|
Guruh Solijonov Mirjalol
|
bet | 1/5 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #131111 |
Bog'liq MIRJALOL AKT SLAYD 23.132-guruh Solijonov Mirjalol Mavzu :Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash texnologiyasi Reja: Reja: 1. Bank axborot tizimlari. 2. Banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi 3. Bank xizmatlari orqali axoliga sifatli xizmat ko`rsatish usullari
Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tushunchasi. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan moliyaviy institutdir. O`zbеkiston Rеspublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos kеluvchi, rivojlangan milliy krеdit tizimiga ega bo`lish, xo`jaliklar va aholining bo`sh turgan mablag`larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishish. Bank axborot tizimi -moliyalashtirish va kreditlashning belgilangan shartlariga muvofiq nazorat qilinadigan resurslarni o'zlashtirish, qaytarish va muvozanatlash vositasi bo'lgan yagona dasturiy-texnologik kompleks hisoblanadi. Bank axborot texnologiyasi - hisoblash texnikasidan foydalangan holda boshqaruv qarorini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishni ta'minlash maqsadida ma'lumotlarni to'plash, ro'yxatga olish, uzatish, saqlash va qayta ishlash usullari asosida bank axborotlarini qayta ishlash jarayoniga aytiladi. Mujassamlashgan bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari mablag’ kiritish va kredit berishning berilgan shartlari bo’yicha nazorat qilinadigan mablag’larni o’zlashtirilish, qaytarilish va muvofiqlashtirilishni jadallashtirish vositasi bo’lgan yagona dasturiy texnologik majmuadan iborat bo’ladi.
Mijozlar o‘z pul mablag‘larini bankka ishonib topshirar ekan bankka quyidagi asosiy talablarni qo‘yishlari mumkin: - Pul mablag‘larini ro‘yxatga kiritish va bankda bo‘lgan davrda ulardan hisobot olib turish. - Pul mablag‘larini saqlash javobgarligini ta'minlanishini talab qilish. - Pul mablag‘lari holati va ulardan foydalanishda olib borilayotgan moliya-pul operatsiyalariga oid axborotlar konfedinsialligini ta'minlash. Hozirgi davrda vujudga kelgan bank industriyasining rivojlanganlik holati ularga depozit ochish va mijoz mablag‘larini jalb qilish kabi oddiy xizmatlarga nisbatan yanada kengroq xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Ayni damda bankning moliyaviy xizmatlari borasida uning samarali faoliyatini ta'minlovchi asosiy omillar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. - Mijozlar o‘z pul mablag‘larini bankka ishonib topshirar ekan bankka quyidagi asosiy talablarni qo‘yishlari mumkin: - Pul mablag‘larini ro‘yxatga kiritish va bankda bo‘lgan davrda ulardan hisobot olib turish. - Pul mablag‘larini saqlash javobgarligini ta'minlanishini talab qilish. - Pul mablag‘lari holati va ulardan foydalanishda olib borilayotgan moliya-pul operatsiyalariga oid axborotlar konfedinsialligini ta'minlash. Hozirgi davrda vujudga kelgan bank industriyasining rivojlanganlik holati ularga depozit ochish va mijoz mablag‘larini jalb qilish kabi oddiy xizmatlarga nisbatan yanada kengroq xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Ayni damda bankning moliyaviy xizmatlari borasida uning samarali faoliyatini ta'minlovchi asosiy omillar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
|
| |