|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 212/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhVibrograf VR-1
6-rasm.
1-qobiq; 2-o’zak; 3-naycha; 4-nazorat qilish oynasi; 5-yurgizish va o’chirish dastasi; 6-prujinali burash dastasi; 7-ichki qismlarini qobiqqa mahkamlash vinti.
Laboratoriya sharoitida titrash hosil qilish uchun vibrostend qurilmasi yasalgan. Uning tuzilishi quyidagicha. Oddiy ish stolining tag qismiga elektrodvigatel o’rnatib, uning o’qiga ekstsentrik mahkamlangan.
Elektrodvigatel yurgizilganda ekstsentrik "urib" korpusga hamda stolgatitrash uzatadi. Ushbu laboratoriya ishida ana shu titrashni yuqorida aytilgan VR-1 asbobi yordamida yozib olamiz.
Titrash parametrlarini o’zgartirish maqsadida tok avtotransformator orqali beriladi. Bunda elektrodvigatelning aylanish tezligini boshqarish mumkin.
Ishni bajarish tartibi.
1.Vibrografga lenta qo’ying.
Vibrograf dastasini "viklyucheno" holatga keltiring.
Prujina mexanizmini soat strelkasi bo’yicha oxirigacha burang.
Vibrostend elektrodvigatelini yurgizing va avtotransformator orqali 300-400 ayl/min tezlikka erishing.
Vibrografni qo’lingizda ushlab turib sterjenning tashqi uchini stol yuzasiga tekkizing. Asbobni asta bosib peroni lentaning o’rtasiga keltiring.
Vibrografni yurgizib, shu holatda 2-3 sek ushlab turing.
O’lchashni tugatib, asbob ichidagi lentani oling. Lupa yordamida ikkilamchi amplituda bo’lmish A ni lineyka bilan o’lchang. Yuqorida aytganimizdek vibrogramma amplitudasi olti marta katta qilib yozilganligi uchun, uning haqiqiy qiymati quyidagi formula yordamida topiladi.
, mm (21)
Vibrogrammada tebranishlar chastotasi /f/ ni hisoblang. Buning uchun vibrogrammaning 1-sek oralig’idagi bir tomonga qaragan tishchalar sonini hisoblab chiqish kerak.
Tebranish davrini hisoblang.
10. O’lchangan chastota va amplituda qiymatlarini 21-formulaga qo’yib
tebranma harakat tezligini aniqlang.
11. Olingan qiymatlarni 3-jadvaldagidek, uskunalar uchun titrashning ish joylarida yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymatlariga solishtiring.
12. Formula (5) yordamida titrashning tezlanishini aniqlang:
13. Titrashning hisoblab chiqilgan qiymatlariga qarab shu ish stolida ishlash mumkin yoki mumkin emasligi haqida xulosa chiqaring. Qiymatlarni solishtirish uchun quyidagi jadvalni to’ldiring.
|
| |