|
Past bosimli azot kompressorini ishga tushirish pos. C611003AB
|
bet | 41/54 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #140978 |
Bog'liq «navoiyazot» aj «tasdiqlayman»-fayllar.org12.7.1.16. Past bosimli azot kompressorini ishga tushirish pos. C611003AB.
Ishga tushitishda tayyorgarlikni boshlash.
Jihozning quvvatini tekshiring.
Boshqaruv panelidagi barcha kontaktlarni elektr chizmasiga muvofiqligini tekshiring.
Elektr ta'minotining erga ulanishini tekshiring.
Kompressor o‘qini va elektro dvigatel o‘qini qo'lda aylantirishgan holda amalga oshib ko‘ring. Oldindan moylash pompasini ishlatganda va zichlovchi havoning "ochilishi", ulanishsiz to'g'ri aylanayotganligini tekshiring.
Dvigatelni ishlab chiqaruvchining ko'rsatmalariga muvofiq tekshiring.
Dvigatelga elektr simlarining to‘g‘ri ulanganligini tekshiring.
Dvigatel podshipnikiga moylash materiallari etkazib berilishini tekshiring.
Kompressor valini ulashdan oldin asosiy elektr dvigateli va magnit markazning aylanish yo'nalishini tekshiring.
Muftaga moyni quying.
Oldindan moylash nasosining ishlashini tekshiring. Har bir boshqarish qismning tebranishini, boshqariladigan moslamasini tekshiring. Yog'iningsizib chiqishini (oqishini) tekshiring.
Kirish va aylanma klapanlarning ishlashi va kalibrlanishini tekshiring.
Boshqaruv panelining funktsionallik boshqaruvini tekshiring.
Asosiy dvigatelning tebranishini, o'lchash moslamasining normal ishlashiga qarab muvofiqligini tekshiring.
Ishga tushirish
1. Moy sovutgichi, havo sovutgichi va boshqa issiqlik almashinuvi uskunalari uchun barcha sovutish klapanlarini oching. Agar havo sovutgichi doimiy ravishda bo'shatilmasa, unda birlashtiruvchi halqasidan havoni chiqarib tashlash kerak.
2. Boshqaruv panelidagi qurulmalar uchun havo klapanini oching.
3. Bosim o'lchagichni zichlovchi havosini tekshiring. Agar kerak bo'lsa, zichlovchi havo regulyatorini sozlang.
4. Asosiy elektro dvigatel va kompressorning moy sathini tekshiring.
5. Boshqaruv panelining quvvat manbaini yoqing. Dastlabki yog‘lash uchun moy pompasini ishga tushiring.
6. Kompressor korpusi ichidagi moy bosimini tekshiring, normal qiymat 0,14÷0,2 MPa.
7. Moy haroratini tekshiring. Nominat qiymat 35 °C.
8. Kirish klapanining yopiqligini va aylanib o‘tkazuvchi klapanini ochiqligini tekshiring.
9. Chiqish quvuridagi o'chirish klapanini oching.
10. Har bir ajratgichning aylanib o‘tuvchi klapanini ochib, qoldiq kondensatni to'kib tashlang.
11. Ajratgichning kirish trubkasidan barcha kondensatni to'kib tashlang.
12. Gaz chiqaruvchi bosimining kerakli qiymatda ekanligini tekshiring. Agar kerak bo'lsa, sozlang.
Boshqaruv panelidagi ishga tushirish tugmasini bosing.
Kompressor "Bo‘sh yurish" rejimida ishga tushmasa, u boshqa rejim tanlanmaguncha ushbu rejimda ishlashni davom ettiradi.
Kompressor "bo'sh" rejimida ishga tushmasa, ochilish vaqti tugaganidan keyin, gaz chiqarish klapanida belgilangan bosim qiymatidacha ko‘tariladi.
13. Moy qurilmasining moyi bosimini nazorat qiling. Chiqish bosimi talab qilinadigan diapazonda bo'lmasa, moy idishi trubkasidagi moy bosimini induksiyon klapani orqali sozlang.
14. Vibratsiya darajasini nazorat qilish. Agar tebranish ruxsat etilgan qiymatdan oshsa, qurilma avtomatik ravishda to'xtaydi.
15. Qurilma korpusidagi moy haroratini kuzatib boring. Sovutish suvining harorati 35°C dan past bo'lganda, moy harorati (40,6÷46,1) °C bo'lishi kerak.
16. Havo sovutgichining sovutish suvi oqimini boshqaring. Odatda, sovutish suvi muzlatgichdan o'tganda, suvning harorati 13,9 °C ga ko'tariladi. Shu bilan birga, muzlatgichdan to'liq yuklangan holda, havo harorati kirishi sovutish suvi haroratidan 11 °C ga yuqori bo‘lari.
CENTAC kompressorida quyidagi xavfsizlik moslamalari mavjud:
Moy tizimida past bosim ostida to'xtashi.
Haddan tashqari yuqori yoki past moy haroratida to'xtashi.
Haddan tashqari yuqori havo haroratida to'xtashi.
Kichik tishli o‘qdagi haddan tashqari yuqori tebranish tufayli to'xtash.
Pompaj signali.
|
| |