|
J: Operator.
I: Savol "Qirol Artur" filmi haqida edi
|
bet | 23/49 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 87,95 Kb. | | #244699 |
Bog'liq 3. savol paketJ: Operator.
I: Savol "Qirol Artur" filmi haqida edi.
S: Ikku yuzdan sal ko‘proq aholi istiqomat qiluvchi Blekuoter shahrining o‘ziga hos jihati, qariyb barcha aholisining ...dir. O‘sha yerning o‘zida basseyn, cherkov va politsiya maxkamasi mavjud. AQSh olimlari o‘tkazgan tadqiqotning natijalariga ko‘ra qaynonasi bilan ... erkaklar boshqa erkaklarga nisbatan ko‘proq yurak kasali bo‘lishar ekan. Bo‘sh qoldirib ketilgan joyni to‘ldiring.
J: bir uyda istiqomat qilish.
I: qaynonasi bilan bir uyda istiqomat qiluvchi erkaklarning potensiyasi ham yomonroq bo‘lar ekan👆
S: Uilyam Mun o‘zining "IKSlar uchun yorug‘lik" kitobida o‘zi yaratgan IGREKni tasvirlagan. Mun ixtirosi tarafdorlari uning IGREKi IKSlar uchun keng tarqalganidan qulayroqligini ta‘kidlashadi. IKS va IGREKni toping.
J: Ko‘r, shrift.
I: Munning ko‘rlar uchun alifbosi lotin alifbosiga asoslangan. Ko‘pchilik uchun San alifbosi Brayl alifbosidan qulayroq ekan.
S: Elzasdagi Xagenau shahrining protestant hukmdorlari 1573-yilda bir ayolni yalmog‘izlikda ayblab sud qilishgan. Ayol o‘zini muvaffaqiyatli ximoyalab, jazodan qutulib qolgan. 4 yildan keyin ALFA vaqtida ayolni qayta ayblab, qiynab, yoqvorishgan. ALFAni 4ta ketma-ket keladigan undosh xarfi bor so‘z bilan atang.
J: Kontrreformatsiya.
I: 1577-yilda shaharni katoliklar egallashgan.
Autepsa - samovarning qadimgi Rimdagi ajdodi. Autepsaning bir qismi suvga moʻljallangan, ikkinchisi esa - koʻmirga. Baʼzida, autepsaga koʻmir oʻrniga IKS solishgan. IKS nima?
J: Muz
I: Yoz paytlarida autepsa qarama-qarshi maqsadda - suvni yaxlatish uchun ishlatilgan.
Jorj de Laturning "Folchi" kartinasida folchidan tashqari bir nechta juda ishtiyoqqa berilgan tomoshabinlar va bir kasb egasi tasvirlangan. Qaysi kasb egasi?
J: Choʻntakkesar/oʻgʻri
I: Tomoshabinlar folchi bilan band boʻlayotganda, choʻntakkesar ularning pulini oʻgʻirlaydi. Huddi shunaqa syujet Iyeronim Bosxning "Fokuschi" kartinasida chizilgan.
|
| |