Gul bosish usullari reja: To’qimachilik materiallariga gul bosishning asosiy masalalari. Gul bosish turlari va usullari




Download 29,88 Kb.
bet4/4
Sana19.11.2023
Hajmi29,88 Kb.
#101507
1   2   3   4
Bog'liq
5-Ma\'ruza

To’qimachilik materiallariga naqshband metall valli gul bosish mashinalarida gul bosish. Naqshband metall valli mashinalarda asosan ip gazlamalarga va qisman sintetik matolarga gul tushiriladi. Ular yuqori unumdor, uzoqqa chidaydigan murakkab, ko’p rangli aniq gullar tushira olish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Kamchiliklari: o’lchami katta, og’ir, yuqori texnik murakkablikka ega, ko’p energiya talab qiladi; mato yuzasi qattiq eziladi, naqshband vallarni tayyorlash sermashaqatli; bir guldan ikkinchisiga o’tish sermehnatli va ko’p vaqt talab qiladi, shu sababli foydali ishlash vaqti kichik.
Ip gazlamalarni pardozlash korxonalarida gul bosish uchun Chexiyaning “Eliteks” birlashmasida chiqariladigan CHCHZO tipdagi mashinalar ko’proq ishlatiladi. Bu mashinalar 4-, 6-, 8- va 10-valli, ishchi eni (gruzovik uchun 1100... 1600 mm) gacha bo’lgan holda chiqariladi. Naqshband gul bosish vallari gruzovik atrofiga maxsus qurilmalar yordamida mahkam qisib qo’yiladi. Gruzovikning tashqi yuzasidagi qayishqoq qoplamalarda gul bosilganda naqshlar chuqurchalaridan bo’yoqni matoga to’la va ravon o’tish imkoniyatini beradi. Gul bosish vali bu yuzasiga mis silindr kiydirilgan po’lat o’q (shpindel)dan iborat bo’lib yuzasiga turli usullar yordamida o’yma naqsh tushiriladi. Bo’yoq vannadan shchyotka yordamida naqshband val yuzasiga surtiladi va o’tkir qilib charxlangan yupqa po’lat pichoq - raklya bilan sidirib olinadi. Shundan so’ng bo’yoq faqat naqsh o’ymalarida qoladi. Gul bosish valining raklyaga qarama-qarshi tomonida, uning aylanishiga teskari qilib o’rnatilgan latun plastina- kontrraklya naqshli yuzani momiqchalar va bo’yoqdan tozalaydi. Gul bosiladigan mato mashinaga kirishdan oldin chexolga, u esa o’z navbatida kirzaga yotqiziladi. Chexol ko’p valli va gruntli gul, ayniqsa, nafis matolarga tushirilganda ishlatiladi, u bo’yoq ortiqchasini o’ziga shimib olib gulni surkalib ketishdan va kirzani ifloslanishidan saqlaydi. Ayrim hollarda chexolsiz ishlash ham mumkin, bunda kirza lapingni ifloslanishdan saqlaydi, gul bosishni va mato harakatlanishini osonlashtiradi, uni o’ta tarang tortilishdan saqlaydi.
Silindrik metall valli mashinalar bilan ishlashda eng murakkab ishlardan biri bu naqshband vallar tayyorlashdir. Gul bosish valining o’ta silliqlangan silindrik yuzasiga naqsh tushirish elementlari joylashtiriladi. Naqsh elementlari yumaloq yoki chiziqchalik (ko’proq uchraydi) sistemasidan iborat bo’lib, ular gul tushiriladigan yuzani egallaydilar. Yuza birligidagi o’ymalar soni gul maydoniga bog’liq holda 1 sm da 11 dan 32 gacha bo’ladi, chuqurligi 0,05 dan 0,3 mm gacha, hosil qilish burchagi 30÷350 ni tashkil qiladi va o’ymalar ko’rsatgichi deb ataladi. O’ymalar ko’rsatgichlari bo’yoq qovushqoqligi, matoning qalinligi va zichligi, tushirilayotgan gul tabiatiga bog’liq bo’ladi.
Download 29,88 Kb.
1   2   3   4




Download 29,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gul bosish usullari reja: To’qimachilik materiallariga gul bosishning asosiy masalalari. Gul bosish turlari va usullari

Download 29,88 Kb.