|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 209/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhLABORATORIYA ISHI №5
ISHLAB CHIQARISH JOYLARIDAGI TEBRANISHNI ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Talabalarga titrash va uning inson organizmiga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar berish. VR-1 asbobi yordamida titrashni o’lchashni o’rganish va olingan kattaliklarni sanitariya qoida va me’yorlari CanPiN 0063-96 bo’yicha baholash.
Titrash.
Fiziologik nuqtai nazardan shovqin bilan titrashning farqi yo’q. Titrash ham shovqin singari tebranma harakatdir. Faqat chastotasi 16 Gts gacha bo’lgan tebranishlardir. Farqi shundaki titrashni biz sezish a’zolarimiz orqali qabul qilamiz.
Titrash zararlidir. SHuning uchun titrash mavjud bo’lgan ishlarga 18 yoshga to’lmaganlar, homilador ayollar, ichak-oshqozon kasalliklari bor kishilar olinmaydi.
Titrash ishchilar sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladi. Titrashli ishda uzoq ishlaganlarda to’qimalarning qaytadan o’sib chiqishi (suyak qadoqlari, qon tomirlarining sinuvchan bo’lib qolishi, buralib ketishi hollari kuzatiladi, trofik hodisalar), sochlarning sinuvchan bo’lib qolishi, terining yorilishi, asab tolalari sezuvchanligining yo’qolishi va boshqa salbiy xollarga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa titrashga asab va ichak-oshqozon sistemasi ta’sirchandir. Buning natijasida uyquning va ishtahaning buzilishi kelib chiqadi. Past chastotali (6-9 Gts) titrashda kishining ichki a’zolarining uzilib ketishi, hamda tomirlar tortishib qolish xollari bo’lishi mumkin. (Bu yerda tajriba qilingan kuchuk haqida gapirib berish kerak).
Titrash ham shovqin singari logarifmik shkalalarda o’lchanadi.
5-расм.
Lv= 20 lg V/Vo dB (15)
Bu yerda:V- o’lchangan nuqtadagi tebranma harakat tezligi, mm/s
Vo- tebranma harakat tezligining boshlang’ich qiymati.
Titrash har qanday tebranma harakat singari quyidagilar bilan harakterlanadi.
Amplituda
CHastota
Tebranish davri
Tebranma harakat tezligi
V=2 π· f A, mm/s; , mm/sek2 (16)
|
| |