|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 199/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhKerakli jihozlar: Avgust psixrometri, aspiratsion Assman psixrometri, havo tezligini o’lchash uchun kosachali va qanotli anemometrlar, barometr, shamollatgich va sekundomerlardir.
Ishni bajarish tartibi:
Laboratoriya ishining bayoni va asboblar bilan tanishib chiqing.
Quyidagi mikroiqlim kattaliklarini aniqlang:
a) barometr-aneroid yordamida atmosfera bosimini;
b) Assman psixrometrining quruq termometri yordamida havoning haroratini;
v) Assman -psixrometri yordamida havoning nisbiy namligini (bu asbobda nisbiy namlikni o’lchashda termometrning mato o’ralgan idishi suv bilan ho’llanib, ventilyator yurgizib yuboriladi. Agar prujinali ventilyator bo’lsa,dastasi soatstrelkasi bo’yicha 5-6 marta buraladi);
Anemometr maishiy ventilyatordan 2-2,5 m masofada, havo oqimiga qo’yibuningtezligi aniqlanadi.
Avgust psixrometri yordamida nisbiy namlik aniqlanadi.
Ish joyidagi o’lchangan mikroiqlim sharoitlarga nomogramma (2-rasm) bo’yicha baho bering va ularni yaxshilash bo’yicha takliflar kiriting.
Topshiriqlar:
Mikroiqlimning asosiy kattaliklari va ularning kishi organizmigata’siribilan tanishish;
Mikroiqlim kattaliklari - harorat, nisbiy namlik, havo harakatining tezligi va atmosfera bosimini o’lchash asboblarini o’rganish;
3. Laboratoriya sharoitida ish joylarida mikroiqlim kattaliklarini o’lchash va topilgan kattaliklarni sanitariya va standart me’yorlarga solishtirish;
Tayanch iboralar: havoning harorati, nisbiy namlik, ruxsat etilgan miqdor, mikroiqlim.
Umumiy ma`lumotlar
Ishlab chiqarish tsexlarining ish zonalaridagi havo muhiti quyidagi sharoitlar bilan xarakterlanadi: havoning harorati, nisbiy namlik, havo xarakatining tezligi va atmosfera bosimi. Bundan tashqari, sanitariya-gigik sharoitlari issiqlik nurlanishiiing jadalligi va kishini qamrab turgan havo muhitidagi gazlar ko’lami sifatiga (havoning gazlar, bug’lar, chang, ionlashganlik darajasi va boshqalar bilan ifloslanganligiga) ham bog’liq.
Tsexlarda ish unumdorligini oshirishda, me’yoriy iqlim sharoitlarni yaratish muhim rol o’ynaydi. TSexlarda mo’tadil sharoitlar sanitariya me’yorlari GOCT 12.1.005-88 bilan belgilanadi.
|
| |