|
Javob: Velosipedga hujum qilgan itlardan himoyalanish uchun!
|
bet | 35/49 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 87,95 Kb. | | #244699 |
Bog'liq 3. savol paketJavob: Velosipedga hujum qilgan itlardan himoyalanish uchun!
10-savol: 4 ta yoritgich birgalikda raqamlar hosil qiladi. Keyin esa familiya paydo bo'ladi. Diqqat savol: Qaysi familiya?
Javob: Foks!
Izoh: ,,XX asr Foks'' kompaniyasining zastavkasi!
11-savol: Bir olim bir jinsli nikoh ahmoqona narsa ekanligini o'ta ajoyib tarzda isbotlagan. Diqqat savol: Nima yordamida?
Javob: Magnit!
Izoh: Ikkita bir xil magnit bir-biridan uzoqlashadi!
12-savol: Gruziyaning bir shahrida shunday gap yuradi: Kunning istalgan qismida siz o'z erkingizdan mahrum bo'lishingiz, ammo baxtli insonga aylanishingiz mumkin. Bu shaharda bir nechta X bor. Diqqat savol: X ni ayting!
Javob: FHDYO idorasi!
13-savol: Bir vino reklamasida bu vino barcha hayvonlarning go'shti bilan iste'mol qilinsa ham bo'lishi mumkinligi aytiladi. Diqqat savol: Vino etiketkasida kimning surati bor?
Javob: Nuh!
14-savol: Germaniyada politsiyachilar Olimpiada paytida terroristlarni qo'lga olishga urinadi. Ular maxsus operatsiya tayyorlashadi, ammo terrorchilarda X borligini bilishgach hammasi bekor bo'ladi. Diqqat savol: X ni ayting!
Javob: Televizor!
Izoh: Olimpiada dunyodan ko'plab jurnalistlar kelgandi va bu voqeani hamma yoritgan!
15-savol: Tabiatda ayolning erkakdan ustun ekanligini ko'rish mumkin. Diqqat savol: Bu isbotda uchrovchi ikki ismni toping!
Javob: Mariana va Everest!
Izoh: Mariana - 11022 m, Everest - 8848 m.
16-savol: Rus topishmog'i: Yuzlarini ajin bosgan xolam butun qishloqni quvontiradi. Diqqat savol: Javobini toping!
Javob: Akkordeon!
17-savol: E'tibor bersangiz, qorilar bir qo'li bilan bir qulog'ini yopgancha ,,Qur'on'' qiroat qilishadi. Diqqat savol: Nega bunday qilishadi?
Javob: O'z ovozlarini o'zlari eshitishlari uchun!
Izoh: Qandaydir kamchilik sezishsa, to'g'irlashadi!
|
| |