg‘atkichning chiqish quvvati Rqo‘z.
Umumiy holda tranzistorli uzatkichning yuqori chastotali (YuCh) trakti 3­rasmda keltirilgan tuzilmaga ega bo‘ladi. Chiqish filtri yuqori garmonikalarning talab qilingan darajada so‘ndirilishini ta’minlaydi. Quvvatlarni qo‘shish cxemasi (QQS) va bo‘lish cxemasi (QBS) berilgan uzatkich quvvatini ta’minlash uchun agar bitta tranzistorning quvvati etarli bo‘lmasa bar necha tranzistorlarning quvvatlarini qo‘shish uchun zarur. Kollektor moslashtirish zanjiri (MZ) berilgan rejimda taranzistorlarni ishlashini ta’minlash uchun talab qilinadigan RK qarshilikka yuklama qarshiligini (masalan, QQS kirish qarshiligini) moslashtirish uchun zarur.
Kirish MZ tranzistorning kompleks kirish qarshiligini kuchaytirish kaskadi kirishining berilgan qarshiligiga o‘zgartiradi. Barcha funksional tugunlarda (MZ, QQS, QBS, filtrda) tranzistorlar vududga keltiradigan quvvatning bir qismi yo‘qotiladi, buni tranzistorlar quvvatini hisoblashda e’tiborga olish kerak. Zanjirdagi quvvatni yo‘qotilishini odatda uning foydali ish koeffitsienti xarakterlaydi. Tuzilish sxemasini hisoblashda tugunlarning foydali ish koeffitsientlarining quyidagi qiymatlarini olish mumkin:

  • Filtrning foydali ish koeffitsienti ηF= 0,85 ÷ 0,95,

  • QQS (QBS) foydali ish koeffitsienti ηQQQ= ηQTQ≈ 0,85 ÷ 0,95,

  • MZ foydali ish koeffitsienti ηMZ= 0,8 ÷ 0,95.

Bir necha tugunlar kaskadli ulanganida natijaviy foydali ish koeffitsienti alohida tugunlarnining foydali ish koeffitsientlarini ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Masalan, MZ, QQS va filtrdan iborat qurilmaning foydali ish koeffitsienti ηOK quyidagiga teng bo‘ladi:


 .


Tuzilish sxemasini tuzish chiqish (oxirgi) kaskadi tranzistorlari tanlanishiga bog‘liq R1OK quvvatni hisoblashdan boshlanadi:


 .


Keyin tranzistor turi tanlanadi, chiqish kaskadidagi tranzistorlar soni aniqlanadi, zarurat bo‘lganida ularning quvvatlarini birlashtirish usuli aniqlanadi. Berilgan chastotada KR quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti, shuningdek oxirgi kaskad qo‘zg‘atish quvvati aniqlanadi:






Keyin olingan ROK.kir qo‘zg‘atish quvvati bo‘yicha mos MZlarda (zarur hollarda QQS yoki QBSda) yo‘qotishlarni hisobga olib tranzistorlar quvvatlari aniqlanadi va oxiridan oldingi kaskadning tuzilmasi aniqlashtiriladi. O‘xshash tarzda qolgan kaskadlarni hisoblash o‘tkaziladi. QK tuzilish sxemasini hisoblash quyidagi shart bajarilganda tugatiladi:



Rkir.TQK ≤ Rqo‘z

bu erda Rchiq.TQQ- TQKning chiqish quvvati;
Rqo‘z – qo‘zg‘atkichning chiqish quvvati.
Agar qo‘zg‘atkich quvvati texnik talablarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda uni quyidagi chegaralarda olish mumkin


Rqo‘z ≈ 200 mVt.


Ko‘p hollarda bunday tarzda ishlab chiqilgan tuzilish sxemasi taxminiy hisoblanadi. Loyihalashtirish jarayonida u aniqlashtiriladi. Tuzilish sxemasida ishlatiladigan tranzistorlar turlari va ularning ulanishi usullari kirish va chiqish quvvatlari qiymatlari, kirish va qarshiliklari qiymatlari va boshqalarni ko‘rsatish tavsiya qilinadi.
Tuzilish sxemasi qancha batafsil tuzilsa, u shuncha uzatkichni loyihalashtirishda ko‘p yordam beradi.

Download 335,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 335,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tranzistorli quvvat kuchaytirigichining tuzilish sxemasini tuzish va hisoblash

Download 335,49 Kb.