Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli
uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir.
TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida
asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini
xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro
bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻriservislaridan tashkil
topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro
bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan
qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro
hamkorlikda global
informatsiya
infratuzilmasini
tashkil
etadi.
Qaydnomalar
tizimi
bilan
boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni
saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan
barcha
variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b.
koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika
mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar
telefon tarmoqlariga ulana
boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA)
tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga
toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib
qolgan taqdirda oddiy
kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha
kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va
70yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro
tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron
liniyalari faoliyati
doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim,
akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual
ulushiga bogʻliq boʻldi.
Wlan