• E’tiboringiz uchun rahmat!
  • Gotika uslubi




    Download 4,14 Mb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi4,14 Mb.
    #142806
    Bog'liq
    gotika


    GOTIKA USLUBI
    XII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Yevropa davlatlari shaharlarida savdo va hunarmandchilik tez rivojlanadi. Shaharlar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayot markazlariga aylanadi. Buning natijasida arxitektura sohasida yangi uslub— gotika uslubi shakllanadi va rivojlanadi. Rim uslubining asosiy xususiyati ogʻir tosh konstruksiyalaridan iborat edi.
    Gotika uslubi esa yengil karkas konstruksiyalariga asoslangan. Yevropa davlatlarida shaharlar asosan savdo yoʻllari kesishgan joylarda shakllanadi. Savdo yoʻllari kesishgan joyda bozor maydoni hosil boʻladi. Bozor maydoniga yaqin joyda shahar asosiy ibodatxonasi va shahar hokimiyati binosi-ratusha quriladi. Devorlar bilan oʻralgan shahar hududining yeri juda qimmat va qadrli edi. Shuning uchun arxitektor va quruvchilar shaharda quriladigan imoratlarning tejamli va yengil qilib qurilishi usullari ustida ish оlib borishadi va natijada gotika karkas uslubi shakllanadi. Gotika uslubi shakllanishi sharqiy mamlakatlar arxitekturasi taʻsiri ostida amalga oshdi. Gotika uslubini yaratgan arxitektorlarning texnik yutuqlari, birinchi navbatda, bazilika turidagi ibodatxonalar qurilishida qoʻllanildi. Gotika karkas sistemasi nervyura, arkbutan va kontrforslardan iborat.
    Nervyura - bu bino yopilmasi qobiqlaridagi toshdan terilgan ravoq shaklidagi qovurgʻalar. Nervyuralar — yopilma qobiqlaridagi asosiy yuk koʻtaruvchi konstruktiv qism. Nervyuralarning ishlatilishi yopilma ogʻirligini kamaytirishga imkon yaratdi, chunki yopilma qobiqlarida avval nervyuralar ravoq shaklida terib chiqiladi va keyin havzalar yordamida qobiqning qolgan qismlari teriladi. Bino yopilmasi ogʻirligi nervyuralardan arkbutanlarga uzatiladi.
    Arkbutan — ogʻma turgan yarim ravoq shaklli konstruktiv element boʻlib, kuchlanishini nervyuralardan kontrforslarga uzatish uchun xizmat qiladi. Kontrforslar bino yopilmalaridan barcha kuchlanishni qabul qiluvchi ustunlardir. Kontrforslar qalinligi pastga qarab oʻsib boradi. Shunday qilib, gotika uslubida qurilgan binolarda nervyura, arkbutan va kontrforslardan tashkil topgan karkas bino mustahkamligi va turgʻunligini taʻminlaydi. Gotika uslubidagi binolar yopilmasini bajarishda yogʻoch fermalardan keng foydalanilgan. Gotika uslubining nazariy asoslari dominikanlik rohib Vinsent de Bovening "Buyuk oyna" deb nomlangan asarida oʻz aksini topgan. Muallifning 83 ta kitobi 3 jildlik asarlar toʻplamida jamlangan boʻlib, arxitekturaviy va qurilish faoliyatining barcha sohalari yoritilgan. Gotika arxitekturasida bino va inshootlar qurilishi uchun oldindan loyiha tayyorlangan va barcha konstruktiv qisimlarning hisob-kitoblari bajarilgan boʻladi. Gotika arxitekturasida turar-joy imoratlari qurilishida yogʻoch karkasdan iborat faxverk uylari keng tarqaladi.
