• «FACEBOOK»NING BIRINCHI YUZI
  • OAVlar ham yoza boshlaydi. Natijada Markka «Microsoft» vakillari




    Download 0,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana22.02.2024
    Hajmi0,69 Mb.
    #160896
    1   2   3   4
    Bog'liq
    mark zuckerberg-compressed

    OAVlar ham yoza boshlaydi. Natijada Markka «Microsoft» vakillari
    qo‘ng‘iroq qilib, mazkur loyihani salkam bir million dollarga sotish
    taklifini bildiradi. Bunga qo‘shimcha ravishda kompaniya Sukerberg
    va Di Anjeloni uch yilga shartnoma asosida ishga taklif qiladi, ammo
    ular o‘sha vaqtda kollejga kirish orzusida yurganliklari uchun rad
    javobini berishadi.
    «Synapce» sayti hozirda ishlamaydi, biroq «Microsoft» («Apple» bilan
    birga) «Facebook»da o‘z sahifalarini ochgan yirik kompaniyalardan
    hisoblanishadi.


    «FACEBOOK»NING BIRINCHI YUZI
    2004 yilda, sayt o‘z ishini endi boshlagan
    vaqtlarda ijtimoiy tarmoqning
    asoschilaridan biri Endryu MakKollum
    «Facebook»ning ilk logotipini chizgan.
    Unda o‘z nomidan tashqari shaxsi ancha
    vaqtga qadar sirligicha qolgan
    erkakning ham surati bo‘lgan.Devid
    Kirpatrikning 2010 yilda chiqqan
    «Facebook» effekti» nomli kitobi ushbu
    masalaga oydinlik kiritdi. Suratdagi
    erkak dunyoga mashhur aktyor Al
    Pachino bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoq yuzi tez
    orada olib tashlangan.


    «Facebook»ning dastlabki to‘laqonli ofisi 2005 yilda Palo-Altoda ochilgan. Mazkur
    shaharcha startaplar vatani hisoblanadi. Masalan, dunyoga taniqli HP
    kompyuterlar kompaniyasi ham 1939 yili aynan shu yerda paydo bo‘lgan. Hyulett
    va Pakkard ismli do‘stlar o‘zlarining garajida barcha ishni noldan boshlashgan.
    1998 yilda esa shu yerda Larri Peyj va Sergey Brin «Google»ni «kashf qilishgan».
    Avvaliga Sukerberg va uning jamoasi besh kishiga mo‘ljallangan uyni ijaraga
    oladi. Bu yerda ular nafaqat ishlardi, balki yashagan ham.
    Ular uyning devorlarini Devid Chou ismli graffiti-rassomning ishlari bilan
    bezashga qaror qilishadi. U «Jaz-Z» va «Linkin Park» bilan birgalikdagi «Sollicion
    Source» albomining muqovasi sabab mashhurlikka erishgan.«Facebook»
    prezidenti Shon Parker esa Chou ijodining muxlisi bo‘lgan. Chouning ishi 60 ming
    dollarga baholangan. Biroq oson yo‘ldan yurishni yomon ko‘radigan Parker
    Chouga pul o‘rniga xuddi shuncha miqdorga teng «ijtimoiy tarmoq» aksiyasini
    taklif qilgan. Rassom rozi bo‘lgan va «Facebook» IPO (qimmatli qog‘ozlar
    bozori)ga chiqqanida Chou 200 million dollarni qo‘lga kiritgan.

    Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OAVlar ham yoza boshlaydi. Natijada Markka «Microsoft» vakillari

    Download 0,69 Mb.
    Pdf ko'rish