Kerakli asboblar va moslamalar




Download 6,07 Mb.
bet197/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   309
Bog'liq
hfh

Kerakli asboblar va moslamalar.
Lyuksmetr Yu-116 cho’g’lanma lampalar va tabiiy yorug’lik orqali hosil bo’lgan yoritilganlikni o’lchash uchun mo’ljallangandir (1- rasm.).
Lyuksmetr - o’lchov asbobi va qoplamali alohida fotoelementdan tashkil topgan. Asbobning ikkita shkalasi bor. Biri 0 dan 30 lk gacha, ikkinchisi 0 dan 100 lk gacha o’lchashga mo’ljallangan.
Har bir shkalada nuqtalar bilan o’lchov diapazonining boshlanishi ko’rsatilgan; 0-100 shkalasida bu nuqta 20 belgisining, 0-30 shkalasida esa 5 belgisining ustida joylashgan. Asbob strelkaning nol holatiga keltirish imkonini beruvchi korrektorga ega.
Celenli fotoelmentning asbobga ulash joyi, korpusning yon devorida joylashgan.
Fotoelement plastmassadan yasalgan korpus ichida bo’lib, o’lchovchi asbobga rozetkali shnur yordamida birikadi, bu o’z navbatida birikish polyarligi to’g’ri bo’lishini ta`minlaydi (mabodo teskari ulansa asbob ko’rsatmaydi).
Asbobiing xatosini kamaytirish maqsadida, fotoelement, yorug’lik tarqatuvchi oq, plastmassadan ishlangan yarim sfera shaklidagi qoplama va shaffof bo’lmagan plastmassa halqa bilan ta`minlangan. «K» xarfi bilan belgilangan qoplama alohida qo’llanmay, "M", "R", "T" harflari bilan belgilangan qoplamalardan biri bilan birgalikda qo’llanadi.
Bu uch qoplamadan har biri "K" qoplamasi bilan birga uchta yorug’lik - yutuvchi hosil qiladi. Bundan maqsad, asbobning o’lchash diapazonini mos ravishda 10, 100, 1000 marta oshirishdir.
Asbobni ishga tayyorlash maqsadida uni gorizontal holatga strelkani esa nol holatiga keltiring. Bu ish fotoelement asbobdan uzib qo’yilgan holatda bajariladi.
O’lchanayotgan yoritilganlik qiymatini hisoblash quyidagi tartibda bajariladi: yuqorida aytilgan qoplamalar yordamida tanlangan o’lchov diapazonlarining eng katta qiymati bosilgan tugmaning qarama-qarshi tomonidan olinadi. Masalan, o’ng tomondagi tugma bosilsa uning qarshisida 10 karrali o’lchash diapazonlarining eng katta qiymatlari ko’rsatilgan /0 dan 100 gacha/ bo’lgan shkaladan foydalanish kerak. Agar chap tomondagi tugma bosilsa /uning qarshisida 30 karrali o’lchash diapazonining eng katta qiymatlari ko’rsatilgan/ 0 dan 30 gacha bo’lgan shkaladan foydalaniladi. Asbobning tegishli shkalasidan o’qilgan qiymatlarni "M", "R" va T" qoplamalarida ko’rsatilgan kamaytirish koeffitsientlariga ko’paytirish kerak.
Masalan, fotoelementda "KR" qoplamasi o’rnatilgan va chap tugma bosilgan, strelka 0-30 shkalasining 15 raqami ustida o’lchangan yoritilganlik 5x100 = 1500 lk bo’ladi.
Lyuksmetrni uzoq vaqt to’g’ri ishlashini taminlash uchun selenli fotoelementini ortiqcha yoritilganlikdan asrash qoplamalarining to’g’ri tanlanishiga ahamiyat berish talab etiladi. Shu maqsadda o’lchanayotgan yortilganlik qiymati noaniq bo’lsa o’lchashni eng katta diapazonli "KT" qoplamasidan boshlash kerak.


1-rasm. Lyuksmetr Yu-116 1 – fotoelement; 2 – galьvanometr; 3,4,5,6 – yutuvchi nasadkalar (K,T,R,M)




Download 6,07 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   309




Download 6,07 Mb.