|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 220/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTayanch iboralar:
I. Himoya zonasi; faktor; xavfsiz ishlash;...
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyali va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Referat talaba tomonidan qo‘lyozma ravishda tayyorlanishi lozim. Referat hajmi 10 betdan kam bo‘Imasligi va foydalanilgan manba snoska tarzida matnda o‘z aksini topishi lozim. Referat shaklidagi mustaqil ish A4 formatdagi varaqda matn chega- ralari 30 mm, 15 mm, 20 mm va 20 mm bo‘lishi lozim. Referat shaklidagi mustaqil ish- ning titul varag‘i 1-ilova bo'yicha rasmiylashtirilishi lozim. Bunda talaba “ HFX” faniga oid asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (mono- grafiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar. internetdan olingan ma’lumotlar, elektron ku- tubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig‘adi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng bo‘lgan ma’lumot berishga harakat qiladi. Talabani baholashda mavzuni yoritishdagi faolligi va uni bayon qilishi hamda qo‘shimcha savollarga javob bera olishiga e’tibor beriladi. Mustaqil ish oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va internet saytlari (7-bo‘limdagi kabi) tartibi bo‘yicha aks ettirishi lozim. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Namuna
MAVZU: Qurilishning taqvimiy va tarmoqiy rejalarida xavfsiztik talablari
Reja:
Kirish
Qurilish taqvimiy rejasi.
Qurilishda tarmoqli reja.
Qurilishni bajarishda xavfsizlik talablari.
Qurilish jarayonida xavfsizlikni nazorat qilish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. “HFX” fanidan talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o'zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Ko‘rgazmali vositalaming miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin. Ko'rgazmali vositalar plakatlardan tashqari slaydlar shaklida Mikrosoft PoverPoint dasturida ham bajarilishi mumkin.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzulari:
HFX muammolarini о‘rganishga katta hissa qо‘shgan jahon va vatanimiz olimlari. Ularning asosiy ilmiy-amaliy ishlari.
Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish.
Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish.
Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomik kо‘rsatkichlarini tahlil qilish.
Ish о‘rnini tashkillashtirishning talablari.
Inson antropometrik kо‘rsatkichlarining faoliyat xavfsizligiga ta’siri.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati.
О‘zbekiston Respublikasida hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va meyoriy hujjatlar tizimi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani bо‘yicha glossariy tuzish.
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati.
Odam anatomiyasining (antropometrik parametrlarining) xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati.
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro tajriba va izlanishlar taxlili.
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davlatlarda qabul qilingan qonunlar va meyoriy hujjatlar taxlili.
Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarining guruhlanishi va tuzilishi.
Mashina va mexanizmlar uchun texnika xavfsizligi talablari keltiriladigan meyoriy hujjatlar tizimi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.
Respublika bо‘yicha yong‘inlar sodir bо‘lishi va ularda kо‘riladigan zararlar tо‘g‘risida statik ma’lumotlar taxlili.
Yong‘indan himoyalanishning zamonaviy texnik vositalari.
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar.
О‘zbekistonda bо‘lishi mumkin bо‘lgan texnogen xavflar.
Markaziy Osiyoda bо‘lishi mumkin bо‘lgan tabiiy xavflar.
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi qonun.
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi(FVDT)ning strukturaviy tuzilishi.
“Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida”gi qonuni.
“Terrorizmga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi qonuni.
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi tо‘g‘risida” gi qonuni
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash bо‘yicha qabul qilingan davlat standartlari tizimi.
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi tо‘g‘risida” gi qonuni.
“Sanitariya nazorati tо‘g‘risida”gi qonuni.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash tо‘g‘risida”gi qonuni.
33. Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishdagi xavfli obyektlari.
34. Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni xududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi.
35. Korxonalarda ishchilarni mehnatini muhofaza qilishni tashkillashtirish. 36. Ish joylarini sharoitiga kо‘ra attestatsiya qilish, korxonalardagi mehnatni muhofazalash ishlari bо‘yicha sertifikatsiyalash.
37. Davlatimizda va chet ellardagi hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini holati.
38. Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini umumiy tavsifi, uning tarixiy, falsafiy, ijtimoiy va diniy asoslari.
39. Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini tushunchasi.
40.Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini tashkil etish obyektlari.
41. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi xalqari tajribalar.
42. Xodimlarning xavfsiz faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari.
43. Ish beruvchining majburiy javobgarligi.
44. Mehnat xavfsizligi bo’yicha xodimning bilimlarini tekshirish.
45. Insonning faoliyat jarayoniga madaptatsiyasi.
|
| |