|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 206/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhLABORATORIYA ISHI № 4
SHOVQINNI TADQIQOT QILISH.
Ishdan maqsad: Shovqinni o’lchash asboblari bilan tanishish, ularda shovqin miqdorini o’lchash va shovqin yutish va to’sish tadbirlari samaradorligini hisoblashni o’rganish.
Umumiy ma`lumotlar
Shovqin kishining salomatligiga va ish qobiliyatiga salbiy ta`sir
ko’rsatib, kasb xastaligini keltirib chiqarishi mumkin. Shovqin chiqaruvchi
manbalarning salbiy ta`sirini kamaytirish uchun odatda shovqin yutuvchi va
shovqin to’suvchi materiallar ishlatiladi.
Shovqinni to’sish tebranishlarni manba`lardan tarqalishiga to’sqinlik qiladi. Bu xususiyat shovqin to’suvchi materialning zichligiga bog’liq.
Katta miqdorda shovqin chiqaruvchi agregatlar o’rnatilgan tsexlarda shovqinni kamaytirish uchun to’lqinlarining qaytgan energiyasini kamaytirish kerak. Bu, to’siqlar yuzasi orqali tovush to’lqinlari energiyasining yutilishi natijasida erishiladi. Bu esa materiallarning tovushni qay darajada yutish xususiyatiga bog’liqdir.
Ushbu laboratoriya ishida shovqin chiqaruvchi generator qoplamasining
tovush yutish va to’sish samarasi aniqlanadi. Qoplamalar odatda metall,
plastmassa yoki yog’ochdan yasaladi. Kojuxlarning ichki devorlari tovush yutuvchi materiallar bilan qoplanadi (1-rasm). Po’lat va g’ovak materiallar shovqinniyaxshi yutish xususiyatiga ega. Bunday materiallarga namat, tivit, paxta, astbest, vinipor va boshqalar misol bo’la oladi.
Laboratoriya moslamasidagiqoplamaning samaradorligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
L=L-Lk(1)
bu erda L - tovush to’suvchi kojuxning qopqog’i ochiq holatdagi tovush bosiminingumumiy qiymati, dB.
Lk - xuddi shuning o’zi tovush to’suvchi kojuxning qopqog’i yopiqholatda, dB.
1-rasm. IShV-1 shovqin va titrash o’lchash asbobining yuza paneli
Shovqin to’suvchi kojuxning nazariy samaradorligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
A=+, dB (2)
bu erda - tovushni to’sish hisobiga shovqinning kamayishi, dB
- tovushni yutish hisobiga shovqinning kamayishi, dB.
Tovushni to’sish hisobiga shovqining kamayishi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(3)
bu erda S1 - kojux devorlari yuzasining maydoni, m2,
S2- texnik namat devorlari yuzasining maydoni, m2
1-kojuxning shovqin to’sish koeffitsienti, /1=0,01/
2- texnik namatning shovqin yutish koeffitsienti, / 2=0,3/
Tovush yutish hisobiga shovqinning kamayishi tovush yutuvchi materialningzichligiga bog’liq bo’lib, quyidagi formula bo’yicha ifodalanadi:
=13,5lgR+13 R>200 kg/m2 bo’lganda (4)
=23∙lgR-9 R<200 kg/m2 bo’lganda (5)
bu erda:
R- tovush yutuvchi materialning zichligi. Texnik namat uchun R=300 kg/m3.
200>
|
| |