5. Nurlanish termometrlari.
Ular orasida eng ko‘p
tarqalganlari:
a)
optik
pirometrlar–issiq
jismning
ravshanligini o‘lchash asbobi; b) rangli pirometrlar (spektral
nisbat
pirometrlari)–jismning
issiqlikdan
nurlanishi
spektridagi
energiyaning
taqsimlanishini
o‘lchashga
asoslangan;
s)
radiatsion
pirometrlar–issiq
jism
nurlanishning quvvati o‘zgarishiga asoslangan. Nurlanish
termometrlari haroratni kontaktsiz o‘lchash usuli asosida
ishlaydi.
Haroratni
o‘lchashda
ishlab
chiqarish
sanoat
tashkilotlarida haroratni o‘lchash vositalaridan foydalanish
chegaralari 5.1 – jadvalda keltirilgan.
5.1 – jadval
Ishlab chiqarish sanoat haroratini o‘lchash
vositalaridan
foydalanish
chegaralari
O‘lchashni kontaktsiz metodlari jism va muhit haroratiga
hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq ular murakkab jarayon
bo‘lib, ularning metodik xatoliklari kontakt metodlariga
nisbatan ancha katta hisoblanadi.
Haroratni kontaktli issiqlik o‘zgartkichlari –260 dan 2200
°C gacha diapazonda, kontaktsiz vositalari esa harorati 20 dan
4000 °C gacha diapazonda seriyali ishlab chiqariladi.