    Faxverk uylarida ustunlar va boshqa yuk koʻtaruvchi qismlar yogʻochdan tayyorlanib, ularning oraligʻi gʻisht va toshlar bilan toʻldirilgan boʻladi. Gotika arxitekturasidagi karkas sistemasi oʻzining vertikal yoʻnalishida rivojlangan kompozitsion tuzilishi bilan ajralib turadi va bu konstruktiv badiiy ifodalanish vositasiga aylanadi. Gotikadagi bazilika turidagi ibodatxonalar konstruktiv tuzilishiga mos ravishda binoning ichki fazoviy tuzilishi va bezatilishida ham oʻziga xos xususiyatlar hosil boʻladi. Masalan, markaziy nervyura uch qavatli ravoqli arkadadan, ikkinchi qavat triforiy boʻlimidan va uchinchi qavat markaziy neryuraga yorugʻlik beradigan derazalardan tashkil topgan. Asosiy ustunlardan ingichkaroq ustunchalar ajraladi va ular yopilma qobiqning nervyuralariga oʻxshab ketadi.Karkas sistemasidan foydalanish devorlarni yengil qilib ishlash va ulardagi derazalar sonini koʻpaytirishga imkon yaratadi. Natijada ibodatxonalar ichki fazosi yaxshi yoritiladi. Derazalar baland ravoqli shaklda bajarilib, vitrajlar bilan toʻldiriladi. Turli ranglarda bajarilgan vitrajlardan oʻtadigan yorugʻlik nurlari bino interyerlarida sirli muhit yaratishga xizmat qiladi. Binolarning tashqi koʻrinishlarida ham ularning konstruktiv qismlari (nervyuralar, transept, arkbutan, kontrfors ravoqli qobiqlar) kompozitsion elementlar sifatida badiiy ifodalanish vositalariga aylanadi.
    Gotika uslubidagi eng birinchi bino — bu Angliyaning Derxem shahrida (1093—1140)-yillarda qurilgan ibodatxona. Uch qavatdan iborat bu binoda birinchi marta gotika karkasi elementlari sifatida — uchli qobiqlardagi nervyuralar va ulardan kuchlanishni qabul qiluvchi arkbutan va kontforslar ishlatilgan. Ammo, gotika uslubining gullab-yashnashi birinchi navbatda Fransiya arxitekturasi bilan bogʻliq. Gotika uslubidagi eng mashhur binolardan biri - bu Parij shahridagi Notr-Dam ibodatxonasidir. Bu bino qurilishi 1163-yilda boshlanib, XIV asrning oʻrtalarida tugallangan. Beshta minoradan iborat ibodatxona uzunligi 129 metr, markaziy qisimdagi minora balandligi 69 metrni tashkil qiladli. Gotika uslubining xususiyatlari binoning tashqi koʻrinishi va ichki tuzilishida yaqqol namoyon boʻladi. Binoning asosiy gʻarbiy tarzi(fasadi) uch qavatli boʻlinishga ega boʻlib; birinchi qavatda perspektiv turʻda ishlangan uchinchi minoraga kiruvchi uch kirish peshtoqi; ikkinchi qavatda ravoqli shaklda ishlangan derazalar va markaziy minoraning aylana derazasi va uchinchi qavat ravoqli tokchalardan tashkil topgan.
    Boltiqboʻyi davlatlarida ham gotika uslubi keng tarqaladi va rivojlanadi. Bu davlatlarda gotika uslubi asosan binolarning kompozitsion tuzilishida vertikal yoʻnaltirilgan uchlik minoralar qoʻllanilishi va gotika karkas elementlaridan ustalik bilan foydalanishda namoyon boʻladi. Masalan, Riga shahrida XIV - XVI asrlarda qurilgan Avliyo Ioann cherkovi, XIII - XV asrlarda qurilgan Avliyo Yakov cherkovi va ХIII - XVI asrlarda qurilgan Domskiy sobori. Vilnyus shahrida qurilishi 1584-yilda tugallangan. Avliyo Anna kosteli oʻzining nafis qilib ishlangan bosh fasadidagi minoralari bilan ajralib turadi. Tallin shahrida XIII - XV asrlarda qurilgan Avliyo Olay ibodatxonasi Boltiq boʻyi davlatlarida gotika uslubidagi eng baland bino boʻlib, uning balandligi 123,7 metrni tashkil qiladi.
    E’tiboringiz uchun rahmat!
    Download 4,14 Mb.




    Download 4,14 Mb.