|
Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
|
bet | 29/35 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 134,23 Kb. | | #109920 |
Bog'liq Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mav Metodni amalga oshirish tartibi:
“Assesment”lardan talabalarning mavjud bilim darajasini o’rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg’ulot, mustaqil ishlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o’zlashtirish darajasini baholashda tavsiya etiladi. Ayni paytda, o’qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o’quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo’shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
Shu o’rinda standart va nostandart testlardan foydalanish yaxshi samara berishini ta’kidlab o’tmoqchimiz.
Ma’lumki, talabalar tomonidan ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlarini aniqlashda foydalaniladigan nazorat turlaridan biri test topshiriqlari bo’lib, ularni maqsadga muvofiq holda shakllantirish va o’z o’rnida foydalanish uchun mazkur jarayonning nazariy asoslarini bilish zarur. Reyting tizimiga muvofiq tahsil oluvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalaridagi tipik kamchiliklarni aniqlash va ularni korrektsiyalash yo’llarini belgilashni taqozo etadi. Tahsil oluvchilarning o’quv rejadan o’rin olgan kurslar bo’yicha o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash va baholashda testlarning alohida o’rni bor. Test topshiriqlari didaktik materiallar sirasiga mansub bo’lib, u quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi. Test topshiriqlari tahsil oluvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalaridagi tipik kamchiliklarni aniqlash barobarida, ularni o’z bilimlarini orttirish maqsadida muntazam va tizimli fan asoslarini o’rganishga undaydi. Testlarning bir qator turlari hozir amalda qo’llanadi: oson (reproduktiv) (I) - tahsil oluvchilar tomonidan o’quv materiali qayta ishlanmasdan, ularning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, hodisa, voqea, qonun va atamalarning mohiyatini bilishni talab qiladigan daraja; o’rtacha qiyin (produktiv) (II) - tahsil oluvchilardan ob’ektlarni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, bir nechta qonun va qonuniyatlarni bir vaqtda qo’llab, umumlashtirish orqali xulosa yasashni talab qiluvchi daraja; qiyin (qisman-izlanishli) (III) – tahsil oluvchilar tomonidan avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llash, ob’ektlarni tahlil qilish, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, qonun va qonuniyatlarni qo’llab, umumlashtirish orqali xulosa yasashni talab qiluvchi daraja; eng qiyin (kreativ) (IY) - tahsil oluvchilar tomonidan avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni kutilmagan vaziyatlarda vujudga keltirilgan o’quv muammolarni hal etishda qo’llash, tahlil, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, xulosa yasash kabi aqliy operatsiyalarni bajarishni talab qiluvchi daraja;
Standart testlarning o’ziga xos talablari bor. Test topshiriqlariga qo’yiladigan asosiy talab, har bir test muayyan mazmun, tarkib, yaxlitlik va strukturaga ega bo’lishi lozim. SHuni nazarda tutgan holda, u topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bo’lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo’yicha ko’rsatmalardan iborat bo’lishi zarur. Test topshiriqlarining yaxlitligi u bir mavzu, bob, bo’lim yoki kurs mazmunini qamrab, ularni nazorat qilish imkoniyatiga ega ekanligida ko’zga tashlanadi. Har bir test topshirig’i yaxlit topshiriqning bir bo’lagi sifatida muayyan mazmunni qamrab oladi va ma’lum bir vazifani bajaradi, shu sababli ularning birortasini olib tashlash bilimlarni aniqlash jarayoni va sifatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Test topshiriqlarining strukturasiga topshiriqning o’zaro aloqadorligini amalga oshirish orqali erishiladi. Standart pedagogik testlar mazmuni va mohiyatiga ko’ra: gomogen va geterogen testlarga ajratiladi. Biz quyida , “Qisasi Rabg’o’ziy” matni bo’yicha standart testlar havola qilamiz.
|
| |