• Nazariy qism
  • Laboratoriya mashg‘uloti №1




    Download 1.22 Mb.
    bet1/15
    Sana28.03.2024
    Hajmi1.22 Mb.
    #180279
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Laboratoriya mashg\'ulot EQA
    Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT

    Laboratoriya mashg‘uloti №1: Elektr o’lchov asboblari va ularning xatoliklari
    Ishdan maqsad: Elektr o’lchov asboblari bilan tanishish, ishlash tamoillarini o’rganish va elektr kattaliklarini o’lchashda virtual o’lchov asboblari va multimetrlardan foydalanish.
    Nazariy qism
    Hozirgi kunda, ayniqsa, ishlab chiqarishni boshqarishda, fan va texnikaning rivojlanishida, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqishda, uning raqobatbardoshligini ta’minlashda o’ta muhim masalalardan biri sanaladi. Elektr energiya ishlab chiqarish va iste’mochilarga yuborish bilan birga ular tomonidan qabul qilinayotgan energiyaning miqdori va sifatini tekshirib turish lozim bo’ladi. Masalan, tok kuchi ampermetr, kuchlanish voltmetr, quvvat vattmetr, tok chastotasi chastotametr bilan o’lchanadi.
    Biz hozir ba’zi elektr o’lchov asboblarning ishlash prinsiplari haqida muhim ma’lumotlarni keltirmoqchimiz. Tok kuchi ampermetr asbobi bilan o’lchanadi. Ampermetr qarshilikga ketma ket qilib ulanadi. Ampermetr yordamida tok kuchini o’lchashdan maqsad ampermetr yordamida haqiqiy tok kuchini olishdir. Hech qachon ampermetr tok tarmog’iga parallel qilib ulanmasligi kerak. Chunki, ampermetr qarshilikka parallel ulanganda uning ichki qarshiligi ancha kichik bo’lganligi sababli undan ancha katta tok o’tadi va ushbu tokka o’zi dosh bera olmasdan kuyib qolishi, ishdan chiqishi mumkin.

    1.1-rasm. Ampermetrni ulanishi
    Kuchlanish voltmetr asbobi bilan o’lchanadi. Voltmetr qarshilikka parallel qilib ulanadi. Odatda, voltmetrning ichki qarshiligi iste’molchilar qarshiliklaridan ancha katta qilib tanlanadi. Chunki, voltmetr qarshilikka parallel ulangani uchun undagi kuchlanish manbaning kuchlanishiga teng bo’ladi. Voltmetrda katta quvvat ajralib chiqib asbobni ishdan chiqarib qo’ymasligi uchun formulaga binoan, ichki qarshilik yetarlicha katta bo’lishi kerak. Voltmetrning ichki qarshiligi uning pasportida yozilgan bo’ladi. Hech qachon voltmetrni tok tarmog’iga ketma ket ulab bo’lmaydi. Chunki, uning ichki qarshiligi kattaligi sababli manbaning barcha kuchlanishini o’zi yutib yuboradi va iste’molchiga tushadigan kuchlanish juda kichik bo’lib qoladi. Natijada esa iste’molchining ishchi jarayoni butunlay o’zgarib ketadi, hatta zarar yetkazishi mumkin.

    1.2-rasm. Voltmetrni zanjirga ulash sxemasi
    O‘lchash asboblari asosiy qismi, qayd etish shakli, o‘zgartirish shakli va vazifasiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi (1.4- rasm).
    Тarkibida elektron (elektrovakuum, ion va yarim o‘tkazgichli) qismlar bo‘lmagan o‘lchash asboblari elektromexanik asboblar, tarkibida elektronqismlari bo‘lgan o‘lchash asboblari esa elektron o‘lchash asboblari deb ataladi. Ko‘rsatuvchi o‘lchash asboblar o‘lchash natijasini qayd etadi. Bevosita baholaydigan asboblarda o‘lchanayotgan kattalik boshqa kattalikka bir yo‘nalishda o‘zgartiriladi. Kompensatsion asboblarda o‘lchanayotgan kattalik qiymati uning o‘lchovi bilan taqqoslanadi.
    Bu asboblarda o‘lchash zanjiri butunlay teskari bog‘lanish zanjiri ta’sirida bo‘ladi. Aralash o‘zgartirish usuliga asoslangan asboblarning o‘lchash zanjirining bir qismi teskari bog‘lanish zanjiri ta’sirida bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra o‘lchash asboblari elektrik (tok, kuchlanish, quvvat, chastota va boshqalar) va noelektrik (mexanik, gidravlik, issiqlik, optik va boshqalar) kattaliklarni o‘lchovchi asboblarga bo‘linadi.
    Elektr o’lchov asboblarining nomi va shartli belgilari.

    O’lchanadigan kattalik

    Priborning nomi

    Shartli belgisi

    O’lchov birligi

    Tok kuchi

    Ampermetr

    A

    Amper

    Milliampermetr

    mA

    Milliamper

    Kuchlanish

    Voltmetr

    V

    Volt

    Millivoltmetr

    mV

    Millivolt

    Quvvat

    Vattmetr

    W

    Vatt

    Kilovattmetr

    kW

    Kilovatt

    Energiya

    Elektr energiyasi schyotchigi

    kWh

    Kilovatt-soat

    Qarshilik

    Ommetr



    Om

    Megoommetr

    m

    Megom




    1.3 – rasm



    Download 1.22 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1.22 Mb.