|
Guruh talabasi Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish fanidan 1-Amaliy mashg’ulot
|
bet | 3/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 496,87 Kb. | | #132978 |
Bog'liq Jabborov Oyatulloh (001)Usulni bajarish jarayoni
1. “Galstuk-babochka” markazlashgan usuli sfatida ko‘rsatilgan xavfli hodisani aniqlash.
2. Xavf-xatar(yoki xavf) manbalarini tadqiq qilish yordamida hodisa sabablarining ro‘yxatini tuzish.
3. Kritik hodisagacha xavflarning rivojlanish mexanizmini aniqlash.
4. Hodisa sababini ajratuvchi chiziq chizish(Babochkaning chap tomonini hosil qilish)
5. Kiruvchita’sirlarni oldini olish uchun to‘siqlar o‘rnatish.
6. Xavfli hodisaning oqibatlarini o‘ng tomonga akslantirish va hodisadan oqibatlarga olib keladigan chiziqlarni chizish.
7. Oqibatlarga yo‘naltirilga chiziqlarga to‘siqlarni akslantirish.
8. Boshqarish bilan bog‘liq yordamchi elementlarni “galtuk-babochka” diagrammasi ostida akslantirish.
Ma’lumot turlari
Chiquvchi ma’lumotlar - “galtuk-babochka” diagrammasini va ishlov berilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Kiruvchi ma’lumotlar – To‘siqlar, xavf-xatarlar hamda xavfli hodisa oqibatlari va sabablari haqidagi ma’lumotlardir.
Usulning afzalligi
- Muammoga qaratilgan fikrni beradi.
- xavfli hodisalarni oldini olish va /yoki oqibatlarini kamaytirish hamda ularni samaradarligini baholashga qaratilganligi.
- foydali oqibatlar uchun qo‘llanilishi mumkinligi, yuqori malakali mutahasislarga ehtiyoj yo‘qligi
Usulning kamchiligi
- Bu usulda bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan va noxush oqibatlarga olib keladigan sabablar yig‘indisini ko‘rsatib berish imkoni yo‘qligi.
- Ushbu usulda murakka vaziyatlar haddan tashqari soddalashtirilgan bo‘lishi mumkin.
4-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Axborot xavfsizligi riskini "nosozliklar-daraxti" usuli yordamida tahlil.
Kerakli jihozlar: Kompyuter hamda internet.
Ishdan maqsad: Mazkur ishda talaba "nosozliklar-daraxti" usulidan foydalangan holda xavf-hatarni baholashni o’rganadi.
Nosozliklar-daraxtining tahlili(ing. Fault tree analysis - FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan hodisaninng paydo bo‘lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish (deduksiya) yordamida aniqlanib, mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan mantiqiy aloqasi diagrammada daraxt ko‘rinishida aks ettiriladi.
Rad etish daraxtida ko‘rsatilgan omillar - kompyuter uskunalari ishlamay qolishi bilan bog‘liq hodisalar, inson xatolari yoki kutulmagan holatga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalar bo‘lishi mumkin.
Rad etish daraxtining sxemasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
- tahlil qilinishi kerak bo‘lgan hodisani aniqlash. Bu rad etish yoki rad etishlar ketmaketligi bo‘lishi mumkin. Rad etilish oqibatlari tahlil qilingandan so‘ng, rad etish daraxtiga oqibatlarni rad etish va intensivlikni pasaytirish qismini kiritish mumkin.
- oxirgi hodisaga olib keladigan sabablar va oqibatlarni rad etilishini aniqlash;
- aniqlangan raddiyalar va sabablarni tahlil qilish, aynan nimaga olib kelganligini aniqlash;
- keyingi tahlil amalga oshirilmaguncha quyi darajadagi tizimga o‘tish tizimni nomaqbul funksiyanallashtirilishi ketma-ket aniqlanaveriladi. Texnik tizimlarda – bu kompanentalarni rad etish darajasi bo‘lishi mumkin. Tahlil qilinuvchi tizimning yeng quyi darajasidagi hodisa va omillar asosiy hodisalar deyiladi;
- Asosiy hodisa ehtimolligini baholash(agar qo‘llanilsa) va oxirgi hodisa oqibatlarining ehtimolligini hisoblash. Miqdoriy baholashning ishonchliligini ta’minlash uchun har bir element uchun kirish ma’lumotlarining to‘liqligi va sifatitalab qilinadigan ishonchli natijalarni olish uchun yetarli ekanligini ko‘rsatish kerak. Aks holda, rad etish daraxti ehtimollikni tahlil qilish uchun yetarlicha ishonchli emas, ammo sabab-oqibat munosabatlarini o‘rganish uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Miqdoriy bahoni aniqlashda rad etish daraxti Bul algebra yordamida soddalashtirilishi mumkin, bu esa takroriy raddiya turlarini hisobga olishga imkon beradi.
Ushbu usul oxirgi hodisa ehtimolligini hisoblashdan tashqari, oxirgi hodisaga olib keladigan minimal qism to‘plamini aniqlash va ularni oxirgi hodisaga ta’sirini hisoblashga imkon beradi.
Oddiy holatlardan tashqari, Ilova dasturlar paketi odatda diagramma tuzishda ishlatiladi. Bu rad etish daraxtining bir nechta takrorlangan hodisalar bo‘lgan joyda va minimal kesishuvlarni va vaziyatni hisoblash imkonini beradi. Dasturiy ta’minotdan foydalanish usulni to‘g‘ri va ketma-ket bajarilishini hamda tekshirish imkoniyatini kafolatlaydi.
Voqea belgilari
Voqealar belgilari asosiy va oraliq hodisalar uchun ishlatiladi. Rad etish daraxtida birlamchi hodisalar davom etmaydi. Oraliq hodisalar elementlarning chiqishida bo'ladi.
|
| |