|
Mavzu: №4 Hisoblash va almashtirish sxemalarini tuzish. Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 51,66 Kb. | | #106175 |
Bog'liq м4 (2)
Mavzu: № 4 Hisoblash va almashtirish sxemalarini tuzish.
Reja:
Hisoblash sxemasini asosiy elementlari.
Almashtirish sxemasini tuzish tartibi.
Nomli va nisbiy birliklarga aniq va takriban keltirishi.
Tayanch suzlar: Almashtirish sxemasi xakida tushincha nomli va nisbiy birliklarga aniq va takribiy keltirish.
Elektr sxemada qisqa tutashuv bo‘lganda O‘tkinchi jarayonining hisobini hisoblash sxemasini tuzishdan boshlash kerak.
Bu sxemaga O‘tkinchi jarayonida ishtirok etuvchi elementlar kirishi kerak. Hisoblash sistemasiga elektr manbalar (generatorlar, sinxron kompensatorlar, yirik sinxron va asinxron mator) va ularni qisqa tutashuvni nuqtasi bilan birlashtiruvchi elementlar transformatorlar, yirik sinxron va asinxron mator) va ularni qisqa tutashuv nuqtasi bilan birlashtiruvchi elementlar transformatorlar, xavo va kabel uzatish yullari, reaktorlar va x.k. kiritiladi.
Hisoblash sxemasida qisqa tutashuv hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqtalar belgilanadi. So‘ngra qisqa tutashuv belgilangan nuqta uchun almashtirilgan ekvivalent elektr sxema tuziladi.
Barcha magnitli (transformatorli) bog‘lanishlari elektr bog‘lanishlari bilan almashtirilgan, berilgan ma’lumotlari bo‘yicha hisoblash sxemasi bilan bir xil bo‘lgan elektr sxema almashtirilgan sxema deb ataladi.
Hisoblash sxemasining parametrlari nomlangan yoki nisbiy birliklarda ifodalanishi mumkin.
Almashtirish sxemasining parametrlari bir nechta usul bilan nomli yoki nisbiy birlikda aniqlash mumkin.
Nomlangan birliklar bilan xioblashda sxemaning hamma qarshiligi hamda ifodalanishi shart va bitta bazis kuchlanishga ya’ni urtacha kuchlanishga keltirilishi kerak. SHuni aytish kerakki agar manba bilan qisqa tutashuv nuqtasi orasida bir yoki bir nechta transformatsiyalash poganalari bo‘lsa ya’ni quyidagi hol uchun bazis kuchlanishga keltirish kerak.
Bazis kuchlanishi sifatida qisqa tutashuv sodir bo‘ladigan pogananing urtacha kuchlanishini qabul qilish kulay. Omda ifodalangan qarshilikni tanlangan bazis kuchlanishga keltirish quyidagi formula asosida bo‘ladi:
X1=(n1, n 2, n3, ……nk )2 x
Bunda n1, n2, n3, ……. nk – bazis kuchlanish poganasi bilan x qarshilikni bog‘laydigan transformatorlarning transformatsiyalash koeffitsientilari; transformatsiyalash koeffitsientlari kurilayot-gan qarshilik ulangan pogonaga, tanlangan bazis pogonadan kelayotgan yunalishda aniqlanadi. Har bir pogona uchun ma’lum urtacha kuchlanish qabul qilinganligi sababli, qarshiliklarni keltirish uchun foydalaniladigan transformatsiyalash koeffitsientlari ikkita pogonalarning urtacha kuchlanishlarining nisbatidan iborat bo‘ladi.
SHu sababli oralik transformatsiyalash koeffitsientlari qisqaradi va qarshiliklarni qayta hisoblash quyidagi formula asosida olib borilishi mumkin:
;
bunda x - kurilayotgan element ulangan pogonaning Uur dagi faza elementning indo‘qtiv qarshiligi, Om: x! – qabul qilingan bazis kuchlanish U ga keltirilgan shu element fazasiga to‘g‘ri keladigan indo‘qtiv qarshilik, Om.
Elektr zanjirida kuchlanish bir nechta ketma-ketlikda transformator yordamida bog‘langan bo‘lib transformatorlarni transformatsiyalash koeffitsientlari k1 k2…..kn.
Bu holda E.YU.K. (kuchlanish) tok va qarshiliklarning asosiy pogonaga keltirilgan ifodalardan topiladi.
E= (k1 k2…..kn.).E ;
U=( k1 k2…..kn.) U
Z= (k1 k2…..kn.)2 Z
Bu formulalarda transformatsiya koeffitsientlarining qiymati transformatorning asosiy pogona tarafidagi chulg‘am kuchlanishini keltiradigan element tomonidagi chulg‘am kuchlanishiga bo‘lgan nisbatiga teng, ya’ni:
………
Hisoblashlari soddalashtirish maqsadida hisoblash sxemasida har bir elektr pogona uchun shinalardagi uning xaqiqiy kuchlanishi uringa quyidagi jadval asosida urtacha kuchlanish Uur kV larda ko‘rsatiladi:
515; 340; 230; 154; 115; 37; 24; 20; 18; 15; 75; 13; 8; 105; 6,3; 3,15;
0,525; 0,4 kV.
Har bir elektr pogona uchun urtacha kuchlanish qabul qilinib, shu pogonaga ulangan hamma elementlarning nominal kuchlanishi uning urtacha kuchlanishiga teng deb hisoblanadi.
Bunday usul qo‘llanilganda transformator tizimining umumiy transformatsiya koeffitsienti chetdagi pogonalar kuchlanishlarning nisbatiga teng bo‘ladi:
k =k1 k2 k3……kn = ;
Bu holda E= E ; U= U;
I= ;
Z= ;
Nisbiy birliklarda hisoblash uchun asosiy pogona uchun bazis sharti qabul qilinadi. Ular asosida berilgan transformatsiya koeffitsientlarini hisobga olib, har kaysi pogona bazis shartlar topiladi:
yoki ;
Ushbu bazis qiymatlarga asoslanib E.YU.K. va qarshiliklarning nisbiy qiymatlari quyidagi formulalar bilan topiladi:
-E bilan x nomli birliklarda berilganda:
Bu erda Uurt – keltirilayotgan element joylashgan pogonaning bazis kuchlanishi;
-E*n va X*n berilganda E* =E*n : X* = .
|
| |