|
Titrash quyidagi asboblar bilan o’lchanadi
|
bet | 210/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTitrash quyidagi asboblar bilan o’lchanadi.
BP-1
ISHV-1
VEP- 4 va boshqalar.
Titrashga qarshi kurash usullari:
Titrashni ixotalash.
Titrashni so’ndirish.
SHaxsiy himoya vositalari.
Umumiy ma’lumotlar.
Ko’pgina mashina va uskunalarning ishida titrash-mexanik tebranishlar kuzatiladi. Titrash mavjud bo’lgan ish joylarida uzoq vaqt surunkali ishlaganda ishchilar kasbiy xastalik - titrash kasalligiga chalinishi mumkin.
Agar titrovchi yuza kishining biror yerigagina /qo’li, oyog’i va h.k./ ta’sir qilsa, buni mahalliy titrash, aksincha, butun badaniga ta’sir ko’rsatsa, bunday titrash umumiy titrash deyiladi.
Mahalliy titrash ta’siriga masalan, kompressor bolg’asida, umumiy titrash ta’siriga esa turli tez yurar transport vositalarining haydovchilari va shunga o’xshash kasb egalari uchrashi mumkin.
Titrashning kishi organizmiga uzoq vaqt surunkali ta’siri ichak – oshqozon kasalliklariga, vestibyulyar apparati ishining buzilishi, qon tomirlari qayishqoqligining kamayishi va organizm sezgirligining pasayishi, shuningdek asab sistemasiniig buzilishi kabi kasalliklarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladi.
Ishlab chiqarish sharoitida mexanik tebranishlar oddiy garmonik tebranishlar yig’ilishidan murakkab formali tebranishlarni hosil qiladi.
Oddiy garmonik tebraniish (5-rasm) quyidagi elementlar mavjuddir.
Tebranish chastotasi: /f/- vaqt birligi ichida to’la tebranishlar sonidir. CHastotaning o’lchov birligi sifatida gerts /Gts/ qabul qilingan. Bu bir sekundda bir to’liq tebranishni aks ettiradi.
Tebranish davri: / T / - to’liq bir tebranish uchun ketgan vaqt. Tebranish davri va tebranish chastotasi o’zaro teskari proportsional kattaliklardir va quyidagicha ifodalanadi:
, sek(17)
Tebranish amplitudasi: /A/ - tebranishning muvozanat holatidan eng uzoqnuqtagacha bo’lgan, uzunlik o’lchovlari /mkm, mm, sm/ bilan o’lchanadigan masofa.
Titrashning kishi organizmiga salbiy ta’siri asosan uning chastotasi vaamplitudasiga bog’liqdir. Kishi organizmida yuqori chastotali titrash tez so’nadi va tegib turgan nuqtasidan uzoq bo’lgan joylarga yetib bora olmaydi.
Katta amplitudali tebranishlar yesa, badan bo’ylab tarqaladi. Masalan, oyoqqa tekkazib turilgan katta amplitudali titrashning ta’siri boshga ham chiqishi mumkin.
Titrash vaqtida tebranuvchi jismlarning turli - nuqtalarida fazoda turlicha tezlik va tezlanish bilan harakatlanadi. Tebranuvchi jismlarning harakat tezligini o’lchaganda maksimal qiymatini aniqlash mumkin. Titrash tezligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
V=2pfA, mm/sek (18)
bu yerda:V - tebranma harakat tezligi, mm/sek
f- tebranish chastotasi Gts,
A - tebranish amplitudasi, mm
|
| |