|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 213/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhNazorat savollari.
Titrashni qanday kattaliklar xarakterlaydi?
Amplituda, CHastota, Davr, Tebranma harakat tezligi
|
Harorat, Atm.bosimi, Dvigatel
ning tezligi, amplituda
|
Vibrograf lentasini tezligi, CHastota,
Ctolning
balandligi, kuchlanish
|
Nisbiy namlik,
Davr, Vaqt, Dvigatel
ning tezligi,
|
Amplituda, vaqt, chastota, namlik, harorat
|
CHastota, harorat, yoritilgan-lik, Atm. bosimi, namlik,
|
2. Tebranish amplitudasi qaysi kattaliklarda o’lchanadi?
Javob: mm, mm/s, %, mm/s2, s/mm2
3. Tebranma harakat tezligi qaysi formuladan aniqlanadi?
Javob: V=2πfAT; V=2πf2A; V=2πfA2; V=2πfA; V=2πf2A2.
4. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lganda yoki korxona ma’muriyatining ruxsati bilan 18 yoshga to’lmaganxomilador ayollar va ichak-oshqozon kasalligi bor ishchilar titrashli ishlarda ishlashi mumkinmi?
Javob: mumkin, mumkin emas,vaqtinchamumkin,faqat bir smenaga mumkin.
LABORATORIYA№6
ELEKTR JIHOZLARINI YERGA ULASH VA HISOBLASH.
Himoyalovchi yerga ulash – kuchlanish ostida qolishi mumkin bo’lgan metalli tok yurmaydigan qismlarini oldindan yerga ulab qo’yish. Yerga ulash qurilmani himoya negizida tegib ketish kuchlanishini pasaytirish, (kuchlanish, tok yurmaydigan qismlarga o`tib ketgan holatida) yerga ulash qurilmani kichik qarshiligi hamda uskunani atrofidagi potensiallarini ko`tarish hisobiga.
a) 1000 V gach bo’lgan yerga ulangan izolyatsion neytralli tarmoqda; b) 1000 V dan ortiq bo’lgan mustahkam yerga ulangan tarmoqda
Shu qobig`iga tegib ketish natijasida inson tanasidan o’tayotgan tok
kuchi quyidagicha aniqlanadi:
Ii = 3 Uf/(3 R + Rr/Re)
yerga ulash qurilmasini qarshiligi Re qanchalik kam bo’lsa, shunchalik tok kuchi kam bo’ladi.
1 rasm. Yerga ulash qurilmalar sxemasi:
Mustahkam yerga ulangan neytralli uch fazali tarmoqni fazalaridan bittasi, qobig`i yerga ulangan uskuna bilan tutashib qolgan holatida, shu qobig’iga tegib ketish natijasida inson tanasidan o’tayotgan tok quyidagicha aniqlanadi:
Ii = Uf Re/R ( Re + R0 )
Inson tanasidan o’tayotgan tok kamroq bo’ladi to’g’ridan – to’g’ri tarmoqqa tegib ketishiga nisbatan. Lekin inson tanasidan o’tayotgan tok himoyalovchi yerga ulash qurilmani qarshiligiga to’g’ridan – to’g’ri bo’g’liq emas, balki qarshiliklar nisbatan Re/R0 orqali ya’ni, shu holatida Re arshiligini kamaytirib havfsizlik sharoitini ta’minlash qiyin bo’ladi.
Himoyalovchi maksimal tok qurilmasi tez, aniq va qisqa muddatda buzilgan uskunani o’chirish uchun yer tutashuv toki, imkon darajasida katta bo’lishi, bu esa, yerga ulash qurilmasini kichik qarshiligi bilan erishiladi.
Yer ulagichlari bilan konstruktiv birlashtirilgan yerga o`tkazgichlarni yeg`indisi-yerga ulash qurilmalari deb ataladi. Yerga qoqilgan va o’zaro metal bilan biriktirilgan o’tgazgichlar yer ulagich deb ataladi. Yerga ulanayotgan qismlarni va yerga ulagich orasini bog’lovchi simlarni - yer o’tgazgichi deb ataladi. Agar yer o’tgazgichni ikkita va undan ko`p bo’lsa ularni magistral deb ataladi.
Yer ulagichni joylashtirishiga qarab yerga ulanayotgan dasgohlariga nisbatan, yerga ulash qurilmalarini chiqarilgan va konturli turlariga ajratiladi.
2- rasm. a) va b) - Ochiq va yopiq taqsimot qurilmalarni erga ulash sxemalari; 1- metall setkasi; 2- vertikal elektrod; 3-gorizontal yer ulagich; 4,5- yer o’tgazgichi; 6- magistralli yer o’tgazgichlar
Chiqarilgan yer ulagichlar yerga ulanayotgan dasgohlaridan uzoqroq joyiga o’rnatiladi va yerga ulagich yordamida biriktiriladi. Yer ulagichlar yerga ulanadigan uskunalaridan nisbatan uzoq masofa joylashgan sababi yoyilib o’tish zonasidan tashqari joylashgan bo’ladi.
Shu tufayli tegib ketish kuchlanishini koeffisenti birga teng bo’ladi. Inson kuchlanish ostida bo’lgan uskunani qobig’iga tegib olishida qobig`i yerga nisbatan kuchlanishiga duch keladi:
Utk = Uk = Ii Ri
Konturli yerga ulash qurilmalarida yer ulagichlar yerga ulanadigan uskunalarni joylashgan maydonini perimetrda va maydoncha ichkarisida setka shaklida o’rnatiladi. Tok qobiqga o’tib ketish holatida yer ulagichlardan yoyilib ketayotgan tok hisobiga maydonchani satxida yuqori potensial hosil bo’ladi, maydonchaga chatishgan yeriga nisbatan.
