|
Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar
|
bet | 3/3 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 488,39 Kb. | | #99999 |
Bog'liq 732-21 Muhammadjonov Islombek 2-amaliy ishMa’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar.
SELECT operatori. SELECT (tanlash) operatori SQL tilining eng muhim va ko‘p ishlatiladigan operatori hisoblanadi. U ma’lumotlar bazasi jadvallaridan axborotlarni tanlab olish uchun mo‘ljallangan. SELECT operatori sodda holda quyidagi ko‘rinishda yoziladi. SELECT [DISTINCT] FROM [WHERE ] 55 [ORDER BY < atributlar ro‘yxati >] [GROUP BY < atributlar ro‘yxati >] [HAVING ] [UNION ]; Bu yerda kvadrat qavslarda yozilgan elementlar har doim ham yozilishi shart emas. SELECT xizmatchi so‘zi ma’lumot bazasidan axborotni tanlab olish operatori yozilganini anglatadi. SELECT so‘zidan keyin bir biridan vergul bilan ajratilib ko‘rsatilgan maydon nomlari (atributlar ro‘yxati) yoziladi. SELECT so‘rov operatorini zarur xizmatchi so‘zi FROM hisoblanadi. FROM so‘zidan keyin axborot olinayotgan jadval nomlari bir biridan vergul bilan ajratilib yoziladi. Masalan: SELECT Name, Surname FROM TALABA; Ixtiyoriy SQL so‘rov operatori nuqtali vergul(;) simvoli bilan tugaydi. Keltirilgan so‘rov TALABA jadvalidan Name va Surname maydonlarni barcha qiymatlarini ajratib olishni amalga oshiradi.
Ma’lumotlarni saralash.
Ba’zi hollarda natija jadvalidagi ma’lumotlarni tartiblash talab etiladi. Buning uchun Order by parametri ishlatiladi. Bu parameter ko‘rsatilgan maydon barcha yozuvlarni o‘sib borishi tartibida tartiblab beradi. Order by desc yozilsa kamayishi tartibida yoziladi. Order by ASC bo‘lsa usish tartibida yoziladi.
1. Select * from Subject Order by Subj_name;
2. Select*from Subject Order by desc Subj-name; Tartiblash bir nechta maydon bo‘yicha bajarilishi ham mumkin. Bunda avval tartiblash 1-maydon bo‘yicha keyin 2-maydon bo‘yicha bajariladi.
AND, OR, NOT mantiqiy, Where standart so‘zlardan foydalanish.
Where shartida solishtirish amallari jumladan =>, <=, >=, shuningdek mantiqiy amallar “and” “or”, “not” amallari ishlashi mumkin. Ular yordamida murakkab shartlar tuzililadi. Masalan: 3-kurs stipendiya oladigan talabalarni ismi familiyasini chiqaring. Select Name, Surname From talaba Where kurs=3 and stipend>0;
Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidagi barcha jadvallarga ma’lumotlarni yozish, o’zgartirish va o’chirish va ular ustida amallar bajarish.
Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar.
Masalani qo`yilishi: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidagi barcha jadvallardagi ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar bajarish.
select familiya from fakultet_yoshlar_kengashi;
select familiya, ism from markaziy_apparat;
select *from markaziy_kengash;
Protseduraga murojaat protsedurada mavjud bo‘lgan SQL operatorlarini bajarishni ta’minlaydi.
|
| |