Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet216/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   309
Bog'liq
hfh

LABARATORIYA ISHI № 8
AVTOMATIK YONG’INDAN DARAK BERUVCHILARNING ISH UNUMDORLIGINI ANIQLASH.


Ishdan maqsad: Ogohlantiruvchi qurilmalarni o‘rganish va joylashtirishni o‘rganish bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Avtomatik ogohlantirish qurilmasi deb, elektr signallarini aloqa kanallari orqali qabul qilib va ma`lum qiymatda uzatilishiga aytiladi.
Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi. Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi yong‘inni o‘z vaqtida sezish, aniqlash va u to‘g‘risida yong‘in o‘chiruvchilarga xabar berish uchun ishlatiladi. Ularga tele va radio aloqa, yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari, elektrik signallar, qo‘ng‘iroqlar va transport vositalarining signallari kiradi.
A, B va V kategoriyasidagi yong‘inga xavfli obektlarda yong‘in haqida xabar beruvchi datchiklar o‘rnatiladi. Ular yong‘in bo‘lgan taqdirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi. Bunday sistemalar yong‘in signalizasiyasi deb ataladi. Yong‘inni avtomatik signalizatsiya qurilmasi to‘g‘ri va aylanasimon sxemada o‘rnatiladi. Ular ishlatiladigan datchiklar turiga bog‘liq holda issiqlik, tutun muhofaza­lovchi va kombinasiyalashgan turlarga bo‘linadi. Bu qurilmalar yong‘in va muhofaza-yong‘in turlariga bo‘linadi. Yong‘indan muhofaza siste­malari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartal­­larida ishlatiladi. Yong‘in va uning muhofaza signalizatsiyasining asosiy elementlariga yong‘in to‘g‘risida xabar beruvchi qurilma qabul qilish stantsiyasi, aloqa tarmog‘i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug‘likli signal qurilmasi kiradi.
Har qanday yonginni o‘chirganda yonginni kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitini aniqlash muxim o‘rinni egallaydi. Bunda yonishning davom etishini to‘xtatuvchi sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Yong‘inni o‘chirganda qattiq jismlar yonganda yong‘inning tezligi 4 m/min, suyuqliklar yuzasi bo‘yi esa 30 m/min ekanligini xisobga olish kerak.
Yonishdan hosil bo‘lgan maxsulotlar asosan qattiq changsimon moddalar, parlar va gazlardan iborat bo‘ladi.
Undan hosil bo‘ladigan harorat esa, moddaning yonganda issiqlik ajratishi va yonish tezligi va alanganing tarqalishi, shuningdek binoning hajmi va havo almashish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqori harorat ta‘sirida qizigan tutun yonish maxsulotlarini tezlikda tarqalishga yordam beradi, shuningdek xona tutunga to‘ladi va bu o‘z navbatida yong‘inni o‘chirishga xalaqit beradi.
Yong‘in vaqtida ko‘p miqdorda inert gazlar, yonuvchi gazlar va shuningdek tutun ajralib chiqadi. Yonuvchi gazlarning asosiy qismi zaharli bo‘lib, ularning zararli ta‘siri yonayotgan materiallarning turi va yonishining intensivligiga bog‘liq.
Zararli ta’sirchan va zaharli gazlar yong‘inga qarshi muhofaza qatlamlari yonganda (brom birikmalari va xlor), yog‘och materiallar (SO) polimer qurilish materiallari va boshqa juda ko’p hollarda ajralib chiqadi. To’la yonib bo’lmagan yonish mahsulotlari qizigandan keyin va sof oqimi ta’sirida qaytadan alanga olib ketishi mumkin.
Yong‘in (o‘t)o‘chirish vositalari va usullari. O‘t o‘chirish usulari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1.Yonayotgan zonani ko‘p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar yordamida sovitish.
2.Yonayotgan materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo‘yish.
3.Yonayotgan zonaga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish.
4. Maxsus ximiyaviy vositalarni qo‘llash.
Issiqlik ogohlantirgich qurilmalarning turlari.
Asosan ishlash prinsipi termo elektr to‘lqinlarini mavjudligi. Agar har turdagi metallar orasida harorat o‘zgarsa u holda zanjir birikadi va qurilma ishlay boshlaydi. Hozirgi paytda DPS-033 va DPS-1AG turlari ishlatiladi. Ular differentsial ogohlantirgichlar turiga kiradi.

Yarim utkazgichli issiqlik ogohlantirgichlar.
Ishlash prinsipi yuqori sezuvchi harorat sezuvchi qarshiliklar va harorat o’zgarishini sezuvchi element.
Harorat qarshilik tezda sezuvchi rele orqali aniqlaydi: KMT-1, KMT-4, KMT-11. Asosan releni ishlashida unumdorligi harorat qarshilikni elektr tarmoqqa ulanilsa tarmoqda elektr toki ko’payganligini sezish mumkin.




Tutunli ogohlantirgichlar.


