Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet203/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   309
Bog'liq
hfh

Tayanch iboralar: zararli omil, ruxsat etilgan miqdor, gazanalizator, silfon, indikator, kontsentratsiya.
Umumiy ma`lumotlar
Ishlab chiqarishda ko’pgina texnologik jarayonlar zararli gazlar ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Ushbu zararli gazlarning turi va miqdori ishning turiga, ishlab chiqarish texnologiyasiga va mexanizatsiya darajasiga bog’lik bo’lib, inson organizmiga turlicha ta`sir etadi va turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi,
Ma`lumki, ko’pgina zararli moddalar harorat oshishi bilan suyuq va qattiq holatdan bug’ yoki gaz holatiga o’tadi va nafas olish a`zolari orqali inson sog’ligiga salbiy ta`sir etadi. Nafas olish a`zolari orqali o’tgan zararli gazlar havo bilan qonga so’riladi. Bu esa ushbu gazlarning inson organizmiga salbiy ta`sirini boshqa yo’llar bilan o’ttaniga nisbatan 20 martagacha kuchaytiradi. Masalan, avtomobil yoqilg’isi uy haroratida 1 m2yuzadan 400 gr/soat tezlik bilan bug’lanadi. Shu sababli boshqa neft` mahsulotlariga nisbatan u kuchli zaharlanishga olib keladi. Agar havo tarkibida benzin bug’larining miqdori 3-4 g/m3 bo’lsa, bunday sharoitida 2-3 minutdan keyin insonda kuchli yo’tal boshlanadi, ko’zi yoshlanib yurish muvozanati buziladi. Benzin bug’larining miqdori 30-40g/m3 bo’lsa inson 3-4 nafasdayoq hushidan ketadi va u kuchli zaharlanadi. Bundan tashqari ayrim texnologik jarayonlar vaqtida ajralib chiqadigan oltingugurg va ammiak gazlari ham havfli hisoblanadi, ularning ma`lum miqdordagi kontsentratsiyasi portlashga ham olib kelishi muxmkin. Masalan, ammiak bug’larining havo tarkibidagi kontsentratsiyasi 16-27%, benzin bug’lariniki esa 0,76-5,03 % bo’lganda, bunday havo muhiti portlashga xavfli hisoblanadi. Shu sababli zararli gazlar va bug’lar ajralib chiqishi ehtimoli bor bo’lgan barcha ish joylarining havosi davriy ravishda tekshirilib turilishi va olingan natijalar sanitar-gigienik me`yorlar asosidagi ruxsat etilgan miqdor bilan solishtirilib, uni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Buning uchun esa dastlab ushbu gazlarning ajralib chiqish sabablari aniqlanishi, keyin esa shunga mos choralar ko’rilishi, masalan ishlab chiqarishda ishlatiladigan zaharli moddalarni boshqa xil moddalar bilan almashtirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, masofadan boshqarishni joriy etish va boshqa shu kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Download 6,07 Mb.
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   309




Download 6,07 Mb.