• 1 - rasm . А vgust psixrometri 2-rasm. Aspirasion Asman psixrometri
  • Hayot faoliyati xavfsizlig




    Download 6,07 Mb.
    bet201/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Laboratoriya qurilmasining bayoni.
    Laboratoriya qurilmasi, mikroiqlim kattaliklarini o’lchash asboblari majmuasidan tashkil topgan. Bular Avgust psixrometri, aspiratsion Assman psixrometri, havo tezligini o’lchash uchun kosachali va qanotli anemometrlar, barometr, shamollatgich va sekundomerlardir.




    1-rasm. Аvgust psixrometri

    2-rasm. Aspirasion Asman psixrometri


    3-rasm.Qanotchalik anemametr 4-rasm. Kosachali anemametr
    TSexdagi harorat odatda psixrometrning quruq termometri yordamida o’lchanib, u havoning nisbiy namligini o’lchash bilan birga qo’shib olib boriladi. TSexlarda issiqlik chiqaruvchi manbalar mavjud bo’lsa simobli termometrlarning bir jufti qo’llaniladi. Bulardan birining simobli idishi kumushlantirilgan, ikkinchisi esa qoraga bo’yalgan bo’ladi. Termometrlarning ko’rsatishi har xil bo’ladi, buning sababi, kumushlantirilgani nurli energiyani qaytarsa, qoralangani uni yutadi. Bu holda haqiqiy harorat quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
    thaq=tag-a(tq-tag) (1)
    bu yerda thaq - haqiqiy harorat;
    tag - kumushlantirilgan termometr ko’rsatkichi;
    tq- qoraytirilgan termometr ko’rsatkichi;
    a - asbobning konstantasi.
    Nisbiy namlik psixrometrlar yordamida o’lchanadi. Ularning asosiy qismi ikkita bir xil termometrdan iborat. Ulardan birining rezervuari gigroskopik mato bilan o’ralgan bo’ladi. Psixrometrning ishlash printsipi atrof-muhit havosining namligiga qarab bug’lanish jadalligiga asoslangandir. Atrof-muhit havosi quruq bo’lsa ho’llangan termometr Tx ko’rsatishi qancha past bo’lsa, bug’lanish jadalligi shuncha katta bo’ladi. Havo suv zarrachalariga to’yingan bo’lsa, unda ho’llangan termometr Th ko’rsatishi quruq termometr Tq ko’rsatishiga teng bo’ladi.
    Odatda nisbiy namlikni o’lchash uchun Avgust va Assman psixrometrlari qo’llanadi. Assman psixrometri ancha mukammal bo’lib, unda ikkala termometr rezervuarlari metalldan yasalgan naychalar ichiga joylashtiriladi. Bu ularniissiqlik nurlanishi ta’siridan asraydi. TSexdagi havo harakatining termometr rezervuarlariga ta’sirini kamaytirish maqsadida shu naychalar orqali maxsus ventilyator yordamida tezligi 2,5-3,0 m/s bo’lgan havo oqimi so’rib turiladi. Ventilyator psixrometrning korpusiga o’rnatilgan bo’lib prujina yoki elektr dvigatel yordamida yurgiziladi. Psixrometr termometrlari ko’rsatkichlarini o’lchab olgach, nisbiy namlik psixrometrik jadvallar yoki nomogrammalar (5-rasm) yordamida aniqlanadi.
    Havo harakatining tezligi odatda anemometrlar bilan aniqlanadi. Anemometrlar ikki xil bo’ladi. Kosachali anemometrlar 1-15 m/s oraliqdagi tezliklarni, qanotli anemometrlar ancha kichik 0,3-0,5 m/s oraliqdagi tezliklarni o’lchashga mo’ljallangandir. Laboratoriya sharoitida havoning harakati maishiy ventilyator yordamida hosil qilinadi. O’lchov ishlari quyidagicha olib boriladi. Anemometr hali yurgizilmasdan avval ko’rsatkichilari yozib olinadi va uni o’lchanishi kerak bo’lgan havo oqimiga kiritiladi. Kosachali anemometr vertikal, qanotli anemometr esa qanotlari havo oqimiga perpendikulyar holatda qo’yiladi. SHu holatda anemometr inertsiya qarshiligini yengish uchun 15-20 s salt aylantiriladi va undan so’ng bir vaqtda asbob bilan sekundomer yurgiziladi. SHunday holda u 50-100 s havo oqimida ushlab turiladi va o’chirilib anemometrning ko’rsatkichi yozib olinadi. Quyidagi formuladan anemometr strelkasi bir sekundda
    (2)
    shkalaning necha bo’lagiga surilganini aniqlab olamiz.
    bu yerda N1, N2 - anemometrning boshlang’ich va oxirgi ko’rsatkichlari,
    t - o’lchash vaqti, s.
    Bu kattalik yordamida esa har bir anemometr pasportida beriladigan grafikdan foydalanib havo harakatining haqiqiy tezligi m/s larda aniqlanadi. Atmosfera bosimi bizga ma’lum bo’lgan barometr-aneroidlar yordamida o’lchanadi.



    5-rasm.Nomogrammalar.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   309




    Download 6,07 Mb.