|
Guruh: 043-21-guruh Tayyorladi
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 36,08 Kb. | | #247794 |
Bog'liq Rajapbayev N. Ma\'lumotlar bazasi MI
Muhammaad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnalogiyalar Universiteti
Ma’lumotlar bazasi
Mavzu:Ma’lumotlar bazasini shakillantirishda texnalogiyalar perspektivalari.
Guruh: 043-21-guruh
Tayyorladi: Rajapbayev Nodirbek
O’qituvchi: Begmatova Z. Z.
Tashkent-2023
Mavzu:Ma’lumotlar bazasini shakillantirishda texnalogiyalar perspektivalari.
Reja:
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.
Ma’lumotlar bazasining modellari turlari.
Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi
MBBT funksional imkoniyatlari.
Kirish
Hozirgi kunda inson xayotida MBda kеrakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muxim rol o’ynaydi. Sababi jamiyat taraqqiyotining qaysi jabxasiga nazar solmaylik o`zimizga kеrakli ma'lumotlarni olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MB ni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Ma'lumki, MB tushunchasi fanga kirib kеlgunga qadar, ma'lumotlardan turli ko’rinnshda fondalanish juda qiyin edi. Dastur tzuvchilar ma'lumotlarni shunday tashkil qilar edilarki u faqat karalayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi.
Har bir yangi masalani xal qilishda Ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu xol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Biz foydalanadigan axborot hajmi kattalashib borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi. Savol kelib chiqishi tabiiyki, qanday qilib internet tarmog’idagi qidiruv saytlari biz qidirgan axborotni sekundlar ichida minglab muqobillari bilan birga topib beradi? Qanday qilib normativ-huquqiy hujjatlar to`plamidan iborat elektron axborot tizimlari bizning so`rovga mos hujjatlarni bir lahzada topib beradi? Javob oddiy, bularning hammasi berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (keyingi o`rinlarda BBBT) orqali amalga oshiriladi. BBBT uchun ko`p dasturiy ta‟minotlar ishlab chiqilgan, misol uchun SQL Server, Oracle, MySQL, MS Access va h.k
Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi.
Bu maqolada ma’lumotlar bazasiga oid juda kerakli va ko‘pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT).
Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi.
Bu maqolada ma’lumotlar bazasiga oid juda kerakli va ko‘pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT).
Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi:
So‘rov berish:
SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi
natija olish:
Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob
Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
— Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;
Hulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT hisoblanadi.
Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma‘lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma‘lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratilgan holda qaraydi. 8 Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma‘lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma‘lumotlar ustida ish yuritish mumkin. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, Vizual FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. Ma‟lumotlar modellari Ma‟lumotlarning modeli - bu ma‘lumotlar o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Ma‘lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismlarni o‘z ichiga oladi: 1.Ma‘lumotlar tuzilmasi. 2.Ma‘lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar. 3.YAxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. MBni tuzishda ma‘lumotlar modeli bir yoki bir necha turidagi obektlarni o‘z ichiga olish va ular o‘rtasida aloqalar o‘rnatish imkonini yaratadi. Mashina muhitidagi ma‘lumotlarning murakkabroq modellari (fayl modeliga nisbatan) tarmoqli va iyerarxik modellar bo‘lib hisoblanadi. Bu modellar ularning o‘zlariga xos turdagi ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi. MBBTda ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma‘lumotlarning tarmoqli yoki iyerarxik modeliga mos holda ko‘rsatiladi. Bunday model o‘zaro bog‘lik ob‘ektlarning majmui bo‘lib ikki ob‘ektning aloqasini va ularning bir-biriga qaramligini aks ettiradi. Iyerarxik model. Ikki xildagi ob‘ektlar o‘rtasidagi aloqalar, ularning nusxalari o‘rtasidagi qat‘iy iyerarxik munosabatlar bilan aniqlanib, ular asosiy va tobe yozuvlar to‘plamidan iboratdir.
Tarmoqli model. Turli predmet sohalari uchun ma‘lumotlarning tarmoqli modeli iyerarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko‘plab predmet sohalarining malumotlari o‘rtasidagi aloqalar tarmoqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tarmoqi modellar, ma‘lumotlarning iyerarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi. Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar tashkil topgan, ya‘ni yanada aniqrog‘i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi har bir turdagi nusxalar to‘plamuni tashkil qiladi.
Relyatsion modeli. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli birinchi bor 1970 yilda ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilishga xizmat qiladi. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba‘zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. CHunki jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.Sattorov. Ma’lumotlar bazasini boshkarish sistemasi Access (Windows 9x/2006) T.2006 y.
2. V.Valiev Kompyuternie seti. Moskva 2004 "Kompyuternaya literatura".
3. V.G.Kuz’menko. Bazi dannix v VISUAL BASIC i VBA. Moskva 2004 “Binom”.
4. I. G. Zaxarova. Informasionnie texnologii v obrazovanii m-2003 “Akademiya”.
5. E.V. Fufaev, D. E. Fufaev. Bazi dannix. M-2005 “Akademiya” Kirillov V.V.
|
| |