LABORATORIYA № 7
Birlamchi o’t o’chirsh vositalari ish unmdorligini aniqlash.
Ishning maqsadi:O‘t o‘chirgichlarning tuzilishi, zaryadlash qoidalari, ishlatilish sohalari va usullari bilan tanishish. O‘t o‘chirgichlarni amalda ishlatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Umumiy ma`lumotlar. O‘t o‘chirish moddalarining tasnifi va xususiyatlari.
2. O‘t o‘chirgichlarning tavsifi, tuzilishi, zaryadlash va saqlash qoidalari.
3. O‘t o‘chirgichlarning talab etiladigan sonini aniqlash.
4. Hisobot tarkibi.
Topshiriqlar:
1. O‘t o‘chiriuvchi moddalarning xususiyatlari bilan tanishing.
2. O‘t o‘chirgichlarning tavsifi, tuzilishi, ish tartibi, zaryadlash va saqlash qoidalari bilan tanishing.
3. OP-5 o‘t o‘chirgichi korpusini gidravlik presslash yo‘li bilan mustahkamligini sinang.
4. OP-5 o‘t o‘chirgichini zaryadlang va ishlatib sinang.
8.1. Umumiy ma’lumotlar. O‘t o‘chirish moddalarining tasnifi va hususiyatlari.
Yong‘in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
Obyektning yong‘in xavfliligi deganda, Obyektning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi.
Obyektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me`yorlar va talablar asosida obyektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga ta`siri cheklangan, obyektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta`sirida material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo‘lishi, qurulish konstruktsiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va hokazo.
O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari. Eng keng tarqalgan o‘t o‘chirish moddalariga suv, suv bug‘i, uglekislota, namlagichlar, kimyoviy va havo-mexanik ko‘piklar, galloid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k) kiradi.
O`t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi:
Yong‘inni o‘chirish usuliga ko‘ra: sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota); suyultiriluvchi, ya`ni yong‘in zonasidagi kislorod miqdorini kamaytirish (ma`lum miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug‘i yoki inert gaz aralashmasi); izolyatsiyalovchi harakatdagi (yonish zonasi atrof-muhit bilan ko‘pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolyatsiyalanadi); ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevodorodlar, tarkibi 3,5-4 ND freondan iborat moddalar va b.);
elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha: elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va ko‘pik); elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va kukunlar);
Zaxarliligi buyicha: zaharsiz (suv, ko‘pik va kukunlar), kam zaharli (uglekislota va azot) va zaharli (3,5-brometil, freon tarkibli).
Suv o‘t o‘chirishda alohida yoki turli xil kimyoviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning o‘t o‘chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan. Suvning hajmi bug‘lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi va bug‘yonish zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.
Uglekislota (is gazi) va uglerod ikki oksid gazi rangsiz va havodan 1,5 marta og‘ir gaz. U yong‘in muhitida parda hosil qilib yong‘in zonasiga kislorod kirishini to‘xtatadi. Undan sig‘imlardagi yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar yong‘inini, elektr jihozlari yong‘inlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan va ko‘pikdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan binolardagi yong‘inlarni o‘chirishda foydalaniladi.
Namlash vositalarining fizik hususiyati yonuvchi materiallarni namlanish, ho‘llanish xususiyatini oshirishga asoslangan. Ularga sovun, sintetik aralashma va boshqa aralashmalar kiradi. Bu aralashmalar yong‘in muhitida og‘ir bug‘ va gaz hosil qilib, yonish zonasiga kislorod kirishini to‘xtatadi, haroratni susaytirib,yong‘inni o‘chiradi.
Ko‘piklar kam issiqlik o‘tkazuvchanlik, etarli darajada qo‘zg‘aluvchanlik, issiqlikni qaytarish samarasi katta, tutun zichligini kamaytirish xususiyatiga va kam mexanik mustahkamlikga ega bo‘lgan o‘t o‘chiruvchi moddalar hisoblanadi. Ular tayyorlanish usuliga ko‘ra kimyoviy, havo-mexanik va yuqori karrali ko‘piklarga bo‘linadi.
Kimyoviy ko‘piklar alohida saqlanuvchi aralashmalar (ishqorli va kislotali) ni yong‘in zonasiga uzatish yoki ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar aralashtirish orqali PG-50, PG-100 ko‘pik generatorlari yordamida hosil qilinadi. Ko‘pik kukunlari – oltingugurt ammoniy va natriy bikorbonat aralashmasi bo‘lib, 1 kg kukun va 10 l suvdan 40-60 litr ko‘pik olish mumkin. Neft mahsulotlari yong‘inlarini PO-1, PGP kukunlari, spirt va atseton yong‘inlarini GGPS kukuniga 2% sovun aralashtirilib tayyorlangan ko‘piklar yordamida o‘chirish mumkin. Havo-mexanik ko‘piklar havo-ko‘pik stvollari yordamida suv, injekterlangan havo va ko‘pik hosil qiluvchilar asosida olinadi.
Suvning bosimi va ko‘pik hosil qiluvchilar xususiyatiga ko‘ra ko‘piklar o‘rta va yuqori karrali bo‘lishi mumkin. Ko‘pik karraligi deganda hosil bo‘lgan ko‘pik hajmini, uni hosil qilishga sarflangan barcha suyuqlik miqdoriga nisbati tushuniladi. 5 dan 100 karralikgacha ega ko‘piklar kam va o‘rta; 100 dan katta karralikga ega ko‘piklar yuqori karrali ko‘piklar deyiladi.
Inert gazlar (azot, argon, geliy, tutun va chiqindi gazlar) asosan yong‘indan saqlanish maqsadida neft mahsulotlari sig‘imlarini payvandlashdan oldin to‘ldirib ishlov berishda ishlatiladi.
Mexanik vositalar (brezent, voylok, qum, tuproq va b.) yong‘inni boshlanish davrida, ya`ni uchqunlanish fazasida o‘chirish maqsadida foydalaniladi.
|