Ishlash prinsipi tok kuchini sezuvchi element orkali utayotgan kattaligini uzgarishida bunda asosan sezuvchi element (tutun paytida konsentrasiyasini uzgarishi) .
Sezuvchi element fotoelementli va ionli kamera. Ogoxlantirgich TO-1- tiratron rele, sezuvchi element- ionli kamera, asosan ishni bajaruvchi organ-tiratron razryadi sovuq katod bilan. Ionli kamerada IK radioaktiv moda sifatida plutoniy - 239 parchalanish davri 2,4·104 yil.



Kombinasiyalashgan ogoxlantirgichlar.


KO-1 ishlash prinsipi tutun va xarorat kutarilishiga sezish orqali amalga oshiriladi, xarorat oraligi (60-80°C gacha) nazorat xonasida. Ogohlantirgich normal ishlash sharoiti xarorat -30° do -60°C va nisbiy namlik - 80%. Ishga tushish vaqti 10 sekunddan ortiq emas.

Yoruglik ogohlantirgichlar.



Ishlаsh prinsipi ul’trаfiоlеt cho‘lgаm­lаrini (fоtоnlаr) pаydо bulishi, аsоsаn оchik yonish jоylаridа unumdоrligi yuqоri. Оgоhlаntirgich YoО-1 tаbiiy yoritilgаnlik dаrаjаsi 50 lk dаn оshmаsligi kеrаk.





Standart bo‘yicha detektor tutun sezish masofasi 7,5 m dan oshmasligi, issiqlik detektorlar – 5,3 m gorizontal proeksiya bo‘ylab. Shunday qilib ogoxlantiruvchilarni joylashtirishda xona turiga qarab joylashtirish oson. Eng yaqin ogohlantirgichgacha gorizontal proeksiya bo’ylab 7,5 m dan oshmasligi kerak, tutunli – 5,3 m dan ortmasligi kerak. Quydagi joylashtirish orqalig‘i ya`ni orasidagi masofa 10,5 m, tutunli - 7,5 m. Ogohlantiruvchilarni ekonom qilish darajasi (taxminan 1,3 barobar) katta xonalarda joylashtirish quydagi chizmada keltirilgan asosan uchburchak shaklida joylashtiriladi.



Ogohlantirigchlarni o’rnatish chizmasi.



Variant

Issiqlik

Tutunli

1

46x125.

67x89

2

50x67

78x65

3

87x90

110x95

4

95x125

115x135

5

84x143

55x85

6

98x106

86x78

7

35x65

91x96

8

58x85

87x95

9

38x92

95x45

10

39x45

65x75

jadval




Xona yuzasi (m2)

Ogohlan. Soni (dona.)

Devordan masofa
(metr)

Radiusi
(metr)

Orasidagi masofa

1

Tutunli (…..m2)













2

Issiqlik (….m2)













Xabarlovchilarning tashqi ta’sirlardan himoyalanganligi


Ishonchligi, konstruksion bajarilishi, yong‘inning aniqlash vaqtini topish tarzlari, issiqlik va tutun xabarlovchilarning o‘rnatilish minimum va maksimum balandliklariga alohida izoh beramiz.
2.1.Jadvalda o‘rnatilgan balandligiga bog‘liq holda, bitta issiqlik yoki tutun xabarlovchisining me’yoriy nazorat hududi keltirilgan.
2.1.jadval

Yong‘in xabarlovchisining turi

O‘rnatilgan balandligi,
M

Maksimal nazorat
hududi, m2

Issiqlik

3,5 m gacha
3,5 m dan 6,0 m. gacha
6,0 m dan 9,0 m. gacha



25
20
15

Tutun

3,5 m gacha
3,5 m dan 6,0 m. Gacha
6,0 m dan 10,0 m. Gacha
10,0 m dan 12,0 gacha

85
70
65
55

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘rnatilgan balandligi o‘sishi bilan nazorat hududi kamayib boradi. Agar xabarlovchi belgilangan maksimal balandlikdan yuqorida o‘rnatilgan bo‘lsa, yong‘inni samarali aniqlanishi kafolatlanmaydi. Tashqi ta’sirlardan himoyalanganligi deb - xabarlovchining nazorat qilinayotgan alomatga fizikaviy jihatdan yaqin bo‘lgan turli tashqi ta’sirlarga qarshi turish qobiliyati tushuniladi. Xabarlovchining ma’lum sharoitlarda ishlatilganda belgilangan muddat davomida o‘z ish holatini saqlab qolish qobiliyati uning ishonchliligi deyiladi. Konstruksion bajarilishi – ishlatilishning turli sharoitlariga ko‘ra - oddiy, suvdan himoyalangan, chang va suvdan himoyalangan va portlashdan xavfsiz ko‘rinishda bajarilgan bo‘lishi mumkin. Yong‘in boshlanish paytida nazorat qilinayotgan alomatning absolyut qiymati yuksala boshlaydi ( Ko= f(µ)). Ishlash ostonasi qiymatiga yetganda A nuqtasida yong‘in xabarlovchisi ishga tushadi, ri (inersionlik) vaqtidan so‘ng xabarlovchi ogohlantiruvchi texnik vositalarga signal uzatadi



Download 6,07 Mb.
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   309




Download 6,07 Mb.