Konturli yerga ulash qurilmada yerga ulangan uskuna atrofidagi potensiali balandroq, potensiallarni ayirmasi esa pastroq bo’lishi hisobiga tegib ketish kuchlanishni va qadamli kuchlanishni havfsizligini ta’minlanadi.
Yerga ulash qurilmalari-tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin.
Qurilishida va ishlab chiqarishda qo’llaniladigan elektr o’tkazuvchi qismlar: metalli konstruksiyalar, armatura, truba qovurlari (yonuvchi va portlovchi gaz va suyuqliklardan tashqari), kabellarni metallik zolyatsiya (alyumindan tashqari) va hakazo, tabiiy yerga ulash qurilmalari deb ataladi. Yerga ulash qurilmalar qo’llanilishida birinchi navbatda, tabiiy qurilmalardan foydalanishni tavsiya etiladi.
Sun’iy yerga ulash qurilmalari-mahsus tayyorlangan bo’lib, boshqa maqsadlarida qo’llanilmaydi. Ko’pincha ularga vertikal joylashgan elektrodlar va ularni biriktiradigan gorizontal joylashgan elektrodlardan iborat bo’ladi. Vertikal elektrod sifatida diametr 10-14 mm. va uzunligi kamida 5 metrli po’latli o’zak qo’llaniladi va o`lchamlari 40x40 mm dan 60x60 gacha uzunligi esa 2,3 - 3 m. bo’lgan ugolniklar kamroq qo’llaniladi.
3- rasm Vertikal elektrodlarni transheyaga o’rnatish qurilmasi Vertikal elektrodlarni odatda yer muzlaydigan qalinligidan 70-80 sm chuqurroq o’rnatiladi .
Gorizontal elektrodlar va yerga o’tgazgich sifatida ko`ndalang kesim kamida 4x12 mm bo`lgan tasmali po’lat yoki diametr 6 mm bo’lgan prutok qo’llaniladi.
Vaqtincha yerga ulash qurilmalari sifatida mahsus olib yuruvchi yerga ulash qurilmalari qo’llaniladi. Ularni o’rnatish va yeg’ishtirishni onsonlashtirish maqsadida yerga burab o’rnatiladigan elektrodlar va biriktirish uchun qo’llaniladigan mahsus qisqichlar mavjud.
4-rasm. Yerga ulash qurilmalarining Yerga ulash magistrallariga ulashnish sxemasi
Himoyalovchi yerga ulash qurilmani hisob-kitobi va nazorati.Yerga ulash qurilmalarni hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi: yerga ulanadigan uskunani kuchlanish, tarmoqni neytral rejimi, 1000 V dan ortiq kuchlanishida yer tutashuv toki, yerni solishtirma qarshiligi, yerga ulanadigan uskunalarini joylashtirish plani, yerga ulash tabiiy qurilmalarini tavsifnomasi (yeyish tok qarshiligi, miqdori va ularni o’lchamlari).
Yerga ulashni hisob-kitobi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1. Yerga ulanadigan uskunani ruxsat etilgan qarshiligi (Rr) aniqlanadi.
2. Yerni solishtirma qarshiligi hisoblab aniqlanadi yoki, o’lchab olinadi. Yerni solishtirma qarshiligini nazorat elektrod yoki to’rt elektrod usullari bilan o’lchanadi.
Nazorat elektrod usuli bilan bitta vertikal joylashgan uzunligidagi 2 - 2,5 m elektrodni (yerga ulash qurilmani qismi) yoyilish tokni qarshiligi aniqlanadi, keyin esa muvofiq bog’liqliklardan yerni solishtirma qarshiligi aniqlanadi.
3. Agar tabiiy yerga ulash qurilmalaridan foydalanishni imkoni bo’lsa ularni yoyilib ketishi tok qarshiligi aniqlanadi.
4. Yerga ulash qurilmalarni o’lchamlari va materiallari tanlab olinadi.
5. Agar bitta yerga ulash qurilmani qarshiligi sun’iy yerga ulash qurilmani talab etadigan qarshiligidan ko’p bo’lmasa (R16. Parallel ulangan yerga ulash qurilmalarini soni quyidagicha aniqlanadi.
bu yerda: - o’zaro joylashtirishni hisobiga oluvchi yerga ulash qurilmalani foydalanish koeffitsienti (tahminan tanlab olinadi): bir qator joylashgan elektrodlarni soni, kontur bo’yicha joylashgan elektrodlarni soni, ularni orasidagi masofasi, shu masofani elektrodni uzunligiga nisbati.
7. Vertikal elektrodlarni bir-biri bilan ulash uchun metalli tasma qo’llaniladi. Ulanadigan tasmani yoyilib ketishi tok qarshiligi aniqlanadi.
8. Bir vaqt o’zida tabiiy va su’niy yerga ulash qurilmalari qo’llanilsa, ularga teng qarshiligi quyidagicha:
Tabiiy yerga ulash qurilmalar bo’lmagan holda
9. Yerga ulangan uskunani umumiy qarshiligi yerga ulash o’tkazgichlarni qarshiliklari va yoyilib ketish tok qarshiligi yig’indisiga teng bo’ladi. Buni qiymati ruxsat etilgan qarshiligidan oshmasligi shart:
|
| |