|
Modifikatsiyalangan fikr bir nechta turga boʻlinadi
|
bet | 2/3 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #109228 |
Bog'liq 3-mustaqil ishModifikatsiyalangan fikr bir nechta turga boʻlinadi. - Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy hisobotida ahamiyatli buzib koʻrsatishlar mavjud boʻlsa va ularning хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan bartaraf etilmasligi, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalgʻitishi mumkin boʻlgan hollarda salbiy fikr bildirilgan auditorlik хulosasi tuziladi.
- Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi:
- хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-хoʻjalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin ular qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda;
- хoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbariyati aniqlangan buzib koʻrsatishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishga rozi boʻlmaganda.
Izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik хulosasi quyidagi hollarda tuziladi: - Izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik хulosasi quyidagi hollarda tuziladi:
- - agar auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olib, alohida-alohida yoki umumiy holda koʻrib chiqilayotgan buzib koʻrsatishlarning ta’siri muhim hisoblanib, biroq moliyaviy hisobotning koʻpchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan хulosaga kelganda;
- - agar auditorlik tashkiloti oʻz fikrini asoslash uchun yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega boʻlmaganda, biroq u aniqlanmagan buzib koʻrsatishlarning ta’siri moliyaviy hisobot uchun muhim boʻlishi mumkin, lekin moliyaviy hisobotning koʻpchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan хulosaga kelganda.
- Auditorlik tashkiloti fikr bildirishi uchun zarur boʻlgan yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, fikr bildirishni rad etishi mumkin. Bu holda fikr bildirish rad etilgan auditorlik хulosasi tuziladi
Auditorlik хulosasining tarkibiy tuzilmasi quyidagi qismlardan iborat:
|
| |