|
Gul bosish usullari reja: To’qimachilik materiallariga gul bosishning asosiy masalalari. Gul bosish turlari va usullari
|
bet | 3/4 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 29,88 Kb. | | #101507 |
Bog'liq 5-Ma\'ruza To’qimachilik materiallariga yassi va silindrik shablonli mashinalarda gul bosish. Amalda turli to’qima mahsulotlarga asosan naqshband valli va to’r qolipli mashinalarda gul bosiladi. To’r qolipli mashinalar o’z navbatida ikki turli bo’ladi: yassi va silindrik to’r qolipli. Yassi qolip to’g’ri to’rtburchakli rama bo’lib, unga yuza birligida ma’lum sondagi teshikchali kapron to’r tarang tortilgan. Rama o’lchami mato va gul rapporti asosida tanlanadi. Kapron to’r yuzasining gul tushirmaydigan yuzasi bo’yoq o’tkazmaydigan lok plyonka bilan qoplanadi. Ramaning soni mato yuzasiga tushiriladigan gul ranglariga bog’liq holda 1 dan to 8 tagacha bo’lib, ular gul bosish stoli bo’lib hizmat qiluvchi tutash konveer lenta ustiga qoliplar mahkamlagich qurilmaga joylashtiriladilar. Rulondan mato yo’naltiruvchi roliklar orqali o’tib, yuzasiga yelim surtilgan konveer yuzasiga yopishadi. Konveer lenta (8-15 m) rezinalangan ko’p qavatli matodir. Bo’yoqlar quyilgan to’r qoliplarga mato yuzasi tushadi, ular ichiga joylashgan raklyalar harakatga keladi, bo’yoq to’r qolipning ochiq yuzasidan matoga gul holida tushiriladi. Raklya rezina yoki po’lat plastina, ayrim hollarda metall tayoqchalar kabi bo’ladi. Barcha qoliplar ko’tariladi konveer bilan mato bir rapport masofaga siljiydi. Gulning barcha rangli qismlari matoga tushirilgach u quritish mashinasiga yo’naltiriladi, quritilgan mato taxlagich yordamida aravachaga joylashtiriladi. Konveer lenta ostiga yuvish mashinalari joylashgan. Yassi qolipli mashinalar turli firmalar tomonidan chiqariladi: “Mekkanotessile” (Italiya), “Buzer” (Shveysariya), “Redjmani” (Italiya) va boshqalar. Bu mashinalarning ishlash prinsipi bir xil, bir-biridan ish unumdorligi, raklya qurilmasi, qoliplar soni, raklyaning harakat yo’nalishi (arqoq yoki tanda iplar yo’nalishi bo’yicha) bilan farqlanadi. Yassi qolipli gul bosish mashinalarning afzalliklari quyidagicha:
1. Qoliplar sonini o’zgarishi ish unumdorligiga salbiy ta’sir qilmaydi;
2. Qoliplar tayyorlash naqshband metall val tayyorlashdan arzon;
3. Gullarni tez o’zgartirish imkonini beradi;
4. Yo’l-yo’l gullardan tashqari barcha gullarni tushirish mumkin;
5. Mato deformatsiyaga uchramaydi.
Kamchiligi mashinaning ish unumdorligi past (4-16 m/min). Bu kamchilikdan qutulish maqsadida mayda teshtikchali nikel silindrik shablonlar yaratiladi. Silindrik to’r qolipli mashinalar bir biri bilan qoliplar joylanishi bilan (konveer stol ustiga yoki gruzovik atrofiga) raklya apparati va quritish mashinasiga qarab farqlanadi. Afzalliklari: mato fizik qurilmasini saqlagan holda ravshan gullar hosil qilishi mumkin; ish unumdorligi yuqori (o’rtacha tezlik 45-60 m/min); bo’yoq surilib ketmaydi; silindrik qolipni konstruksiyasi oddiy, uni tayyorlash oson; turli- tuman mahsulotlarga gul tushirish imkoni bor (gilamlar, mato, trikotaj, qog’oz).
Silindrik qoliplari gul bosish yassi konveer stol ustiga joylashgan mashinaga mato kiritish qurilma orqali rulondan yoyish mashina yordamida bo’shatilgan mato gul bosish yuzasiga yelim surtilgan konveerga yopishadi. Silindrik qoliplar gul bosish stoliga ular ichiga joylashgan raklyalar bosimi ostida qisiladi va elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Qoliplarga bo’yoq avtomatik usulda raklya qurilmasidagi teshikchali trubaga beriladi. Gul bosilgan mato quritish mashinaga o’tadi konveer esa yuvish mashina yordamida yuviladi va yana gul bosish stoliga ko’tariladi.
Silindrik qoliplarning raklya qurilmasi mashina markasiga qarab turli tuman bo’ladi. Gul bosish mashina to’xtagan paytda konveer stol pastga tushiriladi va matoga tegmaydi. Bu esa qolip teshikchalaridan bo’yoqning o’z-o’zidan oqib chiqib mato yuzasiga surkalishi oldini oladi. Gul bosish boshlanganda konveer stol ish holatiga o’tib, qoliplarga yopishadi, raklya qurilmadagi trubaga yon tomondan o’lchagich nasos yordamida bo’yoq yuboriladi. Konveer harakatga keladi, silindrik qoliplar mato yo’nalishi bo’yicha aylana boshlaydi.
Rulondan yoyilgan mato tarang tortish, to’g’rilash va markazlash qurilmalar orqali mashinaning gul bosish qismiga o’tadi. Gul bosilgan mato halqasimon harakatlanuvchi chexol ustida ko’p seksiyali (4÷8 seksiya) soploli quritish mashinada quritiladi, kerak bo’lsa termoishlov berish kamerasidan o’tkaziladi. Termokamerada mato ikki tomonlama qaynoq, sopolli qurilma yordamida haydalgan havo ta’siriga uchraydi. Bu kamera yuqorisidagi roliklar elektrodvigatel yordamida harakatlantiriladi. Quritish kameradagi havo harorati 120-1500C, termokamerada esa 160-2200C ni tashkil qiladi. Bunday sharoitda bo’yovchi modda quyultma plyonkasidan ajralib tola ichiga diffuziyalanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gul bosish usullari reja: To’qimachilik materiallariga gul bosishning asosiy masalalari. Gul bosish turlari va usullari
|