Titrash tezlanishi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi




Download 6,07 Mb.
bet211/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   309
Bog'liq
hfh

Titrash tezlanishi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


sm/sek2 (19)
bu yerda:W- tebranma harakat tezlanishi, sm/sek2
A - tebranish amplitudasi, bu yerda sm larda olinadi.

Tebranma harakat tezligini dettsibellarda ham o’lchash mumknn. Bu berilgan titrash tezligini, odam sezishi mumkin bo’lgan /minimal/ titrash chegarasi qiymatiga nisbati bilan o’lchanadi. Bu minimal chegara shartli ravishda V0=5•10-5 mm/sek ga teng deb olingan. Bu holda titrash darajasi detsibellarda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:




, dB (20)
bu yerda:V- tebranma harakat tezligi mm/sek.
Quyida 3-jadvalda sanitariya qoida va me’yorlari CanPiN 0063-96 da keltirilgan texnologik uskunalarning ishlab chiqarish xonalarida ish joylariga, o’rindiqlarga pol orqali uzatiladigan umumiy titrashning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymatlari keltirilgan.
Ishchiga, ish davomida titrashning ta’sir qilish vaqti miqdoriga qarab, titrashning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymatlariga tuzatishlar kiritiladi. Bu tuzatish qiymatlari quyidagichadir.
3-Jadval

Titrashning umumiy
ta’sir vaqti, soat

4-8

2-4

1-2

1

Tuzatish

0

3

6

8

Titrashni o’lchash uchun «ISHV-1» «ISHV-2», past chastotali o’lchov apparatlari IVA-1 va BIP-4 lar qo’llanadi. Bu apparatlar 15 dan 200 Gts gacha oraliqdagi chastotalarni va 0,005 dan 1,5 mm gacha oraliqdagi amplitudalarni ro’yxatga olishda keng qo’llanadi. Bulardan tashqari titrashni yozib olish uchun mexanik harakatlanuvchi qo’l asbobi VR-1 dan ham foydalanish mumkin. U amplitudasi 0,4 mm, chastotasi 5-10 Gts bo’lgan tebranma harakatlarni o’lchashda qo’llanishi mumkin.


VR-1 vibrografining /2-rasm/ ikki qarama-qarshi tomonlarida ikki oynasi mavjud bo’lib, biridan yozuv nazorat qilinsa 4, ikkinchisidan titrash yozilgan lenta-vibrogramma olinadi.
Qobiqqa mahkamlangan naycha 3-ichida prujinali o’zak 2-o’rnatilgan bo’lib, uning tashqi uchi titrovchi yuzaga perpendikulyar qo’yiladi, ikkinchi uchiga metall pero o’rnatilgan. Bu pero maxsus qog’oz /lenta/ ustida harakatlanib, tirnab iz qoldiradi. Peroni lenta ustida bosib turish uchun qobiq 1-ning yon tomonidagi arritrdan va asbobni yurgizish, o’chirish 5 va prujinasini burash uchun maxsus 6-dastaklardan foydalaniladi.
VR-1 vibrografi maxsus pero bilan lentaning yon tomonida vibrogrammaga parallel holda sekundlarni belgilovchi chiziq chizib boradi.
Titrashni yozib olish paytida asbobning naychasi titrovchi yuzaga perpendikulyar holatda va pero lentaning o’rtasida bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Asbob tebranishning haqiqiy qiymatini olti marta kattalashtirib yozadi.



Download 6,07 Mb.
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Titrash tezlanishi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi

Download 6,07 Mb.