Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari




Download 6,07 Mb.
bet218/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   309
Bog'liq
hfh

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari

Ushbu uslubiy ko‘rsatma ta’limni rejalashtirish printsipida tuzildi. Uslubiy ko'rsatmada talabalar tomonidan mavzuni mustaqil o'zlashtirishlari uchun ko‘rsatmalar berilgan. Mavzular bo‘yicha yoritilishi zarur bo‘lgan savollar tuzilgan Savollar tarkibini talaba tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Bu chegaralangan emas Ulardan dastlabki yo‘nalish uchun foydalanish mumkin. Savollarni o‘rganishi uchun tavsiya etilgan manbalar tarkibi va soni ham o‘zgartirilishi mumkin. Chunk talabalar internet va boshqa tezkor ma’lumotlardan foydalanadilar. Yang ma’lumotlarni qo‘shishlari maqsadga muvofiq. Agarda shunday qilinsa talabani shu fan bo‘yicha reyting ballarini hisoblashda o'qituvchi tomonidan ijobiy baho sifatida e’tiborga olinishi kerak.


Ta’limni rejalashtirishda oxirgi mahsulot ko'rsatilishi, belgilanishi kerak. Shu sababdan talaba tomondan ko‘rsatilgan o‘quv materiallarni o‘rganish natijasida takliflar, xulosalar, tavsiyalar, ko‘rsatmalar kabi yakuniy mahsulotga chiqishlari lozim. Bular yozma shakldagi natija bo‘ladigan bo'lsa referatning yakuniy qismida beriladi. Og‘zaki hisobotlarda esa og‘zaki tavsiya, xulosa, taklif qisminigina yozma bersa ham boladi.
“HFX” fani bo‘yicha taiabalarni mustaqil ishini bajarishini tashkil etish, nazorat qilish va uni baholash tartibi Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2018 yil ______ №___ sonli buyrug‘i bilan amalga tadbiq etil­gan «Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g‘risida» gi Buyrug‘iga Institut rektorining 2018 yil ______ №___ sonli «Talabalar bilimini baholash reyting tizimi to‘g‘risida» gi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Fan bo‘yicha talabalarni mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va uni baholash 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», hamda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil ______ №___ sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan. «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Yo'riqnoma» kabi me’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan tartib va qoidalar asosida yuritilishi lozim.
“HFX” fanidan talabalar tomonidan mustaqil ishini bajarilishi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi Nizomi talablari asosida nazorat qilinadi. Talabalarning mustaqil ishlarining umumiy hajmi o‘quv rejaga
muovfiq soatni tashkil etadi. 0‘quv semestri yakunida esa, talabaning fan
bo‘yicha mustaqil ishi bo‘yicha to‘plagan reyting ballari auditoriyadagi o‘quv ishlari berilgan reyting ballari bilan birgalikda umumiy balini tashkil etadi.
Shuning uchun har bir professor-o'qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nikma ishlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan ‘qo’shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
“HFX” fanidan mustaqil ishni tashkil etishdan maqsad talabalarning mavzularni chuqurroq o'rganishi, bilimlari va malakasini mustaxkamlashini ta’minlash. Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:

  • maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlami o'zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va h.k.)ning aniq asoslanishi;

  • vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;

  • topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalaning yetarli darajada xabardor bolishi;

  • maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli holallarni birgalikda xal qilish va h.k.);

  • hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;

  • nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, la- boraloriya mashg‘ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.).

“HFX” fanidan talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin.

  • auditoriyada amalga oshiriladigan talabalar mustaqil ishlari. O’tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi;

  • auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan talabalar mustaqil ishlari. “HFX” fanining dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifani bajarish, amaliy ishlarga tayyorgarlik ko'rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.


Download 6,07 Mb.
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari

Download 6,07 Mb.