|
I.O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy
|
bet | 226/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhI.O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi o‘rni
Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. CHunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiena me’yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. SHu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb o‘rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFX) fani o‘rganadi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsadi – bo‘lajakmutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarining, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
–ishlab chiqarish faoliyatdayuzaga keladigan xavflar va ularni o‘rganish;
–ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;
–texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o‘rganish;
–zararlangan shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o‘tkazish;
–yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish;
–jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim;
–ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi.
– xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;
– xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini;
– ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigiyenik me’yorlarini tashkil etishnibilishi va ulardan foydalana olishi;
– ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni;
– elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko‘rsatganda va ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari;
–yong‘in chiqish sabablari, ular oldini olish va o‘chirishning tashkiliy va texnik vositalari;
– faoliyati davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari;
– faoliyati davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|
| |